Qiladi. U bu bilan o‗zini pulning miqdoriy nazariyasi tarafdori ekanligini Ko‗rsatadi. Bu nazariyaga muvofiq, pul miqdorining ko‗payishi yoki Kamayishi tovarlar bahosining nisbiy o‗zgarishiga ta‘sir ko‗rsatadi. Ammo agar uning miqdorining ko‗payishi oldi-sotdi miqdorining Ko‗payishiga (yoki yalpi daromadga) muvofiq kelsa, faqat birgina pul Miqdorining ko‗payishi bahoning oshishiga olib kelmaydi. Uningcha, Boshqa barcha sharoitlar bir xil bo‗lganda, “pulning qiymati pul Miqdoriga teskari mutanosiblikda o„zgaradi: pul miqdorining har Qanaqasiga ko„payishi uning qiymatini pasaytiradi, pulning har Qanaqasiga kamayishi esa, uning qiymatini bir xil mutanosiblikda Oshiradi… Bu – pulning maxsus xususiyati”. Qachonki pul mexanizmi Buzilsa, faqat shundagina iqtisodiyotda pulning ahamiyati sezila Boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |