Aniq bir bozorni tanlashda bozorlardagi talab kengligini o‘rganib, ularni o‘lchash lozim bo‘ladi. Buning uchun o‘z oldiga bozorni segmentlarga bo‘lib o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladigan maqsadlar qo‘yish talab etiladi. Eng muhimi tovarning bozordagi o‘rnini va holatini to‘g‘ri o‘rganib aniq maqcad uchun yo‘naltira oladigan imkoniyatlarni izlashdan iboratdir.
Buning asosini tovarlarni ishlab chiqarish, tovar bahosini aniqlash, tovarni joylashtirish metodlarini ishlab chiqish va tovar sotishni rag‘batlantirish jarayonlari tashkil qiladi. Va albatta maqsadli aniq bozorni tanlagandan so‘ng o‘sha bozorga mos tovar ishlab chiqarish zarur. Yana shu bozorga mos tovar narxini belgilash va shu tovarni imkon qadar ko‘p foyda keltiradigan qilib bozorga olib kirish va tarqatish zarur bo‘ladi.
Barcha olingan ma’lumotlar yangiliklarni, izlanishlarni real ruyobga chiqara olish yo‘llarini tanlab ularni hayotga tadbiq qila olish, eng muhimi barcha qilingan tadbirlar va bajarilgan ishlar ustidan to‘g‘ri nazoratni olib borish muhimdir. Har bir maqsadni rejalashtirib va uni bajarilish nazoratini to‘g‘ri tashkillashtira olish - bu marketing boshqaruvining asosi bo‘lib hisoblanadi.
Marketing kontseptsiyalari va ularning evolyutsiyasi. Marketing tamoyillari va turlari.
Marketing faoliyatini tijorat korxonalari 5 ta asosiy kontseptsiya asosida amalga oshiradilar. Ular quyidagilar:
Ishlab chiqarishni mukammallashtirish kontseptsiyasi.
Tovarni mukammallashtirish kontseptsiyasi.
Tijorat harakatlarini intensifikatsiyalash kontseptsiyasi.
Bu sotuvchilar tomonidan qo‘llanadigan eng qadimgi usullardan biridir. Ishlab chiqarishni mukammallashtirish kontseptsiyasi shunday talqin etiladi: iste’molchilarning xohishi bu keng tarqalgan va narxi arzon mahsulotlarning mavjud bo‘lishidir. Ishlab chiqarishni mukammallashtirish kontseptsiyasi ikki xil holatda ishlatiladi. Birinchisi, agar tovarga bo‘lgan talab taklifni oshirgan holatda. Bunday paytda rahbariyat ishlab chiqarishni kengaytirish yo‘llarini izlashga etiborini qaratishi zarur. Ikkinchisi, agar tovar tannarxi judayam yuqori bo‘lsa va uni kamaytirish zarur bo‘lib qolgan holatda. Buning uchun esa ishlab chiqarish samaradorligini oshirish kerak.