F.Kotler quyidagi ta’rifni taklif etadi: marketing - bu tovarlarni taqdim etish va almashtirish bilan alohida bir individlar va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy va boshqaruv jarayonidir. Ushbu ta’rifning asosiy tushunchalari - zarurat, ehtiyoj va talab; mahsulot; xarajatlar va qondirish; almashuv, transaktsiyalar va o‘zaro munosabatlardir.

Marketing sub’ektlari amal qilayotgan bozorlarni ikkiga bo‘lishimiz mumkin. Bu korxona o‘zining mahsulotini realizatsiya qilayotgan «sotuvchi bozori» va kerakli bo‘lgan ishlab chiqarish komponentlarini xarid qila oladigan «xaridor bozori». Shunday qilib marketing mahsulot sotuvchilari va xaridorlari uchun zarurdir.
Mutaxassislar marketingning 8 ta asosiy vazifasini koʻrsatib oʻtadilar:
rejalashtirish va mahsulotni yaratish
mahsulotning navi va standartlarini belgilash
mahsulot haridi va uni guruhlashtirish
sotish
omborga joylash
transport xizmati
marketing faoliyatini moliyalash
xatarlar va bozorga oid axborotlar toʻplash
Marketing jarayoni xaridorni o‘rganish va uning talablarini aniqlash bilan boshlansa, xaridor tomonidan mahsulotni xarid qilish va uning aniqlangan talabini qondirish bilan ushbu jarayon o‘z nihoyasiga yetadi.
Marketingni boshqarishni asosiy mazmuni bu talabni boshqarish deb qaraladi. Shunday ekan talabni turlari va bu talabning turli holatlarida marketingning qanday yo‘l tutishini ko‘rib chiqish kerak. Talabning asosiy turlari 8 ta bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
1. Qarshi talab. Bunda bozor qarshi talabga uchragan bo‘lib, tovarni yoqtirmaganlar bu tovarni chetlab o‘tish uchun qo‘shimcha xarakat qilishga ham tayyor bo‘ladi. Bu holatda marketingning vazifasi - nega bozor tovarni yoqtirmayapti degan savolni tahlil qilib, bu holatni marketing dasturi orqali tovarni o‘zgartirish, narxini pasaytirish bilan hal qilish mumkinmi degan savolga javob topishi kerak.
2.Talabning yo‘qligi. Bunda xaridorlar tovarga nisbatan qiziqishlari yo‘q yoki umuman befarq bo‘ladilar. Marketing bu holatda xaridorlarni tovarga qiziqishlarini oshirish yo‘llarini topishi zarur.