uslubiy asosidir
Marketing dasturlarini ishlab chiqishda maqsadli yondashish uslubiga asosan korxonaning mo’ljallangan maqsadiga erishish va uni bajarilishini nazorat qilish resurslari va tadbirlari tizimi shakllantiriladi.
Korxona (firma)ning marketing dasturi (biznes rejasi) tarkibi quyidagichadir:
Korxonaning imkoniyatlari tahlili(holatli tahlil)
Faoliyati, shart-sharoitlari resurslari, samarali natijaga erishish yo’nalishlari. Korxonaning ichki va tashqi muhitlarini solishtirish.
Rivojlanish maqsadlarini aniqlash.(Marketing sintezi).
Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor maqsadlari va bozorda foydaga erishish yo’llarini aniqlash.
Strategiyani ishlab chiqish.
Korxonaning moddiy, mehnat va moliya resurslaridan samarali foydalanishni ko’zlagan uzoq muddatli maqsadni aniqlash (bozor segmentlarini, marketing vositasini, bozorga kirish vaqtini va boshqalarni tanlash).
Rejani ishlab chiqish.
Ishlab chiqarish, moliya, baho, kadrlar, reklama, sotish va boshqalarni amalga oshirish xarajatlari va natijalarini rejalashtirish tizimi.
Nazorat qilish.
Strategik nazorat (tanlangan tamoyilni aniq bozor holatiga to’g’ri kelish). Yillik nazorat (rejadagi tadbirlar va xarajatlarning bajarilishi), foyda olish darajasi nazorati.
Korxonaning rivojlanish maqsadlarini aniqlashda eng avvalo uning ichki imkoniyatlarini hisobga olib, qaysi sohada sotishning o’sishi orqalimi yoki bozorda o’z ulushini ko’paytirish, obrusini ko’tarish yo’li bilan erishiladimi kabi savollarga javob izlanadi. Korxonaning rivojlanish maqsadlari marketing tajribasiga ko’ra bir necha yo’nalishlar orqali amalga oshirilishi mumkin:
Birinchidan, yekstensiv rivojlanish, ya’ni egallangan bozorda (bozor segmentida) ishlab chiqarilayotgan tovarni sotish hajmini ko’paytirish orqali daromadni oshirish; ikkinchidan, intensiv rivojlanish, bu yo’l bilan yekstensiv imkoniyatlar tugagach, yangi bozorlarga chiqish yoki segmentlarni kengaytirish yoki bozorga yangi modifikatsiyali tovar taklif etiladi. Uchinchidan, integratsiyalashgan rivojlanish orqali sotish korxonalar bilan hamkorlikda ular resurslaridan foydalanib, daromadni ko’paytirish, to’rtinchidan, diversifikatsiya yo’li bilan, ya’ni korxona o’z marketing faoliyati doirasida qo’shimcha xom-ashyoni, tovarni, texnologiyani, iste’molchilarni o’zlashtirish orqali raqobatbardoshligini oshirishga va foydani ko’proq olishga erishadi.
Marketing strategiyasi - maqsadga erishish uchun qanday harakat qilish kerak? - degan savolga javob izlaydi. Strategik rejalashtirish korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, iste’molchilar, baho, reklama, sotish va boshqa faoliyatiga asosiy yo’nalish aniqlaydi, har bir bo’limi maqsadini belgilaydi va ular ishini muvofiqlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |