Marketing tadqiqotlarining yo`nalishlari va uslublari. - Har bir marketing tadqiqoti tegishli sarf xarajatlarni talab etadi. Asosan yirik firmalar o`z tarkibiy to`zilmalari, sho'ba tashqilotlari miqyosida marketing tadqiqotlarini o`tkazadilar. Lekin barcha sohalar bo`yicha tadqiqotlarni o`tkazishga imkoniyat va muayyan zaruratlar doimiy bo`lmaganligi hamda xodimlarni butun yil davomida ishda band qilib turish qimmatga tushishi sababli, ayrim muammolarni ixtisoslashgan marketing markazlariga, institutlariga topshiradilar va davriy tarzda axborot olib turadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |