1.Bozorni tadqiq qilishning mohiyati va ahamiyati.
Bozorni tadqiq etish, unda o`z nishasini aniqlashga chet el firma va kompaniyalari katta mablag`lar sarflaydilar. Masalan AQSHda yillik sotish hajmi 25million dollar bo`lgan kompaniyalar o`z marketing byudjetlarining 3.5 foizga yaqini marketing tadqiqotlariga ajratadi.Iste`mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar ishlab chiqarish vositalari yetkazib beruvchi korxonalarga nisbatan bu sohaga ko`proq mablag` sarflaydilar.