Namangan muhandislik – texnologiya instituti muhandislik – texnologiya fakulteti marketing yo’nalishi 12au-19 guruh talabasi To’ychiyev Ulug’bekning Iqtisodiyot Nazariyasi fanidan
Kurs ishi
Topshirdi: To’yciyev Ulug’bek
Tekshirdi: Tursunov Nozimjon
Qiymat qonuni va uning vazifalari
Reja
1.Tovar va uning xususiyatlari
2.Qiymat tushunchasining uslubiy muamolari va qiymatning mehnat nazariyasi
3.Qiymat qonuni va uning vazifalari
1.Tovar va uning xususiyatlari
Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta`rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondoshuvlar mavjud. Jumladan, E.F.Borisov ta`rifiga kwra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mwljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir».22 Bundan kwrinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.
V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne`mat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne`matning maxsus shakli bwlib hisoblanishi kwrsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne`mat».23 Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari asosida ta`kidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bwlgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli. Yoki, boshqacha aytganda, tovar biron-bir naflilikka (iste`mol qiymatga) va almashuv qiymatiga ega bwlgan, bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir.
Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u wzida ijtimoiy mehnat sarflarini mujassamlashtiradi. Tovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bwlib, u iste`mol qiymatga va almashuv qiymatlariga ega.
Buyumning iste`mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy iste`mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron–bir ehtiyojini qondiradi.
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondoshuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi psixologik yondoshuv bilan, ya`ni hech kim bilan aloqasi bwlmagan wrmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir wzi qolib ketgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qwllaydilar. Xolbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a`zolari wrtasida, gavjum bozor qatnashchilari wrtasida sodir bwladi. Ular naflilikning negizida ob`ektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, twg`rirog`i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari wzgartirilishi natijasida vujudga kelishini wylab ham wtirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bwlgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega bwlavermaydi. Masalan, jamiyatga 100 dona soat zarur bwlgani holda, 120 dona soatning ishlab chiqarilishi uning 20 donasining nafsiz bwlishiga olib keladi. Ya`ni, jamiyat uchun zarur bwlgan 100 dona soatgina naflilikka ega bwladi.
Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ishlatiladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.
Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh qiladigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularning almashuv qiymati ifodalanadi.
Tovar qiymatining miqdori, ijtimoiy – zaruriy vaqt deb ataladigan ish vaqti bilan hisoblanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatagi mehnat malakasi va jadallashuvi darajasi o’rtacha bo’lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish zarur bo’lgan ish vaqtidir. Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismonny turlari hisobga olinadi. Qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mehnat ko’paytirilgan yoki darajaga ko’tarilgan oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mehnat ko’p miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi.
Tovarning ikki xil xususiyatiga ega bo’lisiga sabab Tovar ishlab chiqaruvchi mehnati tabiatining ikki tomomlamaligidardr. Bir tomomdan bu – muayyan aniq mehnatdir. Shuning uchun, iste’mol qiymatni yaratgan mehnat aniq mehnat deb nom olgan.
Pul uzoq zamonlardan beri odamlarga ma’lum. Pulning kelib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan Tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog’liq holda tushuntiriladi
Pulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy kontseptsiyalari mavjud bo’lib uar orasida ratsionalistik va evolutsion kontseptsiyalar muhim o’rin tutadi
Ayirboshlash jarayoniing tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida ekvivalent rolini o’ynovchi ko’plab tovarlar ichidan ba’zi birlari o’zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi. Chunki, ekvivalen rolini o’ynovchi tovarlarning barchasi ham ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada, barcha tovarlarning qiymatini bir xil Tovar qiymati orali taqqoslash mumkin bo’lgan qiymatning umumiy shakli vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |