Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari.
Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyusiyasi.
Tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo’lib marketing hisoblanadi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. «Ay-si-ay» konserni boshqaruvi raisi Djon Harvi Djons tadbirkorlikda marketingni o’rnini tavsiflab shunday deydi, ya‘ni «Marketing tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilg’i, balki kema komandasidir».
Marketingni bir qancha tariflari bo'lib, deyarli har bir marketing haqidagi kitob mualliflari martketingga o'zlarini ta'riflarini berishadi.
Marketing - sotuvchi va haridor o'rtasidagi tovar, mahsulot yoki xizmatlar almashinuvi natijasida kompaniyaning qiymati oshish jarayoniga aytiladi.
Marketing – bu alohida shaxslar va shaxs guruhlari muhtojligi va ehtiyojlarini tovarlar hamda iste‘mol qimmatlari orqali ayirboshlashga qaratilgan ijtimoiy va boshqaruv jarayonidir.
Rossiyalik olim I.K.Belyaevskiy shunday degan: «Marketing – bu bozorni o’rganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir».
Taniqli evropalik marketolog Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta‘rif beradi: «Marketing tashkilotlar va kishilarni hohish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlarni erkin raqobatli ayirboshlashni ta‘minlash yo‗li orqali qondirishga yo‗naltirilgan ijtimoiy jarayondir», «Marketing – bu bir vaqtning o‗zida biznes falsafasi va faol jarayondir».
Igor Mann fikricha, ―marketingning asosiy vazifasi – bu mijozlarni o‗zlashtirish va ushlab qolishdir.
Marketing – bu korxonaning asosiy bo’g’ini hisoblanib, u quyidagilarga javob berishi kerak, ya‘ni:
-iste‘molchilarni qondirilmagan talab va ehtiyojlarini anqlash;
-ularning hajmini va potensial foydaliligini son hamda sifat jihatidan baholash;
-shu holat uchun eng maqbul bo’ladigan maqsadli bozorlarni topish;
-mazkur bozorlar uchun to’g’ri keladigan mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarish;
-korxonani barcha xodimlarini mijozni manfaatlarini qondirish yo’lida xizmat qilishga yunaltirish
Marketingni asosiy elementlarini tashkil topishi – bozorni tadqiq qilish va tahlil etish, narxni tuzilishi tamoyili; servis siyosati –Sayrus Makkormek nomi bilan bog‗lanadi. 1902 yildan boshlab AQSHning (Michigan, Kaliforniya, Illinoys) universitetlarida marketing muammolari bo‗yicha («Tovarlar marketingi»,
«Marketing uslublari» fanlari va boshqalar) fanlar kiritilib, ma‘ruzalar o‗qitila boshladi.
1926 yilda AQSHda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil topdi, keyinchalik uning negizida Amerika marketing jamiyati barpo etildi, bu jamiyat 1973 yilda Amerika marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz keyinroq bunday uyushma va tashkilotlar G‗arbiy Evropa mamlakatlari va Yaponiyada ham paydo bo‗ldi. Xalqaro xshashlar yuzaga keldi.
O’tgan asrning 60-yillar o‗rtasida eng yirik Amerika korporatsiyalarining barchasi o‗z xo‗jalik faoliyatida marketingning asosiy talablarini qo‗llay boshladi.
G’arbiy Evropa va Yaponiyada marketing g‗oyalari AQSHga qaraganda sustroq joriy qilindi. Ammo 60-yillarning oxiriga kelib ular marketing amaliyotini tezkorlik bilan o‗zlashtirishga kirishdilar va bunda muhim yutuqlarga erishdilar.
Amerika modeli bo‗yicha marketing faoliyati birinchi navbatda korxonani marketing tashkilotlari - Evropa marketing va ijtimoiy fikr tadqiqotlari jamiyati, Xalqaro marketing federatsiyasi, Evropa Akademiyasi va shunga o‗
maqsad va vazifalariga erishishga qaratiladi hamda ikkinchi navbatda esa
iste‘molchilarni ehtiyojini qondirishga qaratiladi.
Yapon modeli bo‗yicha marketing faoliyati eng avvalo iste‘molchilarni hohish – ehtiyojini qondirishi kerak.
Yapon marketingining asosiy maqsadi – iste‘molchiga xizmat qilish, Amerika marketingi uchun esa, maqsadga erishish uchun hamma vositalardan foydalanish mumkin.