Marketing tizimi va sohasi


Ishlab chiqarishni rivojlantirishda marketingning roli



Download 156 Kb.
bet2/4
Sana05.07.2022
Hajmi156 Kb.
#741800
1   2   3   4
Bog'liq
Marketing tizimi va sohasi

2. Ishlab chiqarishni rivojlantirishda marketingning roli.
Mamlakatimizda XX asrning 90-yillariga qadar hukm surgan va ma`muriy- buyruqbozlikka asoslangan xo`jalik yuritish tizimi davridagi eng katta illatlardan biri, bu – talab bilan taklif o`rtasidagi nomutanosibliklar bo`lib, uning asosiy sababi ishlab chiqarishning bozor talablariga moslashmagani edi. Moddiy ta`minotdagi etishmovchiliklar, fan-texnika taraqqiyotining pastligi, reklamani yaxshi yo`lga qo`yilmagani, iqtisodiyotni rejalashtirish tizimining takomillashmagani, bozorda ro`y berayotgan jarayonlar to`g`risida axborotlarni etarli bo`lmagani va boshqa sabablar natijasi o`laroq ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning samaradorligi achinarli ahvolda edi.
Endilikda, bozor iqtisodiyotiga amal qilinayotgan sharoitda, respublikamiz iqtisodiyotida vaziyat tubdan o`zgardi. Bozor munosabatlari talab va taklifga samarali ta`sir o`tkazish, tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish, bu sohada turli mamlakatlarda to`plangan ijobiy tajribani o`rganish va marketing tamoyillarini to`la-to`kis o`zlashtirishni talab qilmoqda.
Jahon tajribasi shu narsadan dalolat beradiki, bozorga marketing yo`li bilan yondashish va ishlab chiqarishni shu yondashuv asosida tashkil qilish har qanday firma yoki kompaniya muvaffaqiyatining garovi bo`lib xizmat qiladi. Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimenti tabaqalashib, ehtiyojlar o`sib borgani, fan-texnika taraqqiyoti kuchayib, xizmat ko`rsatiladigan sohalar kengaygani va raqobat keskinlashgani sayin marketing strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish va amalga oshirishga bo`lgan ehtiyoj ortib boradi. Chunki marketing bozorni har tomonlama tahlil qilish, barcha ijtimoiy va iqtisodiy jihatlardan, jumladan, baholar siyosati jihatidan uni tartibga solish, talab va ehtiyojlarni hisobga olgan holda tovar ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish, barcha turdagi xizmatlarni rivojlantirish omilidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning barcha sohalaridagi korxonalar moliyaviy-xo`jalik faoliyatining asosiy va eng muhim ko`rsatkichi foyda hisoblanadi. Daromadlar korxona faoliyatiga baho berishning asosiy ko`rsatkichlaridan biri sifatida o`z ahamiyatini yo`qotib boradi. Rejalashtirish bevosita mehnat jamoalari qo`liga o`tib, rejalar aholining tovarlar va xizmatlarga, ishlab chiqarishning esa mashinalar, asbob-uskunalar va boshqa ishlab chiqarish vositalariga bo`lgan ehtiyojlarini hisobga olish uchun bir mo`ljal bo`lib qoladi. Shu sababli korxonalarda marketing faoliyati dasturlarini shakllantirishning asosiy qoidalaridan biri ishlab chiqariladigan va bozorda sotiladigan mahsulotning sifat va miqdor ko`rsatkichlarini birga qo`shib olib borishdan iborat bo`lmog`i kerak.
Xaridor muayyan mahsulotning qanday ko`rinishda bo`lishini istaydi, bu mahsulotga qaerda va qancha talab paydo bo`ladi? Bu savollar puxta o`rganilib, har bir muhandisga, konstruktorga va ishlab chiqaruvchiga etkazilishi lozim. Marketing mahsulotni loyihalash, ishlab chiqarishni rejalashtirish, iqtisodiy tahlil, t aqsimot, sotish va sotilgan mahsulotga xizmat ko`rsatish kabi masalalarga ta`sir ko`rsatishi lozim.
Korxonalar uchun marketing mahsulot sifatiga, uning raqobatbardosh bo`lishiga qo`yiladigan o`ziga xos talab, turli tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirishga undaydigan rag`bat, aniq talab darajasini hisobga olish va mollarni bozor kanallari orqali mohirlik bilan o`tkazish imkoniyatidir.
Hozirgi kunda talab va taklif bir qadar nomutanosib bo`lib turgan sharoitlarda tovarlarni egasiga etib boradigan qilib, tejamkorlik bilan ishlab chiqarish va oxirgi iste`molchiga etkazib berish juda muhimdir.
Marketing ana shunga imkoniyat ochadi. Marketing talabga ta`sir o`tkazish, uning tuzilishini o`zgartirish, ishlab chiqarishni bozor sharoitlariga qarab kengaytirish kabi muammolarni hal qilish omilidir.
Bugungi kunda talab va taklifni muvozanatlashtirishga imkon beradigan iqtisodiy omillarni topish zarur. Mulkchilikning turli shaklidagi korxonalar ham, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug`ullanadigan kishilar ham ana shundan manfaatdor.
Marketing bozorni aniq (tayin) tovarlar va xizmatlarga bo`lgan ehtiyojlarini o`rganish i va shu asosda uzoq muddatli va yillik dasturlarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishi zarur. Shu munosabat bilan bozor ob`ektlari va sub`ektlari degan tushunchalarni farqlamoq zarur.
Bozor ob`ektlari deganda, unga kiritiladigan tovarlar va xizmatlar tushuniladi. Bozor sub`ektlari esa ularni ayirboshlash ishlarida qatnashadigan tovar etkazib beruvchilar va iste`molchilardir.
Bozor sub`ektlariga ishlab chiqarish korxonalari, muassasalar (o`quv yurtlari, kasalxonalar va boshqalar) va uy xo`jaliklari (oilalar va shaxsiy iste`molchilar) kiradi.
Shaxsiy iste`molchilar bozorning eng muhim sub`ektlari hisoblanadi. Shular jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotib oladigan oxirgi xaridorlardir.
Korxonalar ham sotuvchilar bo`lib, ham bozorga chiqariladigan tovarlarni yaratish uchun kerakli xomashyolar, ishlab chiqarish vositalari va xizmatlarni sotib oluvchi xaridorlar bo`lib maydonga chiqadi.
Bozorning faoliyat ko`rsatib borishi uchun milliy iqtisodiyotning turli sohalari va idoralariga qarashli korxonalar o`rtasida gorizontal aloqalar yuzaga kelishi muhim shart hisoblanadi. Bu aloqalarni boshqarish organlari (vazirliklar, idoralar)ga ega bo`lgan asosiy xo`jalik bo`g`inining vertikal aloqalari to`ldirib boradi. Gorizontal va vertikal aloqalar yaxshi yo`lga qo`yilgan taqdirdagina bozor samarali faoliyat ko`rsatadi. Bu aloqalarda qing`irliklar bo`lsa, bozor muvozanati buziladi. Marketing yo`li bilan yondashuv bozorda qaror topgan aloqalarning maqbulligini aniqlashga imkon beradi.
Reja asosiy o`ringa qo`yilgan davrlarda ishlab chiqarish jarayonini moddiy texnik jihatdan ta`minlash va ma`muriy yo`l bilan har xil shaklda nazorat olib borish hal qiluvchi, bosh yo`nalish hisoblanar edi. Bozor munosabatlari sharoitida korxonaning strategiyasi ham, taktikasi ham o`zgaradi. Asosiy e`tibor ishlab chiqariladigan mahsulot assortimentini yaxshilash, tovar taklifi tuzilishini takomillashtirish, uni talabga ko`proq mos tushadigan holga keltirishga qaratiladi.
Marketingning ishlab chiqarishni rivojlantirishga ijobiy ta`sirini kuchaytirish quyidagilarni taqozo etadi:
-bozor vaziyatini chuqur tahlil qilish va uning qay tariqa rivojlanib borishini oldindan bilishni;
-gorizontal aloqalarni yo`lga qo`yishda ma`lum darajada erkin bo`lishni;
-tijorat ishlaridagi raqobatga aloqador xavf-xatarni hisobga olib, o`z mavqeiga ega bo`lishni;
-kon`yukturaga ta`sir o`tkazadigan texnologik va tashkiliy siyosat olib borishni;
-bozordagi raqiblar to`g`risida zarur axborotni yig`ib, ishlab chiqish va tahlil qilishni;
-ish yuzasidan muzokaralar olib borish va echimlarni amalga oshirishga qodir bo`lgan yuqori malakali marketolog mutaxassislar va rahbarlar tayyorlashni.
Korxonalarning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi mustaqilligi ulardan ishlab chiqarish natijalari uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olishni ko`zda tutadi. Ba`zi korxonalar javobgarlikni o`z zimmalariga olishdan qo`rqib, xo`jalik yuritishda erkin bo`lishni hohlamaydilar. Bu ularning moliyaviy ahvoli va bozordagi mavqeiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Marketing nuqtai nazaridan fikr qilish, ya`ni unga tayangan holda ish yuritish ko`ngilga tushadigan qo`rquvni bartaraf etadi.
Iste`molchi talabini korxona qay darajada qondira olayotgani haqida, albatta, faqat iste`molchi aniq bir fikr ayta oladi. Buni ular o`sha korxona mahsulotini sotib olishi (yoki tanlashi) orqali namoyish etadi. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilardan marketing xizmatini yaxshi yo`lga qo`yish orqali o`z iste`molchilari bilan uzoq muddatli aloqalarni amalga oshirish talab qilinadi.
Yana shuni aytib o`tish joizki, bozorga taklif etilayotgan tovarlar assortimenti o`rtacha iste`molchiga mo`ljallanadigan bo`lsa, bundan ,avvalambor, tovar ishlab chiqaruvchi ziyon ko`radi, chunki iste`molchining o`rtachasi bo`lmaydi. Shuning uchun marketing xizmati iste`molchining hamisha yuqori did va yuksak talabini nazarda tutgan holda ish yuritishi lozim.
Marketing iste`molchilardan ishlab chiqarish va savdo korxonalariga uzluksiz axborot kelib turishini ta`minlaydi. Bu o`z navbatida tovar assortimentini ko`paytirish, uni sotish sharoitlariga zarur o`zgarishlar kiritish, xaridorga ta`sir o`tkazish va hokazolar orqali ishlab chiqarishni rivojlantirish imkonini beradi.

Download 156 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish