Marketing tadqiqotlarini o‘tkazish uslubini tanlash ko‘p omillarga bog’liq:
13
1) Tadqiqot xarajatlari.
Chet el tajribasidan ma`lumki, tadqiqot bo„limlari yillik savdo hajmi 8 mln. dollardan ortik bulgan
yirik firmalarda tashkil etiladi. Marketing tadqiqotlariga firma savdo hajmi 25 mln. dollardan kam
bo„lganda byudjetning 1,5% ini, ortiq bo„lganda esa 3,5% ini sarflaydi.
2)
Tadqiqot o„tkazishdagi tajribaning mavjudligi.
Bu firmadagi yollangan mutaxassislarning malaka va mahoratiga bog‟lik.
3)
Tovarning texnik asoslarini yaxshi va chuqur bilish.
4)
Baholashning ob`ektivligi (haqiqatga javob berishi).
5)
Maxsus uskuna va texnologiyalarning mavjudligi.
Tadqiqotlar utkazishda komp‟yuter, maxsus dasturlar, mini videokameralardan foydalanish
axborotni tez qayta ishlashga ko„maklashadi va firmaning raqobatchilar oldida ustunlikka ega
bo„lishini ta`minlaydi.
6)
Sir tuta bilish.
Bunda axborot firma mikyosidan tashkariga “sizib chiqmasligi” ko„zda tutiladi.
Mavjud uslubiyotga asosan marketing tadqiqotlarini quyidagi turlarga bo„lish mumkin:
Mavjud axborotlarni o„rganish
Miqdoriy tadqiqotlar
Sifat tadqiqotlari
Mavjud axborotni o„rganish - bor ma`lumotlarni tahlil qilishdan iborat, masalan,
iste`molchilarning demografik tarkibi, tovarning savdosi statistikasi, raqobatchilar ro„yxati, ular
to„g‟risidagi ma`lumotlar.
Miqdoriy tadqiqotlar bu asosan so„rovlardan tashkil topgan. So„rovlarning aniqligi
tanlanmaning miqdoriga va savollarning sifatiga bog‟liq. Masalan tanlanma kamida 1500-2000
kishidan iborat bo„lishi kerak. Miqdoriy tadqiqotlar iste`molchilarning odatlarini o„rganish, biror
bir tovarga munosabatini aniqlash, kompaniya imijini, reklamaga munosabatni, narxga
munosabatni, hayot tarzini o„rganishda qo„llaniladi. Miqdoriy tadqiqotlar Nimaq Kimq Qanchaq
Degan savollarga javob beradi.
Miqdoriy tadqiqotlar bir qancha bosqichlarda o„tkaziladi:
1.
Tadqiqot gipotezasini yaratish: buyurtmachi bilan anketani kelishish.
2.
Tanlanmani amalga oshirish
3.
Interv‟yulash: shaxsiy so„rov (face -to- face), telefon orqali, pochta orqali.
4.
Ma`lumotlarni qayta ishlash
5.
Hisobot tayyorlash.
Sifat tadqiqotlari iste`molchini chuqur o„rganishda, ya`ni ular nimaga unday emas, bunday
qilyaptiq degan savolga javob berishdir. Chunki miqdoriy tadqiqotlarda iste`molchining so„ziga
ishonadilar, ammo uning harakatlarining asl sababini faqat sifat tadqiqotlari orqali o„rganish
mumkin. Sifat tadqiqotlari quyidagi hollarda qo„llaniladi:
1.
Tovar, xizmat va reklamani testdan o„tkazishda
2.
Miqdoriy tadqiqotlardan oldin, gipotezalarni yaratishda
3.
Miqdoriy tadqiqotlardan so„ng, uning natijalarini yaxshiroq tushunishda
Marketingda 2 turdagi sifat tadqiqotlari qo„llaniladi:
1.
Fokus-guruhlar - bunda 6-10 kishidan iborat bo„lgan guruh tuziladi va marketing
tadqiqoti ob`ektiga oid suhbat va bahs davomida ma`lumotlar video yoki magnitofonga
yozib olinadi. Bunda kishilar o„z fikrlarini erkin izhor qiladilar va ishlab chiqaruvchi
uchun juda qimmatli axborotni beradilar.
2.
Chuqur interv‟yulash - bunda bir respondent bilan 1,5-2 soat davomida suhbat olib
boriladi. Iste`molchi o„z fikrlarini bayon etadi, savollarga javob beradi. Keyinchalik bu
javoblar chuqur o„rganilib, tegishli xulosalar qilinadi.
Sifat tadqiqotlarining natijalarini ham hisobot tarzida rasmiylashtiriladi va tegishli
maslahatlar beriladi.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |