Sinov o'rniga quyidagi usullar ham
ishlatilishi mumkin:
1.
Test
- bir nechta iste`molchiga mahsulot va reklama ko'rsatilib ularning fikri so'raladi.
2.
Komp'yuterda modellash
- o'tmishda o'xshash mahsulotlarning sotilish ma`lumotlaridan
foydalangan holda model tuziladi.
3.
Tanlama usul
- ba`zi bir regionlarda sotuvga chiqariladi va asta-sekin butun mamlakatga
tarqala boshlaydi.
Sinov bozori sifatida bir nechta magazinlarni ham tanlab olish mumkin. Mahsulot
sinaladigan joyni tanlashda tipik bozorlar, ya`ni xususiyatlari umumiy bozor bilan bir xil va
o'xshash bo'lgan shaharlar tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |