63
qanday?
3
Mavjud
texnika,
texnologiya va bilimga mos
keladimi?
4
Odatdagi mahsulotlarga
nisbatan keltiradigan qiymati
qanday?
5
Iste`molchilar
uchun
sezilarli rivojlanishmi?
6
Qadoqlash
imkoniyatlariga mos keladimi?
7
Unga egalik qilish holati
qanday?
8
Orttirmalar
uchun
imkoniyat bormi?
9
Qo'l kuchini kam/ko'p
talab qiladimi?
10 Hayot tsikli qanday bo'ladi?
12
Mavjud
sotuv
kuchlaridan
foydalanib
bo'ladimi?
13
Ko'p
reklama
talab
qiladimi?
14
Xorijga
sotish
imkoniyatlari qanday?
15
Mavjud
taqsimot
kanallaridan foydalaniladimi?
16
Bozorda etakchi o'ringa
chiqamizmi?
17
Iste`molchilar
uchun
muhim rol' o'ynaydimi?
18 Bozor o'sishi uchun
potentsial bormi?
20
Foyda/xavf
proportsiyalari qanday?
21
Qancha
aylanma
kapital talab etadi?
22
Talab
qilinadigan
kapital miqdori o'rtachadan
pastmi- yuqorimi?
23 Foydalilik nuqtasiga
erishish va xarajatlarni
qoplash uchun qancha
muddat talab etiladi?
Tovarni ishlab chiqarish
bosqichida tovar g'oyasini fizik shaklga mujassam qiladilar va
mahsulotni loyihalash, o'rash, markani ishlab chiqish, mahsulot vaziyatini aniqlash,
iste`molchining munosabatini va foydalanishini tekshirish yo'li bilan asosiy marketing
strategiyasini belgilaydilar.
Mahsulot konstruktsiyasi haqida qaror qabul qilish ular tuzilgan materiallarning sifatini va turini,
ishlab chiqarish usulini tanlash, mahsulot birligiga to'g'ri keladigan ishlab chiqarish vaqti qiymatini
belgilash, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasi, o'lchamlari, rangi, shuningdek,
ishlanmalardan tijorat foydalanishiga o'tish uchun zarur bo'lgan davrni tanlash demakdir. O'rashga
doir qarorlar qanday materiallar ishlatilishini aniqlaydi. Savdo markasiga doir qarorlar yangi yoki
mavjud nomni tanlash, savdo markasining himoyalanishini o'z ichiga oladi.
Mahsulot holatini aniqlash - bozor segmentini tanlash, yangi mahsulotni raqobatdosh mahsulot va
firmaning boshqa takliflari bilan taqqoslash demaqdir. Tayyor mahsulotni odatda test orqali
sinaydilar. U quyidagi sxema bo'yicha amalga oshirilishi mumkin:
1. Yangi tovar kontseptsiyasini test orqali sinash (mahsulotni potentsial iste`molchilarga
tanishtirish).
2. Tovarni test orqali sinash (degustatsiya, me`yorlar va talablarga mos kelishi va hokàçî).
3. Bozorni test orqali sinash (potentsial iste`molchilarni aniqlash va ularni ijtimoiy-iqtisodiy
mezonlar bo'iicha guruhlash).
4. Nomini test orqali sinash (berilgan nom qanday his-tuyg'ularni uyg'otashini aniqlash, taklif
etilgan nomlarni qanday qabul qilishlari haqida potentsial iste`molchilar bilan interv'yular
o'tkazish).
5. O'ramni testdan o'tkazish iste`molchilar orasida o'ram va dozalash turlari bo'yicha: bankalar,
stakanlar, paketlar, butilkalar (afzalliklarni so'rovlar orqali aniqlash).
6. Reklamani testdan o'tkazish (tovarlarning tanlanish sabablarini aniqlash va bozorga chiqish
bosqichida qulay obro'-e`tiborni yaratish).
Do'stlaringiz bilan baham: