Marketing tadqiqotlari


Axborot va ma`lumotlar olish manbalarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/207
Sana01.01.2022
Hajmi1,63 Mb.
#295862
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   207
Bog'liq
marketing tadqiqotlari

Axborot va ma`lumotlar olish manbalarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 
1.
 
Iqtisodiy  siyosatning  asosiy  yo„nalishlariga  taaluqli  bo„lgan  Prezident  farmonlari, 
Vazirlar  Mahkamasi  qarorlari,  Davlat  soliq  qo„mitasining  tasdiqlagan  yo„riqnomalari  va 
farmoyishlari.  Ushbu  ma`lumotlar  iqtisodiyotning  sohalari  bo„yicha  rivojlanish  yo„nalishlari, 
ishlab  chiqarish  hajmlari,  soliq  va  bojxona  siyosatiga  oid  bo„lib  ulardan  nafaqat  mutasaddi 
vazirliklar, uyushmalar, tashkilotlar foydalanadilar, balki maxalliy va xorijiy tadbirkorlar, firmalar 
ham o„z faoliyatlarida foydalanadilar. 
2.
 
Davlat 
statistik 
muassasasi 
ma`lumotlari. 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Makroiqtisodiyot  va  statistika  Vazirligi  halq  xo„jaligining  barcha  sohalari  bo„yicha  oylik, 
kvartallik,  yillik  ma`lumotlarni  jamlaydi.  Ularning  ayrimlari  maxalliy  matbuotda  chop  qilinadi, 
yillik  hisobotlar  esa  statistik  yilnomalar  shaklida  nashr  qilinadi.  Makroiqtisodiyot  va  statistika 
Vazirligi o„zining tarkibida ilmiy-tadqiqot institutlari, halq xo‟jaligining tegishli  sohalari bo„yicha 
ixtisosolashgan  boshqarma  va  bo„limlarga  egadir.  Ushbu  tadqiqot  va  hisobot  bo„limlari 
belgilangan  yo„nalishlar  bo„yicha  ma`lumotlar  to„playdi  va  tahliliy  tadbirlar  tkazadi.  Bunday 


 
26 
 
ma`lumotlar  Vazirlar  Mahkamasi,  mutasaddi  vazirliklar,  uyushmalar,  viloyat  hokimligiga  taqdim 
etiladi. 
3.
 
Vazirliklar,  uyushmalar  va  kontsernlar  majmuida  to„plangan  axborotlar  va 
ma`lumotlar.  Ushbu  axborot  manbai  tegishli  sanoat,  qishloq  xo„jaligi,  xizmat  ko„rsatish  bo„yicha 
ixtisoslashgan  vazirliklarda  ularning  barcha  bo„ysinuvchi  korxonalari  xolati,  rivojolanish 
yo„nalishlari  bo„yicha  axborot  olish  imkonini  beradi.  Bu  turkum  axborotlar  vazirlik, 
uyushmalarning  yillik  hisoboti,  tegishli  boshqarmalarning  hisob-kitobi  va  o„tkazgan  tadqiqot 
yakunlaridan tashkil topadi. Hozirgi paytda mamlakatimiz vazirliklari uyushmalar, kontsernlar o„z 
tarkibida marketing muammolari bilan shug‟ullanuvchi boshqarma yoki bo„limlarga egadir. 
Ushbu  gurh  axborot  manbaiga  Respublika  «Biznes-fondi»,  mulkni  xususiylashtirish  va 
tadbirkorlikni  qo„llab-quvvatlash  Davlat  qo„mitasi,  «Madad»  sug‟urta  agentligi  va  tashkil  etilgan 
boshqa  yangi  bozor  tizimi  xususida  faoliyat  yurituvchi  uyushma,  tashkilot,  muassasalar 
ma`lumotlarini kiritish mumkin.  
4.
 
Maxalliy 
hokimiyat 
miqyosida 
jamlanadigan 
axborot 
va 
ma`lumotlar. 
Mamlakatimiz  viloyatlari,  tumanlari,  shaharlari  hokimiyatlari  xuzurida  statistika,  «Biznes-fond» 
bo„lo„imlari, aynan o„sha xudud iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi xususida axborotlar va ma`lumotlar 
to„playdi. Ushbu ma`lumotlar ko„lami keng bo„lib, ularning asosiylarigina Respublika miqyosidagi 
tegishli  boshqarma  tashkilotlarga  statistik  hisobot  shaklida  taqdim  etiladi.  Ko„pgina  boshqa 
xududiy  rivojlanishga  oid  axborotlar  maxalliy  hokimiyat  miqyosida  umumlashtiriladi  va  tahlil 
qilinadi. 
5.
 
Ilmiy  tadqiqot  institutlari,  markazlari,  universitetlar  va  oliy  o„quv  yurtalrining 
ilmiy  izlanish  ma`lumotlari,  tadqiqot  natijalari.  Bu  ma`lumotlar  va  axborotlar  Davlat  fan-texnika 
qo„mitasi  buyurtmalar  yoki  xo„jalik  shartnomalari  asosida  ilmiy  tadqiqot  institutlari,  ijodiy–
izlanish  guruhlari,  alohida  tadqiqotchilar  jamlanadi  va  hisobot  shaklida  taqdim  etiladi.  Tegishli 
soha  va  muammolar  bo„yicha  amalga  oshirilgan  marketing  va  bozor  izlanishi  tadqiqotlari  Davlat 
fan–texnika  qo„mitasi  byulleten‟larida,  universitet,  markaz,  oliy  o„quv  yurti  ilmiy  to„plamlarida 
qisqa shaklda e`lon qilinadi. 
6.
 
Ommaviy  matbuot  va  ilmiy  adabiyotlar.  Mamlakatimizda  va  xorijiy  davlatlarda 
chop etiladigan ro„znomalar, jurnallar, risolalar, kitoblar ko„lami tobora ortib  bormoqda. Masalan 
«SHarq biznes xabarnomasi», «Soliq va bojxona xabarnomasi», «Delovoy mir», «Biznes uik»  va 
boshqa  bir qator ro„znoma  hamda jurnallar  shular jumlasidandir. Ularda Respublikamiz iqtisodiy-
ijtimoiy  rivojlanishiga  oid  ko„plab  axborotlar  ma`lumotlar  tahliliy  materiallar  chop  etiladi.  Bu 
ma`lumotlar  ayrim  Davlat  qo„mitalari,  vazirliklar,  uyushmalar,  ilmiy  tadqiqot  markazlari, 
institutlari,  izlanish  olib  borayotgan  guruhlar,  sharxlovchilar  va  mutaxassislar  tomonidan  taqdim 
etiladi. 
Shuni  ta`kidlash  joizki,  hozirgi  paytda  bizning  mamlakatimizda  marketing  tadqiqoti 
bo„yicha  maxsus  jurnallar  ixstisoslashgan  firmalar  va  markazlar  faoliyati  rivojlangan 
davlatidagidek  shakllangani  yo„q.  Bu  vazivani  hozirgi  paytda  ayrim  ro„znoma  va  ommaviy 
oynomalar  qisman  bajarmoqdalar.  Fikrimizcha,  yaqin  yillarda  mamlakatimizda  marketing 
tadqiqotlari bo„yicha ixtisoslashgan tashkilot va uyushmalar soni ko„payadi. 
 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish