Marketing tadqiqotlari



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/207
Sana01.01.2022
Hajmi1,63 Mb.
#295862
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   207
Bog'liq
marketing tadqiqotlari

Xom-ashyoni 
qayta 
ishlaydigan 
yoki 
noishlab 
chiqarish 
korxonalari 
raqobatbardoshligiga ta`sir qiluvchi omillar: 

 
Foyda miqdori 

 
Bozor kon`yunkturasi 

 
Ishlab  chiqaruvchi  va  vositachilar  o'rtasidagi  tijorat  aloqalari  (kreditlar, 
omborxonalar) 
Firma  raqobatbardoshligiga  davlat  organlari  va  boshqa  tashkilotlar  tomonidan  qo'llab-
quvvatlash ham ta`sir etadi. Bunga: 

soliqlardan ozod etish 

kredit va subsidiyalar berish 

axborot bilan ta`minlash 

sug'urtalash kiradi. 
Firma  raqobatbardoshligi  tahlili  korxonaning  raqobat  imkoniyatlarini  baholashga 
asoslanadi. Korxona o'rnining turg'unlik darajasi raqobatbardoshlikni baholash bo'yicha marketing 
tadqiqotlariga  asoslangan  va  bu  ko'rsatkichlar  sonli  kattaliklardir.  Bunday  ko'rsatkichlarga  ishlab 


 
99 
 
chiqarish  xarajatlari kiradi. Xarajatni kamaytirish  foydani oshirish  imkonini  beradi. Yuqori  foyda 
o'z  navbatida  firma  faoliyatining  rivojlanishiga  ko'maklashadi  va  bu  bilan  raqobatbardoshlikni 
oshiradi.  
Firma raqobatbardoshligi tahlilida g'arb amaliyotida keng tarqalgan SWOT-tahlil - korxona 
faoliyatining  tahlili  (quyidagi  so'zlarning  bosh  harflaridan  olingan  qisqa  nom:  Afzalliklar  va 
Kamchiliklar, korxona uchun Imkoniyatlar  va Tahdidlar) tavsiya etilishi  mumkin. U 15.1-chizma 
shaklida ko'rsatilgan. 
 
15.1-chizma
 
 
 
 
 
 
Afzalliklar  va  Kamchiliklarni  baholashda  asosiy  e`tibor  korxonaning  ichki  omillariga, 
Imkoniyatlar va Tahdidlarni baholaganda esa tashqi muhitni belgilaydigan omillarga qaratiladi. 
Korxonaning  ichki  omillari  undan  tashqarida  yuzaga  keladigan  iste`molchilar, 
ta`minotchilar,  raqobatchilar,    aloqador  auditoriyalar  va  jamoatchilik  fikri  bilan  bog'liq  bo'lgan 
muammolarga qaraganda osonroq aniqlanadi. 
 Afzallik va Kamchiliklarni aniqlashga resurslar va imkoniyatlarning tavsifi yordam beradi. 
Bunday  deyilganda  korxona  uchun  ijobiy  deb  baholashimiz  mumkin  bo'lgan  har  qanday  turli 
ko'rsatkichlar  va  kattaliklar  tushuniladi.  Masalan,  korxona  darajasida  bu  ilg'or  yoki  eng  yangi 
texnologiyalar va "nou-xau"lar, ishlab chiqarish va boshqaruv xodimlarining tegishli tayyorgarligi, 
boshqarish va rag'batlantirish usullarini ishlab chiqish yoki zamonaviylashtirish. 
Korxona  faoliyatining  kuchli  va  kuchsiz  tomonlarini  tahlil  qilishda  jismoniy  aktivlar 
(binolar,  inshootlar,  asbob-uskunalar,  transport  vositalari,  tovar-moddiy  boyliklar,  qimmatli 
qog'ozlar,  pul  mablag'lari),  bozordagi  imiji  (obro'-e`tibor,  maqsadli  bozorda  korxonaning  obro'si) 
va mehnat resurslari (oliy va o'rta boshqaruv xodimlari, malakali ishchilar) kabi ko'rsatkichlar audit 
qilinishi mumkin. 
Korxonaning  kamchiliklariga  qandaydir  resurslar  va  imkoniyatlarning  etishmasligi  kirishi 
mumkin,  ayniqsa,  raqobatchilar  bilan  taqqoslaganda  kuchli  namoyon  bo'ladigan  kamchiliklar. 
Korxonaning  imkoniyatlarini  korxona  uchun  umumiy  va  muayyan  tovar  bozoriga  nisbatan  olib 
qaraladigan ixtisoslashgan holda tasavvur qilish mumkin. 
Tahdidlar (xavf-xatarlar) to'rt xil ko'rinishda bo'ladi:    
1) korxona maqsadlarining muvaffaqiyatli amalga oshishiga qarshilik qiladigan;  
2) korxona strategiyasini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan resurslarni ko'paytiradigan;  
Ta
‟si
rni
ng 
kuc
hsi
zl
ani
shi
 
A
fz
al
li
kka
 a
yl
ani
shi
 
SWOT- tа
hlil
 
O‟stirish 
O
‟st
ir
ish
 
 
Imkoniyatlar 
 
Kamchiliklar 
 
(kuchsiz tomonlar) 
Afzalliklar 
 
(kuchli tomonlar) 
 
Tahdidlar 
 


 
100 
 
3) kutiladigan moliyaviy natijalar va rentabellikni yomonlashtiradigan;  
4) korxona strategiyasining bajarilish xavfi darajasini oshiradigan. 
Shunday  qilib,  korxona  faoliyatining  SWOT-tahlili  korxona  faoliyatini  takomillashtirib 
borish  uchun  asos  bo'lib  xizmat  qilishi  mumkin,  chunki  imkoniyatlar  va  afzalliklarni  o'stirish  va 
kuchaytirish  kerak,  tahdidlar  va  kamchiliklarning  ta`sirini  kamaytirib,  ularning  salbiy  ta`sirini 
yo'qotish yoki o'z afzalliklariga aylantirish kerak. Buni tashqi kontur -strelkalar ko'rsatmoqda.    
 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish