6.5-jadval
Marketingda axborot to‘plash usullari
Usul
|
Ta’riflanishi
|
Shakli
|
Misol
|
Afzalligi va muammolari
|
1.Birlamchi tadqiqot
|
Ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan ularni
to‘plash
|
|
|
|
Kuzatuv
|
Sezgi organlari orqali his qilinuvchi holatlarni ularga ta’sir ko‘rsatmasdan qamrab olish
|
dala va
kabinet, shaxsiy, kuza- tuvchi ishtirokida yoki usiz
|
Do‘konda yoki rasta oldida iste’molchilar xulq-atvorini kuzatish
|
Ko‘pincha ob’ektiv va so‘rovga nisbatan aniq. Ko‘p faktlarni kuzatib bo‘lmaydi. Xarajat katta
|
So‘rov - Intervyu
|
Bozor qatnashchilari va ekspertlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan.
|
yozma, og‘zaki, telefon orqali
|
Birlamchi iste’molchi haqida ma’lumot to‘plash, firma
va marka imijini
o‘rganish
|
Kuzatib bo‘lmaydigan narsalarni tadqiq qilish, ishonchlilik
|
Panel
|
Bir xil vaqt oralig‘ida bitta guruhdan qayta ma’lumotlar to‘plash
|
Savdo, iste’mol
|
Do‘konlar guruhida savdo zaxiralarini
doimiy kuzatib borish
|
Vaqt bo‘yicha rivojlanishni aniqlash
|
Sinov
|
Bir omilning
boshqasiga ta’sirini bir vaqtining o‘zida boshqa omillarni nazorat qilgan holda tadqiq etish
|
Dala, laboratoriya, tajriba
|
Bozor sinovi, mahsulotni tadqiq etish, reklama tadqiqoti
|
O‘zgaruvchilar ta’sirini alohida kuzatish imkoniyati. Vaziyat
nazorati. Vaqt va pul sarfi
|
2.Ikkilam chi tadqiqot
|
Mavjud ma’lumotlarni qayta ishlash
|
Kabinet tadqiqotlar
|
Tashqi statis- tika va hisobga olingan ma’lumotlar asosida bozor
ulushini tahlil
qilish
|
Xarajatlar kamligi, tezkorlik.
Ma’lumotlarning eski va to‘liq emasligi
|
Marketing tadqiqotlarida eng keng tarqalgan uslub bu so‘rovdir. So‘rov bu odamlarning nuqtai nazarini aniqlash yoki ulardan biron-bir savol bo‘yicha ma’lumot olishdir. So‘rov marketingda axborot to‘plashning eng tarqalgan va muhim shaklidir. Tadqiqotlarning qariyib 90%i aynan shu usulga asoslanadi. So‘rov og‘zaki yoki yozma ravishda o‘tkazilishi mumkin. Og‘zaki va telefon orqali so‘rovlar odatda intervyu deb ataladi. So‘rovlar quyidagi turlarga taqsimlanadi:
so‘ralayotgan doirasi bo‘yicha (xususiy shaxslar, ekspertlar, tadbirkorlar va hokazo);
bir vaqtning o‘zida so‘raladiganlar bo‘yicha (yakka holdagi yoki guruhli intervyu);
so‘rovga kiritilgan mavzular bo‘yicha (bitta yoki bir nechta );
standartlashtirish darajasi bo‘yicha (erkin sxema yoki strukturalangan, to‘liq standartlashtirilgan struktura);
so‘rov tezligi bo‘yicha (bir yoki ko‘p martalik so‘rov).
Yozma so‘rovda qatnashuvchilarga so‘rov varaqalari berilib, ular to‘ldirilishi va ko‘rsatilgan manzilga jo‘natilishi talab qilinadi.
Axborot olishning kuzatuv usuli bozor tadqiqotlarida so‘rovga nisbatan ancha kam uchraydi. Ilmiy kuzatuv bir jarayon sifatida qabul qilinib, u:
ma’lum bir tadqiqot maqsadiga xizmat qiladi;
bir tekisda va tizimli (sistemali) o‘tadi;
umumlashtiruvchi mulohazalar uchun xizmat qiladi, faqat qiziqarli ma’lumotlarni to‘plash bilan cheklanib qolmaydi;
aniqlik va ishonchlilik nuqtai nazaridan doimiy nazorat qilinadi. Ushbu usulning so‘rov usuliga nisbatan afzalliklari quyida keltirilgan:
ob’ektning hamkorlikka tayyorligiga, tadqiq etiluvchilarning ishning mohiyatini so‘z bilan ifodalash qobiliyatiga bog‘liq emasligi;
ob’ektivlik darajasining yuqori bo‘lishini ta’minlash imkoniyati;
anglamagan holda amalga oshirilgan xulq-atvorni tushunish imkoniyati (do‘kon rastalarida tovarni tanlash);
atrofdagi vaziyatni, ayniqsa, asbob-uskunalar yordamida kuzatishda hisobga olish imokniyati.
Shu bilan birga mazkur usul ayrim kamchiliklarga ham ega:
namoyish etishni ta’minlash qiyin;
kuzatuvchining sub’ektivligi;
ochiq kuzatuv paytida ob’ektlar xulq-atvori tabiiy xulq-atvordan farq qilishi mumkin (kuzatuv samarasi).
Kuzatuvning quyidagi usullarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
atrofdagi vaziyatning xarakteri bo‘yicha dala kuzatuvi bo‘lishi mumkin – bu jarayonlar tabiiy muhitda (do‘konda) ro‘y berishini anglatadi, yoki laboratoriya kuzatuvi, ya’ni sun’iy yaratilgan vaziyatda amalga oshiriluvchi kuzatuvlar. Birinchi shaklning afzalligi kuzatilayotgan shaxslarning xulq-avtori tabiiy bo‘lishidadir. Ikkinchi shakl kuzatuv shart-sharoitlarining barqarorligini ta’minlaydi hamda bir qator texnik vositalarni qo‘llashga imkon beradi;
kuzatuv joyi bo‘yicha bevosita tadqiqotchining ishtirokidagi kuzatuv va chetdan kuzatuv farqlanadi;
ob’ektni qabul qilish shakli bo‘yicha personal kuzatuv va asbob-uskunalar yordamida yoki xulq-atvor natijalarini qayd etish yordamida kuzatuvni ajratish mumkin;
standartlashuv darajasi bo‘yicha standartlashtirilgan va erkin kuzatuvga taqsimlanadi.
Standartlashtirish bu yerda xulq-atvor sxemasining ma’lum bir mezonlarini belgilashni nazarda tutadi. Masalan, vitrinadagi reklama ta’sirchanligini kuzatish uchun yo‘ldan o‘tib ketayotganlarning quyidagicha xulq-atvor vraiantlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: shaxs reklamaga e’tibor qaratmasdan do‘konga kiradi; shaxs avval reklamaga qarab, keyin do‘konga kiradi; shaxs reklamaga qarab, do‘konga kirmaydi; vitrinaga qaramay o‘tib ketadi.
Eksperiment(sinov) deb bitta yoki bir nechta mustaqil o‘zgaruvchilarning o‘zgarishi boshqa bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchilarga qanday ta’sir ko‘rsatishi aniqlanadigan tadqiqotga aytiladi. Ushbu usulning o‘ziga xos belgilari:
izolyatsiya qilinuvchi o‘zgarishlar (ayrim kattaliklar tadqiqotchi tomonidan variatsiyalanadi, boshqalari iloji boricha doimiy bo‘lishi lozim);
tadqiqotchi ma’lumotlarning paydo bo‘lish jarayoniga faol aralashadi;
sabab-oqibat aloqalari tekshiriladi (masalan, mahsulot o‘rovi rangining sotuv hajmiga ta’siri).
Amaliyotda panellar qatori paydo bo‘ldi. Panel tadqiqotlari deb, bir vaqt oralig‘ida bitta ob’ekt yoki guruhdan qayta – qayta ma’lumotlar to‘planadi.
6.4-rasm. Panellar turlari1
Panel bir nechta asosiy belgilarga ega:
tadqiqot predmeti va mavzusi doimiy;
ma’lumot to‘plash bir xil vaqt oralag‘idan so‘ng amalga oshiriladi; tadqiqot ob’ektlarining doimimyligi – uy bekalari, savdo korxonalari, ishlab
chiqarishdagi iste’molchilardir.
1 Завьялов П.С. Маркетинг в схемах и рисунках. –М.:Инфра-М, 2012, 98-б
Ushbu ma’lumotlar oldingi ma’lumotlar bilan solishtiriladi va taqooslanadi. Unda ushbu taqqoslash orqali o‘sish yoki kamayish, ko‘tarilish tushish tendensiyalari kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |