Rahbariyat uchun rezyume (executive summary) – hisobotning muhim qismi hisoblanadi, chunki ko‘pincha mijoz-kompaniya rahbari faqat uni o‘qiydi. Rezyumeda tadqiqot muammosi, usuli va rejasi qisqacha bayon qilinishi lozim. Rezyume bo‘limlaridan biri asosiy natijalar, xulosa va tavsiyalarga bag‘ishlanadi. Rezyume butun hisobot yozib bo‘linganidan keyin tuziladi.
Muammoning ta’rifi. Hisobotning muammo ta’rifiga (problem definition) bag‘ishlangan bo‘limida uning tarixi, qaror qabul qiladigan shaxslar va tarmoq ekspertlari bilan batafsil muhokamalar keltiriladi, ikkilamchi ma’lumotlar tahlili, ko‘rib chiqilgan omillar va o‘tkazilgan sifat tadqiqoti muhokama qilinadi. Bundan tashqari, u marketing tadqiqoti muammosi va boshqaruv muammosining aniq ifodasidan iborat bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |