MISOL. Fokus-guruhlar boshlovchilari uchun kim hisobot yozadi?
Konnektikut shtati Uilton shahrida joylashgan, sifat marketing tadqiqotlariga ixtisoslashgan Groups Plus. Inc. kompaniyasi prezidenti Tomas Grikbaum so‘nggi yillarda fokus-guruhlar o‘tkazishda o‘ringa ega bo‘laytigan tendensiyani ko‘rsatadi. Uning ta’kidlashicha, ayrim fokus-guruhlar boshlovchilari mijozlarga axborotni buzib ko‘rsatadi, chunki ularning hisobotlari amalda fokus-guruhlar ishida qatnashmagan boshqa odamlar tomonidan yozilgan bo‘ladi.
Grinbaum ma’lumotlariga ko‘ra, boshlovchilarning yarmidan ko‘pi mijozlarga hisobot tayyorlash uchun boshqa odamlarning xizmatlaridan foydalanadi. Bunday yolg‘on hisobotlar ko‘pincha to‘liqsiz ish kuni band bo‘lgan xodimlar yoki kichik
marketolog-tadqiqotchilar tomonidan yoziladi. Grinbaum yolg‘on hisobotlar yozishni tanqid qiladi, chunki fokus-guruh qatnashchilarining noverbal reaksiyalari yoki birgalikdagi guruh faoliyati doim ham audioyozuvni tinglayotganlar yoki fokus- guruh videosini tomosha qilayotganlar tomonidan aniq yetkazib berilmaydi. Grinbaum boshlovchilarni mijozlar bilan fokus-guruhlar bo‘yicha hisobot muallifligida halol bo‘lishga undaydi, shuningdek, mijozlarni ular bilan shartnoma bo‘yicha ishlaydigan tadqiqotchilik guruhlari ishiga yaanada talabchan bo‘lishga chaqiradi.
"Garchi ushbu tarmoqdagi ayrim mutaxassislar hisobotni mijozga jo‘natishdan oldin doimo tekshirib chiqishini yoki, ehtimol, hisobotning asosiy bo‘limlarini o‘zi yozganligini aytgan holda bunday amaliyotni himoya qilsada, fokus-guruh o‘tkazish yakunlaridan foydalanadigan mijozlar bunday amaliyotga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi lozim, - maslahat beradi Grinbaum. – Agar mijozlar ularning hisobotini kimdir begona shaxs yozishini oldindan bilsa, bu muammoni qisman hal qiladi, lekin bu maslahatchilardan olingan natijalar eng yaxshi bo‘lishiini anglatmaydi".
Grinbaum hisobot sifatining yomonlashuvi ehtimoliga qo‘shimcha ravishda qayd etadiki, boshqa odamlar tomonidan hisobot tuzish tizimi yakuniy hisobot taqdim etishni sekinlashtiradi. "Hisobotni o‘zi yozadigan boshlovchilar oxirgi gurhda so‘rov o‘tkazilgan kundan 7-10 kun o‘tgach hisobotni yakunlashga harakat qiladi, shu sababli olingan axborot yangi bo‘ladi va undan hisobot yozishda foydalaniladi, - ta’kidlaydi Grinbaum. – Biroq hisobot yozish uchun boshqalardan foydalanadigan boshlovchilarning aksariyati mijozlarga oxirgi guruh bilan ish yakunlangandan so‘ng uch-to‘rt hafta davomida yakuniy hisobot taqdim etishga qodir bo‘lmaydi ".
Do'stlaringiz bilan baham: |