Marketing tadqiqotlari


– BOB. MARKETING TADQIQOTLARIDA AXBOROT TIZIMI VA AXBOROTI MANBAALARI



Download 3,61 Mb.
bet84/304
Sana18.01.2022
Hajmi3,61 Mb.
#384519
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   304
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

– BOB. MARKETING TADQIQOTLARIDA AXBOROT TIZIMI VA AXBOROTI MANBAALARI





    1. Marketingda axborotlar tizimi va korxonaning rivojlanishida axborotlar tizimining ahamiyati

Axborotlar deyilganda, hodisa yoki jarayonlar haqidagi dalil, ma’lumot, xabar, baho va raqamlarda ifoda etilgan, ularni tahlil qilib, tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo‘ladigan ma’lumotlar tushuniladi.

O‘zbek tilining izohli lug‘atida “Axborot” atamasiga “Ish, voqea-hodisalar haqida tushuncha beruvchi xabar, ma’lumot”1, degan izoh berilgan. Ko‘rinib turibdiki, axborotlar korxona va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ish, hayotda voqea-hodisalar haqida tushuncha beruvchi xabar, ma’lumotlardan iborat. Demak hayotda qanchalik voqea-hodisalar ko‘p bo‘lsa, ular haqida tushuncha beruvchi xabarlar ham, ularni ifoda etadigan ma’lumotlar ham shunchalik ko‘p. Ularni o‘rganish uchun ma’lum darajada tizimlashtirishni taqozo qiladi. Bu esa, o‘z navbatida ularni ma’lum belgilari bo‘yicha tasniflash zaruratini tug‘diradi.

Bozor iqtisodiyotining eng asosiy talablaridan biri, bu axborotlarning to‘laqonli bo‘lishidadir. Umuman olganda hozirgi kun sanoat, industriya asri axborotlar almashuvi bilan xarakterlanadi.

Industrial asr uchun xos bo‘lgan xususiyatlar: moddiy ne’matlar, sanoat ishlab chiqarishning ustun darajada rivojlanishi, sanoat ishchilarining xissasi bilan oshib borish bilan xarakterlansa, ishlab chiqarish esa yalpi, yirik pog‘onali va katta sig‘imdagi bozorga mo‘ljallangan bo‘lsa, ishlab chiqarish samaradorligini oshishi esa jonsiz va jonli mehnatni, xomashe, moddiy resurslarni tejash hisobiga, korxonani kengaytirish va tannarxni pasaytirish hisobiga amalga oshiriladigan bo‘lsa, axborotlar davriga kelib iqtisodiyotda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining ulushi ortib boradi va ayniqsa axborotlar xizmatini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan vositachilik xizmati yuqori darajada o‘sadi.

Marketing tadqiqotlarida axborotning mohiyati va ahamiyatini o‘rganar ekanmiz, avvalam bor marketing axborot tizimi (MAT)ga murojat qilamiz. MAT –



1Oʻzbek tilining izohli lugʻati. – T.: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. DIN, 2015. – 119-120 betlar.

insonlar, texnik vositalar va amalga oshirish uslublaridan tashkil topib, muhim va to‘g‘ri axborotni to‘plash, tartibga solish, tahlil qilish, uzatish natijasida marketing sohasida qaror qabul qiluvchiga samarali yordam ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Marketing axborot tizimi o‘zaro mushtarak, bog‘langan elementlar va munosabatlar majmuini tashkil etadi.




Маркетинг ахборот тизими

Axborotga boʻlgan ehtiyojni belgilash

Axborotni taqdim etish



Tashkilot Marketing

ichki tashqi

hisoboti xabarnoma

tizimi axborot

Qaror qabul Marketing qilishni tadqiqot

quvvatlovchi tizimi

tizim









Marketing boʻyicha menejer Tahlil qilish Rejalash- tirish Amalga oshirish
Nazorat

qilish



Marketing muhiti Maqsadli bozor
Marketing kanallari
Raqobatchilar Ichki va tashqi ishtiyoqli guruhlar
Makro-muhit

omillari

Marketing axborot tizimi marketingli rejalashtirishning takomillashtirish, marketing tadbirlarini amalga oshirish va tadbirlar ijrosi ustidan nazorat maqsadlarida foydalanish yuzasidan aniq qarorlar qabul qilish uchun zamonda axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish, baholash va tarqatish yuzasidan uzluksiz va o‘zaro bog‘liq kishilar, asbob- uskunalar va jarayonlar yig‘indisiga kiradi. Quyidagi rasmda marketing axborot tizimining ko‘rinishi aks ettirilgan. (6.1-rasm).



6.1-rasm. Marketing axboroti tizimining umumiy ko‘rinishi1


Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, axborotga bo‘lgan ehtiyoj va axborotni natijaviy taqdim etish uchun, marketing bo‘yicha mutaxassis maqsadga erishish uchun avvalo rejalashtirish jarayoni va to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilib bo‘lganidan so‘ng uni taqdim etadi.

1 Бендина Н.В. Маркетинг в схемах. –М.:Изд ПРИОР, 2012 с.24

Zamonaviy tadbirkorlik davri o‘zining bir qancha xususiyatlariga ko‘ra dastlabki davrlardan ajralib turadi. Bu birinchi navbatda marketing faoliyatining nazariy va amaliy jihatdan asosiy kurash vositasi, rivojlanish uslubi va dasturi sifatida tobora namoyon bo‘layotganligida ko‘rinmoqda. Marketing xususida to‘plangan axborotni o‘z vaqtida ishlatish, undan zaruriy yo‘nalishlarni aniqlashda foydalanish natijasida, ko‘pgina firmalar mashxurlikka erishdilar, doimiy xaridorlar ko‘lamiga, ular e’tiboriga sazovor buldilar. Bunday firmalar jumlasiga, «Maykrosoft», «Nayk»,

«Ribok», «Simens» kabi bir kator firmalarni kiritish mumkin. Marketing faoliyatini tashkil etish va marketing axborotiga bo‘lgan ommaviy zaruriyat quyidagi o‘zgarishlarga bevosita bog‘liq.

Birinchidan, zamonaviy tadbirkorlikning dastlabki rivojlanishida asosiy e’tibor xaridor ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo‘lsa, hozirgi paytda asosiy e’tibor xaridorlar istaklarini qondirishga qaratilgan. Ehtiyoj – inson tomonidan his etilgan moddiy va ma’naviy ne’matlarga nisbatan yetishmovchilik demakdir. Ehtiyoj umumlashgan tarzda ushbu ne’matlarga egalik qilishni nazarda tutsa, xaridorlik istagi

– alohida insonning moddiy va ma’naviy yetuklik darajasiga ko‘ra, muayyan tovarga bevosita egalik qilish va uni o‘zlashtirish borasida zaruratidir.

Lekin, xaridor istagi tushunchasi to‘la ma’noda xaridorning muayyan tovarni sotib olishga, foydalanishga qodir va tayyor ekanligini anglatmaydi. Shu sababli, bu o‘rinda xaridorlik talabi tushunchasini keltirish lozim. Xaridorlik talabi – muayyan tovarni sotib olishga qodirligi va tayyorligi bilan belgilanadigan xaridorlik istagining aniqlashtirilgan shaklidir. Boshqacha qilib aytganda, xaridorning xarid qilishda to‘lovga qodirlik darajasi va imkoniyatida bo‘lgan qismigina xaridor talabi chegarasini ifodalaydi.

Demak, zamonaviy tadbirkorlik va marketing faoliyati birinchi o‘ringa xaridorlarning umumlashgan tarzdagi ehtiyojini emas, balki individual xaridorning istagi, didi, xoxishi va o‘zlashtirish xususiyatlari bilan farqlanuvchi – xaridorlar ishtiyoqini qondirishga talab etadi. Shunday qilib turar joyga, ovqatlanishga, dam olishga bo‘lgan ehtiyojni qondirishdan, muayyan tarzdagi xaridorlar istagini qondirishga, ya’ni ularning salmog‘i, turmush tarzi, odatlari, mavqelari va boshqa

xususiyatlarni nazarda tutib, uni qondirish sari yul tutilishi hozirgi paytdagi tadbirkorlik faoliyatining asosiy xususiyatlaridan biridir.

Ikkinchidan, mahalliy mikyosdagi marketingdan, umumdavlat va undan xalqaro marketing faoliyati sari o‘tilishi oqibatida, firmalar o‘z imkoniyatlarini samarali jihatlarini internatsionalizatsiya jarayonida qurmoqdalar. Mahalliy bozor talablarini qondirish uchun kurashda geografik cheklanishlarning yo‘qolishi, yangi tovarlar va xizmatlar bilan yangi bozorlarni o‘zlashtirish samarali ekanligini ushbu xususiyatning asosiy mohiyatini belgilaydi.

Ushbu nuqtai nazardan, marketing axborotiga bo‘lgan zarurat tobora ortib bormoqda. Marketing jarayonini samarali tashkil etishda marketing tadqiqoti muhim ahamiyat kasb etmoqda. Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan marketing tadqiqoti jarayoni uchun to‘rt muhim manfaatdorlikni ta’minlash lozim.



      1. Tovarlar va xizmatlarni xaridorlarga yetkazishning firma va xaridor o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va samarali shaklini axtarish. Xaridor uchun o‘ta manfaatli savdo va xizmat ko‘rsatish shakllari asosida xaridorning barcha psixologik, fiziologik va boshqa xaridor istaklarini qondirish. Bu jihatdan, «xaridor doim haqdir» tamoyili asosida firma o‘z faoliyatini tashkil etishi lozim.

      2. Xaridor uchun manfaatli va foydali bo‘lgan manzildagi tovarlar va xizmatlarni taklif etishga intilish. Xaridor geografik jihatdan cheklanish va xizmatlardan foydalanishdan yetishmovchilikni sezmasligi lozim.

      3. Xarid etish vaqti xaridor uchun qulay va ko‘p jihatdan manfaatli bo‘lishini ta’minlash yoxud kerakli va zaruriy vaqtda sotuvchining xaridorga tegishli tovarlar va xizmatlarni taklif eta olish qobiliyatini oshirish.

      4. Xarid qilish va foydalanishdan xaridorning mamnunligi va manfaatdorligini ta’minlash. Ko‘pgina xollarda, xaridor o‘zi uchun zarur tovarlarni sezmay qoladi va e’tibor bermaydi. Ana shu vaziyatda sotuvchi xaridor ishtiyoqini seza bilishi, uni ushbu bozorda kerakli tovarlar bilan ishtiroki muhim ekanligini anglashi zarur bo‘ladi.

Ushbu manfaatdorlikka erishish uchun zaruriy shart – sharoitni marketing tadqiqoti amalga oshiradi. Yetarli axborotni to‘plash kelgusi o‘zgarishlarni belgilash

uchun ushbu tadqiqotning ahamiyati beqiyosdir. Jumladan, yuqorida qayd etilgan manfaatdorlikni ta’minlash marketingning tarkibiy elementlarida o‘z aksini topadi, ya’ni «Marketing – Miks» dasturi tarzida: boshqacha qilib aytganda turt «P»., ingl.

«R» tovar, baho, manzil va tovarlarni talabga moslashtirish bo‘yicha kelgusi amaliy tadbirlarda oydinlashtiriladi. Demak, marketing faoliyatiga xos bo‘lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi.

Tovar ishlab chiqaruvchi istalgan korxona rahbariyati bozordagi holat, qo‘yilgan maqsadlar va bajariluvchi vazifalar xarakteri hamda belgilangan strategiyadan kelib chiqqan holda qaysi marketing tadqiqotlarini va qanday ketma- ketlikda o‘tkazish, qanday inson va moliya resurslarini ishga solish, nimani o‘z kuchi bilan qilish, qaysi tadqiqotlarni chetdan bajaruvchilarga buyurtma qilish foydali ekanligini hal qilishga majbur. Inson va moliya resurslarini tejash va bunda marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda katta natijaga erishish uchun ushbu muammoni istiqbolda qanday bo‘lishini konseptual jihatdan ko‘rish zarur.

Ushbu konsepsiyani ishlab chiqish marketing tadqiqotlarini butun murakkabliklarini bilan ko‘rishdan tashqari uni yanada oqilona usullari bilan hal qilish yo‘llarini belgilashga imkon beradi. Bu esa yanada muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish