2.4.-rasm. Marketing tadqiqoti xizmati strukturasi
Marketing tadqiqotlari tijorat shartlarida buyurtmachi korxonaning dasturi va buyurtmasi bo‘yicha ham, marketing firmasi tomondan ayrim korxonalar toifasi uchun mo‘ljallangan standart dastur bo‘yicha mustaqil ham bajarilishi mumkin. Bunday tadqiqot natijalari barcha xohlovchilarga sotiladi. Ba’zida marketing firmasi tadqiqot metodologiyasini, algoritmlar va amaliy dasturlarni sotadi. Tadqiqot yakunlari, unig metodologiyasi, tavsiyalari va foydalanuvchilarga sotiladigan boshqa narsalar o‘ziga xos tovar – talab katta bo‘lgan intellektual mahsulotni ifodalaydi. Bunday faoliyat sohasi axborot mahsulotlari bozorining ixtisoslashgan segmentini ifodalaydi.
Marketing tadqiqotining muvaffaqiyati ma’lum darajada marketing xizmatini tashkil qilishga, mohiyatiga ko‘ra inson omiliga bog‘liq bo‘ladi. Xodimlar malakasi, tajribasi, ularning bozorni bilishi ko‘p jihatdan tadqiqot sifatini belgilab beradi. Biroq bu natijalar marketing xizmatining jihozlanganligiga, uning kompyuterlashtirish darajasiga, aloqa vositalari mavjudligiga ham bundan kam bog‘liq emas. Nihoyat, marketing tadqiqoti natijalari va samaradorligiga guruh ichidagi munosabatlar: uning iyerarxiyasi, kommunikativ aloqalar, bir-birini qo‘llash, hamkorlik (yoki buning aksi
pand berish, ig‘vogarlik va h.k.) ta’sir etadi. Tabiiyki, ishchi vaziyat va mahsuldorlik jamoadagi mikromuhitga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Marketing xizmati faoliyatining mahsuldorligini ta’minlashda kim uni boshqarishi, kim menejer va muvofiqlashtiruvchi ekanligi muhim rol o‘ynaydi. Axborot-tahliliy faoliyatni tashkil qilishning uch xil varianti bo‘lishi mumkin:
birinchi variant. Ixtisoslashgan marketing xizmati mavjud emas. Axborot to‘plash va uni baholash bilan firmaning ular faoliyat sohasiga marketing aloqador bo‘lgan barcha bo‘linmalari shug‘ullanadi;
ikkinchi variant. Firmada matritsa tamoyili yoki funksional tamoyil bo‘yicha tashkil qilingan marketing xizmati mavjud. Har bir bo‘linma o‘z vakolatlari doirasida axborot to‘playdi va tahlil qiladi, xulosa va tavsiyalarni esa rahbar/muvofiqlashtiruvchiga taqdim etadi;
uchinchi variant. Tadqiqotchilik ishlarining katta hajmi marketing xizmati doirasida marketing tadqiqotlari mustaqil bo‘linmasi tashkil qilishni asoslab bergan,
bunda u mutaxassislar bilan ta’minlanib, kompyuter va boshqa idora texnikasi bilan jihozlanadi va marketing tadqiqotining barcha bosqichlarini ta’minlaydigan darajada tuziladi.
Murakkab marketing faoliyati, marketing xizmati bajaradigan keng funksiyalar doirasida, har tomonlama to‘g‘ridan-to‘g‘ri va teskari aloqalar marketing xizmati axborot-tahliliy bo‘linmalari boshqaruv apparatini tashkil qilishga jiddiy talablar qo‘yadi, ya’ni marketing-menejment va axborot-tahliliy funksiyalar tahlil qilingan, bir-biriga bo‘ysunish va muvofiqlashtirish munosabatlarida bo‘lgan iyerarxik strukturalar tashkil qilishni talab qiladi. Bu jihatdan marketing xizmati faoliyati menejment tamoyillariga asoslanadi.
Bundan kelib chiqqan holda, marketing tadqiqotlarini tashkil qilishda, korxonalar miqyosida menejment, ya’ni boshqaruv tamoyillariga asoslanamiz (2.5 – rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |