Internetda mijozlar hatti – harakatini o‘rganish
Internet paydo bo‘lgan kunidan boshlab axborot tarqatishning yaxlit bir muhitini yaratishi lozim bo‘lgan loyihadan kundan-kunga tijorat uni harakatlantiruvchi kuchga aylanib borayotgan markazlashmagan tarmoqqacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Foydalanuvchilarning o‘zi navigatsiya jarayonini boshqaruvchi Internet muhitida tijorat faoliyatining muvaffaqiyatga erishishi biznes va ularning manfaatlarini qanchalik hisobga olishi bilan belgilanishi mumkin, buning uchun esa ular kim, ularning ehtiyojlari, did-istaklari, xulq-atvor modellari qanday ekanligini bilish zarur.
Internetda uning muloqot doirasi tavsifnomalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar bu savollarga javob topishi mo‘ljallangan. Uning asosiy tavsifnomalari qatoriga Tarmoq va uning ayrim saytlari muloqot doirasi hajmi, uning ijtimoiy- demografik sur’ati, iste’mol ko‘rsatkichlari va hokazolarni ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |