Kuzatish texnikasi kuzatuvchining o‘z ishini yaxshi bilish darajasi va jarayonlarga qanchalik haqqoniy yondashishiga bog‘liq. Bu usulning cheklanganligi uning yashirin xarakterdaligidir.
Chunki kuzatish xaridorlar ongida qandaydir aks ta’sir etmasligi lozim. Bundan tashqari tashqi ko‘rinish ko‘pchilik holda xaridorlarning ichki motivini ochib bermaydi.
Tajriba o‘tkazishda nazorat o‘tkazish mumkin. Tajriba o‘tkazish tanlama usulga nisbatan arzonroqdir. Tajriba usulining asosiy kamchiligi laboratoriya sharoitlarida xaridorlarning normal o‘zlarini tutishlarini tiklash mumkin emasligidir.
Ko‘pchilik holda bunday qiyinchiliklar tajribani tabiiy sharoitda o‘tkazish yo‘li bilan echiladi. Bunga qadoqlashni, tajriba namunalarini do‘kon peshtaxtalariga joylashtirishni olish mumkin. Faqat bir o‘zgaruvchini o‘rganish juda qimmatga tushadi va ko‘p mehnat talab qiladi. Bunga sabab ko‘p sonli o‘zgaruvchilarni sinab ko‘rishdir. Masalan, qadoqlashni o‘rganishda, alohida-alohida unga ta’sir qiluvchi nomi, rangi, hajmi, shakli, axborotlar qiymati va umumiy ta’sirini aniqlash mumkin.
Hozirgi vaqtda ko‘p omilli tahlil o‘tkazishga imkon beruvchi lotin kvadratlari usuli, omilli tahlil usuli singari usullar mavjud. Birlamchi ma’lumotlarni olishda eng keng tarqalgan usul tanlama o‘rganishdir. O‘rganish usullari vaqt va mablag‘ cheklanganligiga bog‘liq holda uch omil bilan aniqlanadi:
1. So‘ralayotgan shaxslar kontingenti.
2. So‘ralayotgan shaxslar bilan aloqa o‘rnatish vositasi.
3. Zarur axborot va uni olish usullarining xarakteri bilan.
Nazariy tomondan birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishning eng ideal usulini o‘rganilishi zarur bo‘lgan barcha shaxslarni ro‘yxatga olishni o‘tkazishdir. Amaliyotda bunday tadbirni amalga oshirish deyarli mumkin emas.
So‘rov o‘tkazilishi kerak bo‘lgan shaxslar tanlash yordamida aniqlangandan so‘ng, tadqiqotchi ular bilan quyidagi usullar yordamida muloqot o‘rnatadi: shaxsiy suhbat, pochta anketasi va telefonda suhbat. Bu usullarni ko‘rib chiqishni telefonda suhbatdan boshlaymiz. Bu usulning asosiy kamchiligi shaxsiy telefon egalari aholining ma’lum guruhini tashkil qiladi, xolos. To‘g‘ri, ilgari bu omilga ko‘proq e’tibor berishardi. Hozirgi kunda telefonda suhbat tez va faol so‘rov o‘tkazishda katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Telefonda suhbat sanoat tovarlari bozorlarini tadqiq qilishda qulaydir. U samarali bo‘lishi uchun qisqa va aniq bo‘lishi lozim. Aks holda suhbat so‘raluvchini chalg‘itishi va u muddatdan oldin tugashi mumkin. Pochtali anketa orqali so‘rov o‘tkazishning ustunligi har qanday oila va tadbirkor bilan juda kam harakat sarflab muloqot o‘rnatish mumkinligidir. Bunda suhbat aybi bilan so‘rov natijalarini almashtirib yuborishga ham chek qo‘yiladi. Biroq, bu usulning asosiy kamchiligi pochta orqali jo‘natilgan so‘rovlarga javob kelish miqdorining pastligidir. Agar 50% javob olinsa, juda yaxshi natija hisoblanadi.
Telefon va pochtali so‘rovning kamchiliklarga egaligi sababli shaxsiy suhbat o‘tkazish eng keng tarqalgan va maqbul usul bo‘lib qolmoqda. Tajribali suhbatlardan foydalanish tadqiqotlar uchun ma’qul javoblarni olish foizini oshiradi. Suhbat o‘tkazuvchining barcha qiyin savollarni tushuntira olishi o‘rganish aniqligini oshiradi va u qo‘shimcha axborotlar yig‘ish imkoniga ham egadir. Shaxsan suhbat o‘tkazishning asosiy kamchiligi yuqori xarajatlar va tajribali suhbatlarning etishmasligidir. Biroq ko‘pgina muammolarni anketani to‘g‘ri tuzish orqali kamaytirish mumkin. Ko‘pchilik standart anketalar faqatgina savollardangina iborat bo‘lmasdan, muqobil javoblarga ham egadir. o‘ar qanday anketa to‘rt asosiy elementni talab qiladi. Birinchidan, har bir anketa nomsiz bo‘lishi mumkin emas. Shu sababli ular nom va tartib raqamiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari so‘rov suhbatdosh tomonidan o‘tkazilayotganda, suhbat vaqti, joyi va suhbatdoshning tartib raqami va uning imzosi bo‘lishi lozim. Ikkinchidan, har bir anketa so‘ralayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ro‘yxat ma’lumotlariga ega bo‘lishi lozim. Bu ma’lumotlar qisman so‘rov yordamida, qisman kuzatish yo‘li bilan olinadi va u quyidagilardan tarqib topadi: yoshi, jinsi, ijtimoiy ahvoli, oila boshlig‘ining kasbi, oilaviy ahvoli, oilaning tarkibi, ma’lumotining darajasi va xarakteri. so‘raluvchining familiyasi va manzili, ijaraga turuvchi yoki uy egasi ekanligi, ko‘chmas mulkining mavjudligi, uzoq muddat foydalanish tovarlari bilan ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar majburiy bo‘lmasa ham, foydali ma’lumotlar hisoblanadi. So‘raluvchining daromadi to‘g‘risidagi axborot muhim bo‘lsa ham, ko‘pchilik uchun shaxsiy hayotga aralashish hisoblanadi. Uchinchidan, anketa nazorat savollariga ega bo‘lishi zarur.
Bu so‘raluvchi o‘z javoblarida qanchalik uzviylikka rioya qilayotganligi va anketa yo‘riqnoma asosida to‘lg‘izilayotganligiga ishonch hosil qilish uchun zarur. To‘rtinchidan, anketa o‘rganilayotgan muammo echimi uchun zarur axborotlarni
olishga imkon berishi kerak. Yig‘ilgan ma’lumotlar tizimlashtirilgandan, umumlashtirilgandan va tahlil qilingandan so‘ng, natijalar va ularga asoslangan tavsiyalar hisobot shaklida taqdim etiladi. O‘rganishlar natijasining katta qismi ikki guruhga — firma rahbarlari va tadqiqotchi mutaxassislarga taqdim etiladi. Bu guruhlarning axborotlarga ehtiyoji va mo‘ljali turli bo‘lgani uchun ikkita alohida hisobot tayyorlanadi. Birinchisi texnik xarakterdagi hujjatlashtirilgan to‘liq hisobot, ikkinchisi birinchi hisobotdan olingan asosiy natijalar, xulosalar va tavsiyalarni qamrab olgan qisqartirilgan hisobot.
Amerika bozorni o‘rganish jamiyati o‘tkazilgan tadqiqot hisobotiga quyidagi majburiy mazmundagi talablarni ishlab chiqqan:
1. Tadqiqot maqsadi.
2. Tadqiqot kim uchun va kim tomonidan o‘tkazilgan.
3. Tadqiqot qamrab olgan bosh umumiy ob’ektni bayon qilish.
4. Tanlash hajmi va xarakteri, shuningdek qo‘llanilayotgan tanlash usulini bayon qilish.
5. Tadqiqot o‘tkazish vaqti.
6. Foydalanilgan so‘rov usuli.
7. Tadqiqot o‘tkazgan shaxslar va barcha qo‘llanilgan nazorat usullarining
adekvativ tavsifnomasi.
8. Anketa nusxasi.
9. o‘aqiqiy natijalar.
10. Foizni hisoblash uchun foydalanilgan asosiy ko‘rsatkichlar.
11. O‘tkazilgan so‘rovlarning geografik taqsimlanishi.
Bu talablarning bajarilishini ta’minlash va materiallarni mantiqiy ketma-ketlikda bayon qilish maqsadida ko‘pchilik tashkilotlar hisobotning standart shaklini tanlashgan. U quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1. Kirish. Hisobotning nomi, tadqiqot buyurtmachisi, tadqiqotni o‘tkazgan tashkilot nomi, e’lon qilish vaqti.
2. Mundarija.
3. Foydalanilgan materiallarni ko‘rsatishni va zarur hollarda minnatdorchilik bildirishni o‘z ichiga olgan kirish so‘zi.
4. Maqsadni shakllantirish. Bu bo‘limda kirish so‘zida ko‘rsatib o‘tilgan foydalanilgan materiallarni kengroq bayon etiladi. Bo‘limda, shuningdek, o‘rganilayotgan muammo umumiy ko‘rinishda bayon qilinadi, tadqiqotlar uchun asos bo‘lgan aniq gipotezlar bayon qilinadi.
5. Uslubiyot. Bu bo‘limda tadqiqot bosqichlari ketma-ketligini xarakterlash, tushunchalarni keltirish, foydalanilgan ma’lumotlar manbaini sanash, tanlash hajmi
va tarkibini keltirish, o‘rganish va tahlil qilish usullarini bayon qilish, barcha ko‘rsatkichlarni ko‘rsatish kuzatuvchi tadqiqotchi nuqtai nazaridan amalga oshiriladi.
6. Natijalar. Bu bo‘limda tadqiqotchi nuqtai nazaridan muammoga tegishli olingan ma’lumotlar bayoni keltiriladi.
7. Olingan natijalar asosida xulosalar qilinadi.
8. Xulosalarga asoslangan tavsiyalar.
9. Ilovada tanlash usuliga to‘liq tavsifnoma beriladi, nazariyot nuqtai nazaridan uning ishonchliligi isbotlanadi, anketa nusxasi va suhbat uchun yo‘riqnoma keltiriladi, to‘liq statistik jadvallar, atamalar va bibliografik ro‘yxat, ishonchlilikni isbotlash uchun o‘tkazilgan barcha testlarning to‘liq bayoni va nazariy isboti keltiriladi.
Yangi g’oyalarni generatsiya qilish uslublaridan biri "miya hujumlari" uslubi hisoblanadi. Bu uslubning asl mohiyati shundaki, g’oyani muhokama etishda ishtirok etuvchilarning har biriga o’z fikrlarini bemalol bayon etishlari uchun imkoniyat yaratiladi va har qanday fikr qanchalik g’ayri oddiy bo’lishidan qat'i nazar tanqid qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |