Uslubiy Kengash raisi ________________ Xodjiyev Sh.M.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasidagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 31.12.2020 yildagi 824-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori ilovasida "Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida” NIZOM tasdiqlandi.
Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazish bugungi ta`lim jarayonining asosiy maqsadi hisoblanib, rivojlanayotgan shaxsda erkin fikrlash, mustaqil faoliyat yurita olish qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan. Kredit-modul tizimi dunyoning ilg`or mamlakatlari oliy ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan tizimdir. Ushbu ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri o‘quv jarayonida asosiy e’tibor talabalarning mustaqil ishlashiga qaratilganligidir. Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish, o‘quv-uslubiy ta’minotini shakllantirish va takomillashtirib borish, o‘qituvchi va talaba o`rtasida o`zaro samarali aloqadorlik mexanizmini doimiy harakatini ta’minlash muhim ahamiyatga ega.
Kredit-modul tizimining joriy etilishi o‘qituvchi va talabaning hamkorlikda ishlashida muhim omil hisoblanadi. Modulli ta’limda pedagog tinglovchining o‘zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. Talaba esa yo‘naltirilgan ob’ekt tomon mustaqil harakat qiladi. Eng katta urg‘u ham talabalarning mustaqil ta’lim olishiga qaratiladi. O‘quv jarayonida mustaqil ta’lim olishning ahamiyati ortadi va bu kelajakda mutaxassislarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi hamda faolligini oshirishga olib keladi.
«Qurilish materiallari korxonalari iqtisodiyoti» fanidan talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash bo‘yicha tayyorlangan ushbu uslubiy ko‘rsatma bakalavriat bosqichi “Qurilish matеriallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish” va “Yig’ma temirbeton konstruksiyalar va buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi” yo‘nalishlaridagi talabalarning mazkur fandan mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilishda foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Mustaqil ishning o‘ziga xosligi shundaki, o‘quv faoliyatining bu qismi talabalarning mustaqil faolligi hamda tegishli professor-o‘qituvchilarning nazorati asosida tashkil etilib, o‘quv rejada semestrlar bo‘yicha belgilangan soatlar hajmiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Mazkur uslubiy ko‘rsatmada talabalar mustaqil ishlarining asosiy shakllari va ularning mazmuni, mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar, mustaqil ishni bajarish bo‘yicha maslahatlarni tashkil etish, ularni nazorat qilish va baholash tartibi bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |