O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTET
“IQTISODIYOT, BOSHQARUV, SOLIQLAR VA SUG’URTA” KAFEDRASI
“ELEKTRON TIJORAT” TA’LIM YO’NALISHI 3-KURS ЭТ-50-2 GURUXI TALABASI Xashimov Farruxrning
“INVESTITSIYA VA INNOVATSIYALAR ” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
TOSHKENT-2022
3-variant
Talaba Xashimov Farruxrning
Guruh: ЭТ 50-2
1-TOPSHIRIQ
1. Xorijiy invetitsiyalarni jalb etishga hududiy jihatdan yondoshuv deganda nima nazarda tutiladi?
Xorijiy investitsiyalarni jalb etishga hududiy jihatdan yondashuv Respublikaning har bir hududining rivojlanishini ta‘minlashga imkon beradi. Bu borada respublika hukumati tomonidan xorijiy investitsiyalarni jalb etilishini rag‘batlantirish maqsadida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun hudud va investitsiya hajmi nuqtai nazaridan imtiyozlar belgilangan.
2. Investitsiya muhitiga ta’sir qiluvchi salbiy omillarni aytib bering.
Ta‘kidlash joizki, investitsiya muhitiga ayrim qonunlarning yoki me‘yoriy hujjatlarning to‘laqonli bo‘lmasligi salbiy ta‘sir etadi. Bunday kamchiliklarning mavjudligi investorning o‘z istiqbolini belgilash, qo‘yilmaning foydalilik darajasini aniqlash borasidagi qobiliyatini kamaytiradi. Agar investor investitsiya muhitidan qoniqmasa, uning asosiy maqsadi xavf ostida qoladi, ya‘ni investitsiyalash natijasida olinishi ko‘zda tutilgan daromadning risk darajasi yuqori bo‘ladi. Albatta, bunday sharoitda u investitsiyalashni istamaydi. Bu ma‘lum omillarning ijobiy yoki salbiy ta‘siri natijasida yuzaga keladi.
3. Investitsiya jarayonida “ekspluatatsiya fazasi” deganda nimani tushunasiz?
Ishlab chiqarish obyekti qurilishining davomiylik tsikli qurilish maydonini rejalashtirishdan boshlab to uni ishga tushirishgacha (ekspluatatsiya) bo‘lgan oraliq vaqtni (davrni) ifodalaydi
4. "Investitsiya” tushunchasining mazmuni va unga berilgan turli ta’riflar.
Investitsiya tushunchasi foyda olish maqsadida qandaydir korxona, tashkilot, uzoq muddatli loyihalar va shu kabilarga kapital, pul mablag‘larini uzoq muddatga kiritishni anglatadi.
5. Investitsiyaning obyekti va subyektlari.
Investitsiyaning obyekti bo‘lib, mablag‘lar ya‘ni boyliklarni safarbar etayotgan obyektlar tushuniladi. Ular yangi korxonalar yoki amaldagi korxonalar, qimmatli qog‘ozlar, bank depozitlari bo‘lishi mumkin.
Investitsiya subyekti bo‘lib, investitsiyani amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi. Ular: xorijiy davlatlar, halqaro tashkilotalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari, turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar, mulk egasi bo‘lgan fuqorolar bo‘lishi mumkin.
2-TOPSHIRIQ
TEST
1. Ichki investitsiyalar deganda nima tushuniladi?
a) ushbu mamlakat rezidentlari tomonidan investitsiya faoliyati ob’ektlariga qo’ygan aktivlari
2. Real investitsiyaning o’ziga xosligi – bu ...
d) korxonaning asosiy faoliyati bilan bevosita bog’liqligi
3. Reinvestitsiya – bu…
b) investitsiyalash natijasida olingan foydani, investitsiya faoliyatiga qayta kiritish
4. Innovatsiya so’zining ma’nosi…
d) yangilik kiritish, yangilash
5. Qaysi davlat organi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarni ro’yxatga oladi?
c) Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
3-TOPSHIRIQ
Quyidagi keltirilgan, fanga doir atamalarga qisqacha ta’rif yozing.
1. Mamlakat to’lov balansi - bu…
Toʻlov balansi muayyan muddat davomida mamlakat chet ellarga toʻlagan va xuddi shu davr mobaynida mamlakatga chet eldan tushgan toʻlovlar summalari.
2. Akselerator– bu…
Akselerator - bu startap uchun nafaqat o'z biznes modelini yaratish va bir necha oy davomida tajribali ustozlar rahbarligi ostida sotish va boshqa sir-asrorlarni o'rganish, balki investorlar o'rtasida foydali aloqalarni o'rnatish uchun ham yaxshi imkoniyatdir. Dastur tugagach, ko'plab akseleratorlar o'zlarining loyihalari uchun demo kunlarini o'tkazadi, ularga biznes farishtalar va investitsiya fondlari taklif etiladi.
3. Moddiy investitsiyalar – bular…
Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘pchilik hollarda investitsion loyihalar doirasida amalga oshiriladi. Shuning uchun o‘z mablag‘lari bilan birga qarzga olingan mablag‘lar ham foydalanilishi mumkin.
4. Diversifikatsiya – bu…
Diversifikatsiya – muayyan to‘plam tarkibining turli-tumanligini ta‘minlash chora-tadbirlari. Diversifikatsiya darajasi turli-tumanlilik darajasi bilan belgilanadi. Diversifikatsiyalashdan muhim investitsiya kontseptsiyasi tariqasida foydalaniladi. U investitsiya portfeli daromadliligini pasaytirmagan holda uning riskini pasaytiradi. Diversifikatsiyalashdan olinadigan eng yuqori samara bir turdagi aktiv qiymatining pasayishi boshqa turdagi aktiv qiymatining o‘sishi hisobiga qoplanishini ta‘minlaydigan tarzda investitsiya portfeliga turli sinflar, tarmoqlar, mintaqalar aktivlarini qo‘shish orqali erishiladi. Ya‘ni, tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishda quyidagi diversifikatsion tamoyillarga e‘tibor qaratish ijobiy samara berishi mumkin: - tashqi iqtisodiy aloqalarni iloji boricha ko‘proq va mintaqaviy jihatdan turlicha bo‘lgan mamlakatlar bilan o‘rnatish lozim.
5. Noratsional investor – bu…
esa oldindan rejalashtirilmagan, lahzalik xohish, kayfiyatning o`zgarishi kabi omillar ta′sirida to`satdan paydo bo`ladi va u iste′molchining odatdagi turmush tarziga mos kelmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |