Marketing faoliyatini rejalashtirish tovarlarga bo`lgan ehtiyojni, barcha mavjud moddiy


Bozorni kompleks o`rganish va marketing izlanishlarini tashkil etish



Download 32,21 Kb.
bet2/2
Sana26.07.2021
Hajmi32,21 Kb.
#129451
1   2
Bog'liq
3 ai

2. Bozorni kompleks o`rganish va marketing izlanishlarini tashkil etish 

 

Marketing tadqiqotlar-bu tovar va xizmatlarni ayriboshlash va ishlab chiqaruvchining 

sotish bilan bog`liq barcha ma`lumoti va muammolarning maqsadli to`plamini tahlil qilishdir. 

Marketing tadqiqotlari muayyan tovar bozorining mavjudligi va uni egallash hamda 

mustahkamlanib qolish kabi savollarga ko`proq amaliy javob beradi.(A. Xosking). Marketing 

tadqiqotini o`tkazish quyidagi turtibda amalga oshiriladi: 

-masalaning qo`yilishi va firma oldida turgan muammolarni aniqlash; 

-tadqiqot maqsadlarini aniqlash va xarajatlarning qiymatini baholash; 

- axborot to`plash va uni turkumlash; 

-dastlab berilgan, so`ng hisoblanganlarni tahlil qilish; 

-tavsiyanomalarni ishlab chiqish. 

Marketing tadqiqotlarining asosiy yo`nalishlari-bozorni o`rganish va marketing 

majmuasining asosiy elementlarini, tovarni, tovar narxini, tovar xarajatini va sotishni 

rag`batlantirish natijalarini tahlil qilish. Marketing tadqiqotlari natijasida olingan axborot 

tadbirkorlar uchun xo`jalik strategiyasini ishlab chiqshda va amalga oshirilishida muhim 

ahamiyatga ega. Hozirgi zamon bozorida muvaffaqiyatga erishish, ilmiy texnika natijasida 

firmaning ishlab chiqarish, moliyaviy va texnologik saloxiyati bilan emas, balki marketing 

tadqiqotlari o`tkazishdagi faollik, tashabbuskorlik va tajribasi bilan aniqlanadi degan fikr- 

muloxazalar xukm surmokda. Buni tasdiklovchi haqikat shuki, keyingi 10- 15 yilda marketing 

tadqiqotlari zamonaviy biznesning katta mustaqil sohasiga aylanib ketdi. Ma`lumotlarga ko`ra 

50 foizdan ko`p amerikalik, 86 foiz evropalik va 60 foiz Yaponiya biznesmenlari, firma va 

kompaniyanlari marketing tadqiqotlari o`z kuchlari bilan olib boradilar. Qolganlarga esa 

maxsus tadqiqot muassasalariga murojaat qilishadi. Hozir marketing tadqiqotlari bilan juda 

ko`p ilmiy - tekshirish byurolari, firmalari, agentliklari, universitetlari, davlat muassasalari 

shugullanmokda. Masalan, G`arbiy Germaniyada 120 dan ko`proq 3 ming kishilik ilmiy 

xodimlari bo`lgan tashkilotlar marketing tadqiqoti olib bormokda. Frantsiyada bunday 

 

51  



muassasalar 100, Angliyada 200, AQSh da 800 dan ko`proq bo`lib, bir yilda 1 milliard dollar 

atrofida mablag` aylantiradi. 

Marketing tadqiqotlariga bunday qizikishning asl ma`nosi - bozorda raqobat shaklining 

o`zgarib borishi va aholi talabiga fan-texnika yutuklarning katta ta`sir o`tkazishidir. “Baholar 

urushi” deb atalgan 30- 60-yillardagi raqobat uslublari o`rnini mahsulotning tayyorlanish sifati, 

assortimentining tez o`zgarishi, sotishdan keyingi servis va texnika xizmat ko`rsatishlar 

egallamoqda. 

Bozorni segmentlarga ajratish - uning iste`molchilarini maxsus guruhlash demakdir. 

Marketing amaliyotida bozorni segmentlarga bo`lishda uch xil yondashish ishlab 

chikilgan. 

Birinchi-ommaviy bozor. Korxona unga kirishda, keng xaridorlar ommasiga qaratilgan 

bir xil marketing dasturlariga ega bo`ladi. 

Ikkinchidan-segmentlashgan bozor. Korxona unda, asosiy e`tiborini alohida belgilariga 

ega bo`lgan bir xil segmentlarga qaratadi. Ana shu segment uchun maxsus dastur ishlatiladi. 

Uchinchi- ko`pchilik ko`rsatkichlari bilan tabaqalashgan bozor. Bunda o`z xususiyatlari 

bilan farqlanadigan bir yoki ikki xil segmentga alohida ishlab chiqiladi. Bozor segmentlari 

doimiy emas. Har doim korxona o`zining imkonyatlari va maqsadlariga mos holda bozorni 

quyidagi segmentlarga bo`lish mumkin. Masalan, iste`mol tovarlari bozorida quyidagi 

segmentlar mavjud: 

-xaridorlar segmentlari (iste`molchilar, ularning talablari, hatti-harakatlari va boshqa 

belgilar); 

-tovarlar segmentlari (ommaviy va arzon, qiymat va maxsus kundalik, yangi va 

xokazo); 

-savdo segmentlari (tovar harakati, sotish usullari va boshqalar); 

- geografik segmentlar (iqtisodiy rivojlanish daradjasi bo`yicha tuman, shahar, 

viloyatlar) aholi soniga va joylashishiga qarab bo`linadi. 

Amaliyotda albatta bozorni yuqoridagi va boshqa belgilariga qarab segmentlanadi. 

Ammo, hamma vaktda, segmentlar orasida tafovut ajralib turishi, aksincha xaridorlarda esa 

o`xshashlik bo`lishi shart. Korxona o`zi tanlagan segmentlari xususiyatlarini va talablarini 

o`lchay olishi va ularga chiqish yo`llarini egallashi lozim. Segmentlar keraklicha keng hajmli 

va kelajagi porloq bo`lishi kerak. 

Iste`molchilar sifatida, bozorda ishlab chiqaruvchilar, ulgurji va chakana savdo, davlat 

va boshqa notijorat muassasalari katnashishlari mumkin. Iste`molchilarning asosiylari-tovarlar 

va xizmatlarning shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarini kondirish uchun xarid qiluvchi kishilardir. 

Marketingda tadqiqotlar o`tkazish va segmentlashning asosiy maqsadi ana shu 

iste`molchilarning bozordagi hatti-harakatlarini chuqur o`rganib, ularning obrazini (modelini) 

yaratish va kelajakdagi ehtiyoj (talab) larini tasavvur qilishdan iborat. 

Marketing kontseptsiyasi (tamoyili) ga asosan, har kanday korxona, bozorda 

muvaffakayatga erishish uchun eng avvalo ista`molchilar tilak-istaklarini nazarda tutish kerak. 

Bu esa iste`mol jarayonini, aholi ehtiyoji va talabini bilish va ularga mos tushadigan tovarlar va 

xizmatlar taklif etishini taqozo qiladi. 

Marketing nazariyasi va amaliyoti iste`molchilar talablarini o`rganishda, ularning 

ijtimoiy- iqtisodiy va demografik tavsiflariga ko`ra (daromad, yashash joyi va sharoiti, oila 

tarkibi, jinsi, yoshi, mashguloti va boshqalar) darajalab turlarga bo`lish uslubini ishlab chiqqan. 

Shu bilan birga iste`molchilar xatti-harakatini psixografika asosida tahlil qilinishi (qiziqishlari-

xobbi, yangiliklarga progressiv va konservativ qarashlari, hayotiy mujizalar to`g`risidagi 

fikrlari va boshqalar) orqali, ularni emperik turlarga ajratish keng rivojlanmoqda. Natijada 

iste`molchilar, ijtimoiy- iqtisodiy va demografik o`xshashlariga qarab “Modani quruvchilar”, 

“dasturchilar”, “nafosatshunoslar”, “texnikasevarlar” va boshqalarga bo`linadi. 

Bozorlarni segmentlashda uslubiy va axborot to`plash hamda  turlarga bo`lish asosi 

bo`lib PANeLLI o`rganish hisoblanadi. Iste`molchilar panelli- oldindan tayyorlangan dastur 

 

52  


asosida doimo ko`zatib boriladigan tanlama iste`molchilar guruhi (oilalar) yoki qishloq, 

mahalla, ovul, tuman va shahar bo`lishi mumkin. 

Iqtisodiyoti rivojlangan mamlkatlarda iste`molchilarning madaniy saviyasi yuqorilashib 

borgan sari, ularning o`z huquqlarini bozorda himoya qilishlari uchun kurash ham kuchayib 

bormokda. “Kons`merizm”- deb ataluvchi ana shunday ittifoqlar 60- yillarda vujudga keldi. 

Ular bozorda paydo bo`lib qolayotgan, tekshirilmagan dorilar, sabzavot, poliz ekinlari va 

hokazolarga karshi kurashmokdalar. Hozir iste`molchilar huquqini himoyalash ko`rashi keng 

rivojlangan. Ularning talablari bilan iste`molchilarga atalgan jurnallar, reklama, maslahatlar, 

tovarlarni ekspertiza qilish va sifatsiz mahsulot ishlab chiqaruvchilarni javobgar qilishgacha 

bo`lgan tadbirlar amalga oshirilmokda. 

Ana shu harakat katnashchilari talabi va ta`siri natijasida 1985 yilda Birlashgan 

Millatlar Tashkiloti Assambleyasi “Iste`molchilarni himoya qilishga oid quyidagi raxbarlik 

talablarini” ishlab chikdilar: 

 

zararli tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga milliy va xalqaro  mikiyosda qarshi 



kurashishda mamlakatlarga yordam berish; 

 

iste`molchilarga bozorda past narxlar bilan ko`p miqdorda tovar taklif etish 



sharoitlari yaratilishini rag`batlantirish; 

 

tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilar orasida iste`molchilarga yuqori darajada 



estetik (nafosatli) munosabatda bo`luvchilarni alohida siylash. 

 

Bu talablar iste`molchilar salomatligini vva havfsizligini himoya qilishga qaratilgan. 



Hozir istemolchilar Ittifoqining xalqaro tashkiloti mavjud. Unga 70 davlat a`zo bo`lgan. 

 

O`zbekistonda ham iste`molchilar huquqini himoya qilish bo`yicha qonun loyihasi ishlab 



chiqildi va muhokamaga qo`yildi.     

Marketing tashkil etish deganda uning vazifalarini bajaruvchi tarkibiy bo`linmalarining 

tuzilishi va ularning o`zaro mas`uliyatlarini hamda bog`liqliklarini ifodalovchi tizimni yaratish 

tushuniladi. Bunday tizim oddiy firmadan tortib bozorda ishtirok etayotgan barcha sub`ektlar, 

davlat yoki nodavlat, tijorat yoki notijorat, tuman, shahar, viloyat va respublika mikesida faoliyat 

ko`rsatayotgan muassasa va tashkilotlarda tuzilgan marketing xizmatlarini o`z ichiga oladi. 

 

Marketing xizmati vazifalari uning o`ziga xos tamoyillari asosida kelib chiqadi. Bunga 



quyidagilar kiradi: korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va bozor haqidagi axborotlarni 

to`plash va tahlil qilish, korxonaning mahsulot ishlab chiqarish savdo va xo`jalik faoliyatini 

reklama qilish, moliyaviy va boshqa jihatlari bo`yicha manfaatlarga mos karor qabul qilish 

uchun zarur hisob-kitob ko`rsatkichlarini tayyorlash; talab shakllanishini faollashtirish va 

sotishni tezlashtirish.  

 

Marketing xizmati korxonalarda iktsodiy ahvol o`zgarib borayotgan bozordagi 



iste`molchilarning talabi bilan korxona ishlab chiqarishi savdo va xo`jalik faoliyati 

munosabatlarini muvofiqlashtirish uchun tashkil qilinadi. 

 

Marketing xizmati  bu bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida korxona boshqaruvi uchun 



etishmay turgan shunday bir faoliyati turiki, u ishlab chiqarish moliya, savdo, xo`jalik, 

texnologik kadrlar masalasi va boshqa sohalarda bozor zaxiralarini kondirish va foyda olishga 

asoslangan yo`nalishlar jarayonini yaratadi. 

 

Bozor sharoitida xaridorga bo`lgan e`tibor katta ahamiyatga ega bo`lib, marketingning 



ustunlaridan biri hisoblanadi. Marketing faoliyati murakkab jarayondir. 

 

Korxona (firma, birlashma, va x.k.lar) bozorda o`z urnini egallab, uni mustaxkamlashga, 



mahsulotining raqobatbardosh va haridogir bulishini hamda olaetgan daromadining xajmi 

oshishini maqsad qilib kuygan bo`lsa, marketing faoliyati doim to`g`ri va sifatli olib borilishi 

lozim. 

 

Korxonada marketingning asosiy maqsadi Berilgan vakt chegarasida va faoliyati 



mablag`lar bilan ta`minlanishi doirasida rentabellikni ta`minlash va belgilangan xo`jalik 

hisobidagi foydani olishdan iborat. 

 Marketingni tashkil etishda ikki jihat muhim: maqsadlar va marketing xizmati makomi 

e`tiborga olinadi. 

 

53  



Maqsadni tanlash. Ko`pgina rahbarlar hozirgi paytda o`z korxonalarining asosiy maqsadi 

sifatida eng yuqori foyda olishni ko`rsatadilar. Lyokin bu tanlov unchalik maqbul emas. Aytalik, 

agar korxona uzoq kelajakni ko`zlab ish yuritayotgan bo`lsa (marketing faoliyati aynan 

mablag`ni ITKIga, asosiy sarmoyaga, ishlab chiqarish tayyorligiga va kadrlar malakasini 

oshirishga sarflashi kerak. Bu tadbirlarning hammasi ishlab chiqarish xarajatlarini ko`paytiradi 

va foydaning kamayishiga olib keladi. Katta foyda olish haqida ham, yaqin kelajakda foydani 

ko`paytirish haqida ham hamisha gapiravermaslik kerak. Masalan, agar korxona yangi bozorga 

kirib bormokchi bo`lsa, avval boshda xech kanday foyda olmasligi, aksincha, ko`pincha xatto 

zarariga ishlashi mumkin. bundan tashkari, ko`pgina mamlakatlarda qabul qilingan foydaga 

karab soliqning ortib borishi korxonaga rejalab kuyilganidan ortikcha foyda olish maqbul 

emasligini isbotlaydi. Yaponiyadagi mashxur “Matsusita Denki” firmasining asoschisi Konosuke 

Matsusitaning fikricha, faqat unchalik yuqori emas, unchalik kam ham emas, balki okilona 

mikdorda foyda olgandagina korxona o`z faoliyatini kengaytirishi mumkin. 

Marketing tashkil etishga kirishgan korxonaning maqsadlari kanday bulishi kerak? 

Marketingning tan olingan peshkadamlari bulmish yaponlar tajribasidan kelib chikadigan 

bo`lsak, asosiy maqsadlar (afzalligi tartibiga karab) quyidagilardan iborat: 

-sotish xajmi 

-o`sish sar`atlari (sotuv yoki foyda xajmi); 

-bozordagi xissasi; 

-rejadangan foyda, bu foydaning xajmi, foydaning sotuv xajmiga nisbati, barcha 

sarmoyaga foyda me`yori, foydaning hissadorlik sarmoyasiga nisbati va boshqalarda aks etishi 

mumkin; 

-sarmoyaning tarkibi, ya`ni faollarning umumiy summasiga yordam shaklidagi 

sarmoyaning nisbati (bu Yaponiyada taxminan 20% ga teng). 

Bu ruyxatni boshqa turlicha maqsadlar bilan ham tuldirish mumkin. Masalan, mahsulot 

sifatini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va shu kabilar. 

Maqsadlarni ishlab chikishda ular korxona xodimlarining niyyatlarini aks ettirishi 

zarurligiga aloxida e`tibor berish kerak. Aks holda ishlovchilarning ishlab chiqarish jarayonidan 

“ichki o`zilish” ruy beradi. Har bir yapon ishchisi o`zi ishlaytgan firmaning vazifalarini osongina 

aytib bera oladi, chunki bu vazifalarning bajarilishidan u nixoyatda manfaatdor. 

Shuni anglash mumkinki. Korxonada marketingning chinakamiga joriy kilinishi uchun 

unda tegishli xizmatni tuzishning o`zi etarli emas. 

Marketing bulimi dikkat markaziga mahsulotning pirovard iste`molchilari bilan bog`liq 

barcha muammolar tushadi. Bu paytda boshqa bulinmalar o`z e`tiborini turli jo`z`iy vazifalarga 

karatgan bo`ladi. shuning uchun ham marketing bulimi buiun faoliyatni muvofiqlashtirib 

turishini tan olish mutlako tabiiydir. U ishlab chikraish jarayonida etakchi bulishi uchun uning 

makomini boshqa bulinmalar ichida eng yuqori qilib belgilash lozim.    

Korxona (firma, birlashma va hokazolar) bozorda o`z urnini egallab, uni 

mustaxkamlashga, mahsulotning raqobatbardosh va xaridorgir bulishini hamda olayotgan 

daromadining xajmi oshishini maqsad qilib kuygan bo`lsa, marketing faoliyati doim to`g`ri va 

sifatli olib borilishi lozim. 

 

QISQAChA    XULOSALAR 



 

 

 



Marketing- muhtojlik va ehtiyojni ayirboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson 

faoliyatining turidir. 

 

Marketing firmani uzoq muddatli, yuqori darajani foyda olishi niyatida faqat 



iste`molchiga qaratilgan maqsadli ishlab chiqarish va sotish faoliyati hisoblanadi. 

 

Bozorni o`rganish, bilish va ishlab chiqarishni boshqarish bugungi kunga kelib, har bir 



tadbirkorning eng asosiy vazifalardan biri bo`lib qolmoqda. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga 

o`tishi munosabati bilan tadbirkorlikka keng yo`l ochib berilganligi, yurtimizda faoliyat 

 

54  



kursataetgan ko`plab firma va korxonalar uchun, ishlab chiqarishni boshqarish, mahsulotni 

sotish yullarini, maqsad va vazifalarini marketing asosida tashkil etishi uchun sharoitlar yaratildi. 

 

Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri, bu ishlab chiqarishning ko`lami 



va hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turlarining ko`payishi va 

tadbirkorlar o`rtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir. 

 

 

 



NAZORAT VA MULOHAZA SAVOLLARI: 

 

1. 



 

Marketing tushunchasini mazmuni nimadan iborat? 

2. 

 

Marketing tushunchasini tadbirkorlik tushunchasi bilan bog`liqligi va farqi nimadan iborat? 



3. 

 

Marketingni maqsadi nimadan iborat? 



4. 

 

Marketingning asosiy tamoyillarini mazmunini aytib bering. 



5. 

 

Korxonalarda marketing faoliyati qanday tashkil etiladi? 



6. 

 

Marketing tadqiqotlari qanday tashkil etiladi? 



 
Download 32,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish