O’qituvchi (ishlab chiqarish ta’limi ustasi ): G. Yodgorova
2021 yil
KIRISH
O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” ta'lim-tarbiya, shu jumladan maxsus ta'lim-tarbiya oldiga bir qator vazifalarni qo'ydi. Milliy istiqlol g'oyalari va tamoyillariga asoslangan holda jamiyatimizning mustaqillik yillarida orttirilgan taraqqiyot tajribasi tahlil qilinganida, ijtimoiy hayotning muhim tarkibiy qismi sifatida barcha sohalarda ta'lim-tarbiya va uning mazmuni tubdan o'zgardi. O'zgarishlarning genezisi ta'lim sohasida davlat siyosatining huquqiy va metodologik asoslarini yaratib berishdan boshlanadi.
Bulardan eng muhimlari –ta'limning yangi tizimiga qo'yilgan hozirgi davr talablaridan kelib chiqqan holda mahsus pedagogika fanini yanada taraqqiy ettirish, rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni jamiyatning faol a'zolariga aylantirish hamda maxsus ta'lim sohasida yetuk mutahassislar tayyorlashdan iborat.
Mazkur dastur Pedagogika kollejining “Maktabgacha ta`lim” yo`nalishidagi “Ixtisoslashtirilgan bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi” ixtisosligi bo'yicha bilim oluvchi o`quvchilar uchun tuzildi.
Fan dasturi 60 soatga mo'ljallangan bo'lib, bunda “Defektologiya asoslari” fanining eng asosiy bo`limlari qamrab olingan.
Ushbu dasturda bolalarda ruhiy va jismoniy rivojlanishida kuzatiladigan kamchiliklarning turlari, kelib chiqish sabablari, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarning xususiyatlari, ularni rivojlantirish, korreksiyalash usullari va vositalari yoritib berildi.
Fanni o’qitishdan maqsad – o’quvchilarda maktabgacha yoshadgi ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun maxsus muassasalarda korreksion ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari hamda usullari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
“Defektologiya asoslari” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan ishlar doirasida o’quvchilar:
- maktabgacha ta'lim yoshidagi rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni rivojlantirish va ulardagi nuqsonni korreksiyalash jarayonida maxsus ta’lim-tarbiyaning rolini anglab yetishi, rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun maxsus muassasalar tizimining ishi haqida tushunchaga ega bo’lishi, korreksion-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish, tahlil etish va baholash to’g’risidagi bilimga ega bo’lishi, maxsus va umumta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya berish usullarini to’g’ri ta’riflab bera olishi kerak;
- rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar nuqsonlarini tasniflash, maxsus adabiyotlarni tahlil etish, bolalardagi kamchiliklarni korreksiyalash,o’qitish va tarbiyalash uchun didaktik materiallarni tanlash va ulardan to’g’ri foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
- korreksion pedagogik jarayonni nazariy-amaliy tahlil etish, ta’limni tashkil etish shakllari, usullarini amalda samarali qo’llash, ota-onalar bilan ishlash, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar ta’lim-tarbiya nazariyasini amalda qo’llash malakalariga ega bo’lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |