MARKETING DASTURI
Reja
Marketing dasturi
Marketing dasturini ishlab chikarish
Maqsadli dastur yondoshishi – marketing dasturi
Tor maʼnoda marketing dasturi (biznes reja) xujjat bulib, korxonaning bozorda anik faoliyat kursatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengrok maʼnoda esa korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yunaltirilgan taxlil, rejalashtirish va nazorat kilish jarayoni deb karaladi. Marketing dasturlari kiska muddatli(bir yilgacha), urta muddatli (5 yilgacha) va uzok muddatli (10 yilgacha va undan kuprok) buladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga muljallangan bulishi mumkin.
Marketing dasturi bu korxonani umumxujalik faoliyatini direktiv rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yukori boshkarish bugini uchun karor kabul kilishni asosidir. Marketing dasturini asosiy mazmuni - bu korxonani utgan davrdagi faoliyat natijalari bulib, unda maksadli bozorni rivojlanishini kiska taxlili va bashorati, firmani rivojlanishini asosiy maksadi, bozordagi xulk-atvorini strategik yuli, tovar, narx, sotish va ragbatlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini, marketing tadkikotlarini mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing xarakatlari samaradorligini oldindan baxolash, marketing dasturini amalga oshirish buyicha nazorat chora-tadbirlari va xarakatlari beriladi.
Marketing dasturi marketing kompleksi tadkikotlari va firmani uz imkoniyatlarini baxolash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega bulsada, kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur boskich sifatida kuriladi. Firmalar faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyani yukori boshkaruv bugini ( joriy rejalashtirish , direktiv rejalar, strategik dasturlar, strategiyani tanlash) darajasida asoslanib boshkaruv karorlarini kabul kilish uchun zarurdir.
Marketing dasturini strategik yunalishi bozordagi mavkesidan va korxonani uz xolatini bogligiga karab uz ichiga turli variantlarni oladi.
Strategiyalar diversifikatsiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentatsiyalash, xujum va ximoya strategiyalari bulishi mumkin.
Marketing dasturini ishlab chikarishda kup variantlilik tamoyillari ishlatiladi. Xizmatni tuzilishiga binoan marketing dasturini va rejasini bir necha varinatlari: ikki yoki uch, yaʼni minimal, optimal va maksimal turlari buladi. Dasturni minimal varianti, dasturni ogir (yomon) sharoitlarda rivojlantirishni, maksimal variantida esa yaxshi sharoitlarni rivojlantirishni kuzda tutadi. Masalan, Yaponiya firmalari marketing dasturi va rejasini minimal variantini nazarda tutib, uni amalga oshirishda xakikiy muvaffakiyatga iktisodiy va ijtimoiy xamda psixologik samarani olishni maksad kilib erishadi. Shuningdek dasturni urtacha yoki optimal variantlari keng tarkalgan.
Firma turli marketing dasturlarini ishlab chikadi, yunalishiga karab markekting dasturi yukori va pastki bugin uchun bulishi mumkin. Agar dastur yukori bugin uchun bulsa, u kiska va lunda tuzilgan bulishi lozim. Chunki unda muxim tomonlari ajratib kursatiladi Pastki bugin uchun tuzilgan dasturlarda esa xar bir savollar yoritilib beriladi.
Muddatiga karab marketing dasturlari kiska, urta va uzok muddatli turlarga bulinadi. Ayrim firmalar esa iki yoklama dastur tuzadilar, yaʼni uzok muddatli va kiska muddatli dasturlar.
Kamrab olayoigan vazifasiga karab oddiy yoki maksadli dasturlarga bulinadi.
Oddiy marketing dasturlari firmani ishlab chikarish, sotish faoliyati bilan barcha funksiyalarni savollarini yechishga yunaltiriladi. Maksadli dasturda esa yangi maxsulot ishlab chikarish yoki segmentni uzlashtirish, firma siyosatini ragbatlantirish samaradorligini oshirish kabi muxim vazifalarni amalga oshirishga karatiladi.
Obyektiga bogligiga karab marketing dasturlari maxsulotlar buyicha va ishlab chikarish bulimi buyicha bulishi mumkin.
1. Ishlab chikarish bulimi buyicha marketing dasturi kuyidagi maksadga ega:
tovarlar siyosatini xisobga olgan xolda chikarilayotgan maxsulotni zaruriy nomenklaturasini aniklash;
innovatsiya buyicha karorni asoslash;
chikarilayotgan maxsulot sifati va texnik darajasini oshirish buyicha karor kabul kilish;
tovar ishlab chikarish tuzilishida xar bir maxsulot ulushini urnatish;
ishlab chikarishni ustivor yunalishlari buyicha xarajatlarni umumiy xajmi va ularni tuzilishini xisoblash;
moliyalashtirish manbalarini topish;
ishlab chikarishni moddiy va mexnat resurslari bilan taʼminlash;
ishlab chikarish va muomala xarajatlarini xisoblash;
ishlab chikarish samaradorligini aniklash va foydani bashorat kilish.
Ishlab chikarish bulimi buyicha marketing dasturi firmaning tulik ichki rejalashtirish va ishlab chikarish rejasini xisobga oluvchi optimallashtirilgan kursatkichlarni uz ichiga olishi lozim. Shunday kilib, ishlab chikarish buyicha marketing dasturi ishlab chikarish bulimining xujalik faoliyatini jaʼmi kursatkichlari tuplamini taxlili asosida ishlab chikilgan asosiy xujjat xisoblanadi.
2. Maxsulot buyicha marketing kuyidagi maksadlarga ega:
maxsulotni optimal texnik-iktisodiy kursatkichlarini ishlab chikish;
maxsulotni ishlab chikish va sotish samaradorligini kup variantli xisob-kitobini utkazish;
yangi (takomillashgan) tovar ishlab chikarish rentabelligini va zarurligini asoslash;
chikarilayotgan maxsulot xajmini natural va kiymat birligida belgilash;
isteʼmolchilarni maksadli bozorda kuzlagan maksadlarini xisobga olgan xolda xar bir tovar buyicha sifat kursatkichlarini urnatish;
xar bir maxsulotni integral baxolash (xarajatlari, narx va foydani solishtirish);
maksadli bozorda rakiblarning mavjud uxshash tovarlarini xisobga olgan xolda xar bir tovar buyicha rakobatbardoshlik darajasini xisoblash.
Do'stlaringiz bilan baham: |