7
bog„liq bo„lib, bu esa «Marketing» fanining hozirgi davrda dolzarbligidan
dalolat beradi.
Marketingning ta‟rifi turlicha bo„lib, ulardan ko„pchiligi
marketing-
xaridorlarning aniq guruhlari ehtiyojlarini qondirish, bozor muammolarini
yechishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash yordamida
qondirishga qaratilgan faoliyat turi ekanligini ifodalaydi, shuningdek,
boshqa bir qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, marketing
haqidagi barcha ta‟riflar mazmuni, umuman olganda, xaridor va iste‟mol
sohasini
yaxlit
tadqiq
qilishga borib taqaladi. Bu esa, bozor
iqtisodiyotidagi
raqobat kurashi sharoitida, korxona ishi sifati bo„yicha o„z
raqobatchilariga
nisbatan,
iste‟molchilarning
ehtiyojini
qondirishga
yo„naltirilgan faoliyatda, doimo ustunlikka erishishni taqozo etadi.
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni
faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish
muammolarini yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga
keladigan o„zgarishlarga tezkorlikda moslashish, iste‟molchilarga tabaqali
yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni
ishlab chiqarishni tashkil etish, konyunkturani o„rganish
va bashorat qilish
hamda ta‟sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o„rganishni o„z
oldiga maqsad qilib qo„ygan. «Marketing» fani korxonalar (firmalar)ni
bozorda iqtisodiy maqsadlarga erishish quroli (ya‟ni, foyda oladigan
bozorlar hissasiga erishish) sifatida qarashga alohida e‟tibor beradi.
Mamlakatimizda marketing haqidagi dastlabki maqolalar o„tgan
asrning oltmishinchi yillari o„rtalarida paydo bo„ldi. To„g„ri, u paytdagi
barcha maqolalar tanqidiy ruhda yozilgan edi. Lekin marketingni fan
tariqasida o„rganish XX-asrning saksoninchi yillari oxirida boshlandi.
Bozor hamda tovar-pul munosabatlari asta-sekin rivojlanishi, ayniqsa, oliy
ta‟lim muassasalarining professor-o„qituvchilaridan bu yo„nalishda faol
harakat qilishni talab etdi. Shu sababli, iqtisodiyot yo„nalishlari uchun
mutaxassisliklar tayyorlaydigan oliy o„quv yurtlari birinchilar qatorida
«Marketing» fanini o„rganishga kirishdilar.
«Marketing»ni o„rganish hamda o„qitish imkoniyatlarini ko„rib chiqish
bilanoq, biz bir qancha muammolarga duch kelamiz. Jumladan,
«Marketing» fani rivojlangan mamlakatlarda qay darajada o„rganilayotgan
bo„lsa, shunday qabul qilishga urinib ko„ramiz. Tabiiyki u holda,
biz turli
to„siqlarga duch kelamiz. Darhaqiqat, iqtisodiyotimiz, salohiyatimiz
hamda sharoitlarimiz hali marketingni u darajada qabul qila olmaydi.
Chunki, O„zbekistonda bozor munosabatlari so„nggi davrlarda rivojlana
8
boshladi. Shuning uchun ham biz «Marketing» fani rivojlanishining
boshlang„ich bosqichlariga ko„proq e‟tibor qaratib, uning shunday
bosqichlarini topishimiz kerakki, ular mamlakatimiz iqtisodiy faoliyati
darjasiga ko„proq javob bersin.
Yurtdoshlarimiz, shu jumladan, ko„pgina mutaxassislar marketingdan
faqat bozor tovarlarga mo„l-ko„l bo„lgandagina
unumli foydalanish
mumkin, deb hisoblaydilar. Tabiiyki u, bozor normal sharoitda bo„lganda
samaralidir. Lekin, «Marketing» fanining bozor munosabatlari endigina
rivojlanayotgan paytdagi ahamiyati juda katta.
Iqtisodiyot, biznes va tijorat sohasi bo„yicha tayyorlanayotgan
mutaxassisliklar uchun «Marketing» - bozor faoliyatining uslubiy
asoslarini o„rgatadigan asosiy fan. Marketing, avvalo, uni o„rganuvchilarni
bozor faoliyati tizimi sifatida jalb etadi. U korxonalarning bozordagi
harakati va holatini o„rganadi. Marketing - faol assortiment siyosatini,
narx, oldi-sotdi, reklama, iste‟molchilarni o„rganish, tomonlar bilan
munosabatlarga kirishish, tijorat tavakkalchiligi
va raqobatchilarni
o„rganadigan fandir.
«Marketing» fani shu bilan bir qatorda iste‟molchi xulqini
modellashtirish,
tovar
sifatini,
uning
raqobatbardoshligini,
rag„batlantirishni, reklama va bozorni chuqur o„rganadi.
«Marketing» fani bozorning xo„jalik faoliyati sohasi, tashqi muhiti,
ya‟ni ularni u yerda namoyon bo„lib, harakat qiladigan joyi sifatida
ko„radi. Shu tufayli barchamiz bozorni xo„jalik faoliyatimizning hal
qiluvchi sohasi sifatida qabul qilib, u yerda harakat qila olish qobiliyatiga
ega bo„lishimiz kerak.
Shuni qayd etish lozimki, «Marketing» bo„yicha xorijiy tajribani
korxonalarimiz va tashkilotlarimiz amaliyotiga to„g„ridan-to„g„ri tatbiq
etish biroz cheklangan. Korxonalarimizda marketing funksiyalarini to„liq,
ya‟ni korxonalarimiz va rivojlangan xorijiy mamlakatlar
firmalari faoliyati
o„rtasidagi farqlar bo„yicha tatbiq etish mumkin emas, balki bu boradagi
masalaga iqtisodiyotimizning o„ziga xos xususiyatlari, mahalliy shar-
sharoitlarni hisobga olgan holda yondashish zarur.
Mazkur darslik “Marketing” fanining o„quv dasturi asosida yozildi.
Undagi nazariy xulosalarni bevosita amaliyot bilan bog„liq holda
yoritishga harakat qilindi. «Marketing» fani keng qirrali oliy ma‟lumotli
zamonaviy
raqobatbardosh
iqtisodchilarni
shakllantiradigan
asosiy
mutaxassislik fanlaridan biri hisoblanadi. Marketingning bosh vazifasi
iste‟molchilarning talab-istaklariga mos holda marketingning asosiy uslub
va tamoyillarini o„rgatishdan iborat.