54
4-bob. MARKETINGNING TARKIBIY TUZILISHI VA UNI
BOSHQARISHNI TASHKIL ETISH
4.1. Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketingi
Marketing tizimi - bu qo„yilgan maqsadlarga erishish va maqsadli
bozor talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir.
Tarkib o„zida to„rtta asosiy qism – mahsulot yoki xizmat, narx, taqsimot
va siljitishlarni birlashtiradi.
Tovar va xizmatlarni olganda bozorga
nima tavsiya etilishi sifat
darajasi, sotish hajmi, kompaniyaning innovatsion darajasi, o„lchovning
holati, alohida shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud
mahsulotni sotishni to„xtatish paytini aniqlab olish kerak.
Marketing
tizimi
ijtimoiy-iqtisodiy
elementlar,
subyektlar
yig„indisidan iboratdir. Marketing tizimi o„z tarkibiga turli elementlarni
qamrab oladi:
ta‟minotchilar;
raqobatchilar;
vositachilar;
iste‟molchilar (bozor);
firma (kompaniya).
Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq o„rab
turgan
muhit ta‟sirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy,
madaniy, demografik va ekologik omillar kiradi.
Ta‟minotchilar – alohida olingan tashkilot, uyushma, shaxslar
yig„indisidan tarkib topib,
firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot
resurslari bilan ta‟minlaydi.
Raqobatchilar – istak bo„yicha, safdosh tovar bo„yicha, tovar turi
bo„yicha, tovar markasi bo„yicha turkumlanadi.
Marketing bo„yicha vositachilar – tashkilot uchun uning tovarlarini
mijozlarga
yetkazish,
sotish,
aloqa
o„rnatish bo„yicha yordam
ko„rsatuvchilardir.
Vositachilar – savdo,
logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga
bo„linadi.
Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir.
Logistika vositachilari – ombor tizimi xizmatlarida tovar va oqim
holatlarini transportirovka qilish bilan shug„ullanish.
Moliyaviy vositachilar – bank, kredit, sug„urta va boshqa moliyaviy
xizmatlarni amalga oshiradi.
55
Iste‟molchilar – firmalar, alohida jismoniy
shaxslar yoki ularni
potensial guruhi bo„lib, ular bozorda mavjud bo„lgan tovar va xizmatlarni
olishga tayyor.
Iste‟molchi – bozor qiroli, marketing vazifasi doimo iste‟molchining
xulq-atvorini o„rganish, uning ehtiyojini firma mahsulotiga bo„lgan
munosabatini o„rganish, tahlil qilishdan iborat.
Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga o„zaro ta‟sir
o„tkazib, dialektik bog„liqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi
texnologik jarayonlarni egallashga, yangi mahsulotlar
ishlab chiqarishga
faqat bozordagi munosabatlar sabab bo„ladi.
Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi,
maqsadga erishishda muvaffaqiyatni ta‟minlovchi barcha omillarning
o„zaro aloqasidir.
Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida g„oyasi serqirradir. Uning
tarkibi yoki faoliyat sohalarida quyidagicha:
- ishlab chiqarish vositalari marketingi;
- iste‟mol tovarlari marketingi,
- xizmat ko„rsatish marketingi singari turlarini ko„rsatish
mumkin
(4.1-rasm).
Har birining faoliyatida umumiy tamoyil va vazifalar saqlanib qoladi,
ammo bu yo„nalishlarning har biri o„ziga xos tomonlari bilan ajralib
turadi.
Ishlab chiqarish vositalari marketingi birinchi navbatda ishlab
chiqarish talablarini hisobga olishga asoslanadi. Shu sababli maqsadga
muvofiqlik maqbullik qat‟iy uyg„unlik eng birinchi o„rinda turadi.
Iste‟mol tovarlari marketingi xilma xil talab va didga ega bo„lgan
iste‟molchilarning keng doiralari bilan bog„liq.
Bu sohada iste‟molchi fe‟l-atvorining tub mohiyatini o„rganishga
katta e‟tibor beriladi. Xususan, iste‟molchilarni
guruhlash, reklama,
mahsulot sotishni uyushtirish, bularning barchasi iste‟mol tovarlari
bozorida marketing faoliyatining asosiy masalalari hisoblanadi. Masalan,
do„konlarda o„z-o„ziga xizmat ko„rsatish tamoyillari iste‟mol tovarlari
marketingi samarasi.