Markaziy va gʻarbiy qismlaridagi orollar toʻdasi. 28°25’ shahrik



Download 175,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana20.07.2022
Hajmi175,37 Kb.
#830644
  1   2
Bog'liq
Okeaniya - Vikipediya



Okeaniya
Okeaniya — 
Tinch okeanning
markaziy va gʻarbiy qismlaridagi orollar toʻdasi. 28°25’ shahrik.
bilan 52°30’ j.k.lar va 130° shq. u. bilan 105° gʻ.u.lar oraligʻida. Gʻarbiy qismi 
Avstraliya
va
Malay
 arxipelagiga yondosh. Okeaniya Avstraliya bilan bir qitʼa hisoblanadi. Orollarning
umumiy maydoni 1,26 mln. km², shuning 80% Yangi Gvineya va Yangi Zelandiya orollariga
toʻgʻri keladi.
Okeaniyani, odatda, 3 qismga boʻladilar: Melaneziya, Mikroneziya va Polineziya. Orollar suv
osti tizmalari yoki marzalarining tepalaridir. Avstraliyaga yaqin joylashgan yirik orollar
(Melaneziya, 
Yangi Zelandiya
) esa materik orollar. Vulkan orollariga Gavayi, Samoa, Markiz,
Tabiati


Jamiyat, Kuk, Tubuai orollari, Pasxa orol va boshqa kiradi. Okeaniyaning eng baland nuqtasi
(Jaya togʻi, 5029 m) Yangi Gvineyaning shim.-gʻarbida joylashgan. Gʻarbiy Mikroneziya,
Melaneziya va Yangi Zelandiya orollarining yer yuzasi togʻlik.
Sharkiy Mikroneziya va Polineziya orollari mayda marjon atollaridan iborat. Gʻarbiy
Mikroneziya va Melaneziya orollari bur-mali choʻkindi svitalar, intruziv va, ayniqsa, effuziv
jinslardan tuzilgan boʻlib, Tinch okean tubining gʻarbiy chekkasidagi alp geosinklinalida
joylashgan. Bu orollar mezozoy va kaynozoyda burmalangan ulkan tizmalarning suv ustidagi
qismlaridir. Bu yerdagi hozirgi zamon vulkanizmi va zilzilalar togʻ hosil boʻlish harakatining
davom etayotganligidan darak beradi. Tinch okean markaziy qismidagi orollar neogen oxiri —
antropogen boshida yoriklar boʻylab oqib chiqqan bazaltli vulkan tizmalaridir. Gavayi, Samoa,
Markiz, Jamiyat, Kuk, Tubuai orollari, Pasxa va boshqa mayda orollar vulkan natijasida hosil
boʻlgan. Pekin koʻpgina vulkan choʻqqilari suv ostida boʻlib, ularning usti marjon bilan
qoplangan. Marshall, Karolina, Gilbert, Ellis, Tokelau, Feniks, Layn, Tuamotu, Nauru, Oshen va
boshqa mayda orollar marjon orollaridir. Okeaniyada foydali qazilmalardan koʻproq nikel,
fosfat, neft, oltin, kumir, mis uchraydi.
Okeaniya orollarining aksari qismi ikkala yarim sharning tropik iklim mintaqasida joylashgan;
Avstraliya va Osiyoga yaqin ekvatorial kengliklardagi orollarda iklim subekvatorial, 180-
meridiandan gʻarbda ekvatorial iklim. Tropik chizigʻidan shimol va jan.da esa subtropik iklim.
Yangi Zelandiyaning Jan. oroli moʻʼtadil mintaqada. Eng issiq oyning oʻrtacha temperaturasi
shim.da 25°(avg .), jan.da 16°(fev.), eng sovuqoyniki shim.da 16° (fev.), jan.da 5° (avg .).
Ekvatorial zonada oʻrtacha oylik temperatura 26—28°. Okeaniyada temperaturaning sutkalik
farqi kam. Yillik yogʻin passat shamollari esadigan tropik mintaqalarda 1000 mm dan kam.
Ammo yirik vulkan orollarining shamolga roʻpara yon bagʻirlarida 10 000 mm ga yetadi.
Okeaniyaning gʻarbiy qismida, ekvatordan shim.da yezda kuchli tropik dovullar boʻlib turadi.
Yangi Gvineya va Yangi Zelandiyadagi togʻlarda muzliklar (umumiy maydoni 1000 km²) bor.
Dare va koʻllar Okeaniyaning , asosan, gʻarbiy qismidagi togʻli yirik orollarida joylashgan. Eng
katta daryolari: Flay, Digul (600 km) — Yangi Gvineyada. Okeaniyada mayda koʻl koʻp; eng
kattasi — Yangi Zelandiyadagi Taupo koʻli. Vulkanli orollarda qaynoq va shoʻr suvli koʻllar,
geyzerlar bor.
Geologik tuzilishi
Iqlimi
Tuproqlari xilma xilligi


Issiq va sernam iqlimli orollarda qizil-sariq laterit, togʻlaterit, sariq, qizil va sariq-qoʻngʻir
tuproqlar uchraydi. Vulkan kullari yogʻilgan joylarda va yangi lavalar ustidagi tuproq juda
unumdor. Yogʻin kamroq yerlarning tup-rogʻi qizilqoʻngʻir; seryogʻin joylarning tuprogʻi botqoqli
tuproq. Oʻsimliklari Paleotropik oblastga mansub. Okeaniya florasi Osiyo, Amerika va
Antarktida florasidan shakllangan. Okeaniyada 3 kichik oblast ajratila-di: Malayziya, Gavayi,
Yangi Zelandiya. Malayziya oblasti uchun tropik usimliklar oilalarining koʻpligi xosdir. Epiritlar
koʻp. Gavayi oblastchasida ochiq urugʻlilar, fikuslar yoʻq, palmaning bir turi bor, orxideya kam,
paporotnik koʻp. Yangi Zelandiya oblastchasi murakkabguldoshlar, paporotnik va
boshokdoshlar turiga boy. Okeaniyaning sharqiy qismidagi orollarda endemik tur (Gavayi
orollarida 90% gacha) koʻp. Sharqqa tomon oʻsimlik turi, turkum va oilasi kamayib boradi.
Yangi Gvineyada 6800 tur, Gavayi orollarida 1100 tur oʻsimlik oʻsadi.
Togʻlarning sernam yon bagʻirlari 300–600 m balandlikkacha butazor va savanna, 1000–1800
m balandlikkacha sernam doim yashil oʻrmon. Shamolga teskari togʻ yon bagʻirlarining
etaklari savanna va chala choʻl, yuqorirogʻi kserofil urmonlar, butazor va savanna, 1500m dan
baland joylarda doim yashil tropik oʻrmonlar. Marjon orollarda oʻsimlik turlari kam. Atollarda
pandanus, kokos palmalari, non daraxti usadi. Lagunalar manfa oʻrmonlari bilan qoplangan.
Okeaniyaning tabiiy oʻsimlik qopla-mi inson tomonidan juda oʻzgartirib yuborilgan. Oʻrmonlar
qirqilib plantatsiyalar barpo qilingan.
Okeaniyaning kat ta qismi Polineziya fauna oblastiga va uning Gavayi kichik oblastiga
mansub. Yangi Zelandiya faunasi mustaqil oblast, Yangi Gvineya esa Avstraliya oblastining
Papua oblastchasiga kiradi. Sut emizuvchilar deyarli uchramaydi, ammo qush koʻp. Endemik
tur koʻp boʻlsa ham relikt hayvonlar oz. Yangi Gvineyada sut emizuvchilar (jumladan, tuxum
qoʻyuvchi va xaltalilar) nisbatan koʻp. Atollarda hayvon turlari juda kam. Okeaniyaga qoramol,
qoʻy-echki, quyon, choʻchqa, kalamush, mangusta va h.k.ning olib borilishi uning faunasiga
nihoyatda katta salbiy taʼsir koʻrsatdi.
Okeaniyaning eng qad. aholisi Okeaniyaga bundan 20—30 ming yillar avval Jan.-Sharqiy
Osiyodan borib oʻrnashgan. Keyinroq kelgan qabilalarning papuaslar bilan qoʻshilishidan
melanezlar paydo boʻlgan. Mikroneziya va Polineziyaga aholi milodning 1-ming yilligida
koʻchib borgan. 16-asr boshida Okeaniyada yashovchi xalqlar jamiyat taraqqiyotining turli
Oʻsimliklari xilma-xilligi
Hayvonot dunyosi
Tarixi


bosqichlarida boʻlgan. Yevropaliklar uzoq vaqt Okeaniyaga qiziqmadilar. Koʻpgina orollar
yevropaliklarga 18-asrning 2-yarmida maʼlum boʻldi. Okeaniya orollarini dastlab Gʻarbiy
Yevropa davlatlari, keyinroq AQSH egallay boshladi. Birinchi jahon urushi (1914—18)dan keyin
Okeaniyada siyosiy tashkilotlar vujudga keldi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) davrida
Okeaniya urush harakatlari maydoniga aylandi. Okeaniyada rivojlangan davlatlarning harbiy
bazalari koʻpaydi. Urushdan keyin Okeaniya xalqlarining mustaqillik uchun kurashi tashkiliy
tus oldi. Koʻpgina orollar mustaqil davlatlarga aylandi.

Download 175,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish