Markaziy Osiyoning qadimiy musiqa madaniyati
Reja:
Kirish
Asosiy qism
I bob XI-XIX asrgacha bo`lgan davrdagi musiqa madaniuat.
1.1. "Avesto" va uning yaratilishi.
1.2 Madhiya xarakteridagi musiqali she’riy asarlar.
II BOB Markaziy Osiyoning qadimiy musiqa madaniyati
2.1 Al-Forobiy o`zining musiqaga bag`ishlangan risolalarida Sharq musiqa nazariyasini asoslanishi
2.2 Institut milliy san’atni o`rganish bilan birga musiqa ta’limi bilan ham shug`ullandi
XULOSA
ADABIYOTLAR
K I R I SH
«O‘zbek musiqa tarixi» fanining asosiy maqsadi - talabalarni o‘zbek musikasi bosib o‘tgan tarixiy jarayon, uning umuminsoniyat tarixida tutgan o‘rni, milliy musiqiy qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, ularga musiqiy-tarixiy bilimlarni berish, musiqa san’atining tarixi bilan jamiyat taraqqiyotining bog‘liqligini tushuntirishdan iboart. O‘zbek musiqasini qadimiy davrlarda, temuriylar davrida qay darajada rivojlanganligini, ulug‘ siymolar va musiqashunoslar nomlarini va ularning musiqa ilmida yaratgan kashfiyotlari hamda uni rivojlantirishdagi hissalarini bilish talabalarda milliy g‘urur, qadr-qimmat, extirom tuyg‘ularini shakllantirishda xizmat qiladi.
«O‘zbek musiqa tarixi» o‘quv fanining vazifasi o‘zbek xalq cholg‘uchiligi tarixini, arxeologik qazilma yodgorliklarni o‘rgatish, o‘rta asr olimlarining ilmiy-uslubiy qarashlarini farqlash, maqomot tizimi bilan tanishish, o‘zbek xalq musiqasi, xalq qo‘shiqlari janri (ashula, lapar, yalla, marosim, mehnat va hakazo) xususiyatlarini o‘rganish kabilarni o‘z ichiga oladi. U vazifalarni bajarishda o‘zbek musiqashunosligida bu mavzularga bag‘ishlangan, keng yoritilgan mavjud va yangi adabiyotlarga tayaniladi.
«O‘zbek musiqa tarixi» fani ilk cholg‘u asboblari paydo bo‘lgandan boshlab to XXI asrgacha ularning turlari, ijro uslubi, shakllanishi va evolyusion o‘zgarib turishini bosqichma-bosqich kuzatib boradi. Ular haqidagi ma’lumotlar yozma manbalar va arxeologik qazilma yodgorliklari asosida bilim beriladi. Bunda o‘zbek va fors adabiyotida muhim ahamiyat kasb etgan kitob miniatyuralari ham o‘rin olgan.
«CHet el musiqa tarixi» fanining asosiy maqsadi – chet el musiqa madaniyati taraqqiyoti haqida ma’lumot berishdir.
«Rus klassik musiqa tarixi» fanining asosiy maqsadi – jahon musiqa madaniyatida alohida o‘rin tutgan ru musiqasining klassik davri (X1X – XX asrning boshi) xaqida ma’lumot berishdir. Rus kompozitorlarining yuksak badiiy saviyada yozilgan asarlarni urganish, ularning kasbiy mahorat jihatlarini aks ettiruvchi xususiyatlarni yoritib berish, turli janrdagi asarlarning mazmunini idrok etishga, rus klassik musiqasiga xos bo‘lgan badiiy ifoda vositalarini o‘rganish ushbu fanning vazifalaridan hisoblanadi.
O`rta Osiyo xalqlari hayotida tarixiy chegaralanish bosqichi taxminan bizning eramizgacha bo`lgan birinchi ming yillikdan boshlanadi. Bular o`troq dehqonlar (sug`diylar, baqtriyaliklar, xorazmiylar) hamda ko`chmanchi (saklar, massagetlar va boshqa) qabilalar edi. Ular haqidagi ma’lumotlar Avestado ham uchraydi. Xalq poetik va musiqa san’atining boshlanishi o’sha davrlarga borib taqaladi. Xalq poetik va musiqa san’ati dastlab sinkretik holatda bo’lgani to’qrisida Avesto kitobi va boshqa qadimgi yozma yodgorliklar, turmushi, ularning urf-odatlari, to`y-tomoshalarining elementlaridan guvoqlik beradi,.yuksak salohiyati yunon, rim va xitoy manbalarida ham yakdillik bilan e’tirof etilgan. Ayrim ilmiy qarashlarga ko`ra, Xorazm ko`hna zardo`shtiylik dinining muqaddas kitobi bo`lmish "Avesto"ning vatani hisoblanadi.
Tadqiqotlarning dalolat berishicha, "Aryanim Veyjo" deb ataluvchi Avesto makoni o`zining qahraton sovuqi, jazirama issiqiga ega bo`lgan hamda yerlari tars yoriladigan va ilonlari ko`p o`lka, deb ta’riflanadi. Darhaqiqat, Orol fojeasidan oldingi davrlarda, yuqorida aytilgan keskin kontinental iqlimni, taqir yerlarning xuddi qovun to`riga o`xshab yorilishini, ilonlar uy hayvonlaridek tomu omborlarda yashab yurishini butun mintaqa bo`yicha ko`proq Xorazmda kuzatish mumkin edi. Zardo`shtlik urf-odatlarining qiyofasi biroz o`zgargan holda Xorazm vohasining bugungi hayot tarzida ham ko`plab kuzatiladi. Ularning hammasi qo`shimcha dalil sifatida ko`zlayotgan fikrimizning isbotiga xizmat etishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |