Mahalliy yangiliklarni mahalliy tilda
o'qishga ehtiyoj ortib bormoqda.
O'rtacha hisobda, to'rtta mamlakatda
respondentlarning yarmidan ko'pi yangi-
liklarni asosan rus tilida o'qishlarini,
mahalliy tillar unchalik mashhur emasligini
ta'kidladilar. Mutaxassislarning fikriga
ko'ra, bu ommaviy axborot vositalarining
asosiy qismi poytaxt hududlarda
to'planganligi, onlayn ommaviy axborot
vositalaridan foydalanuvchilarning aksa-
riyati shahar aholisi ekani va aksariyat
ijtimoiy tarmoqlar kontentni rus tilida
taqdim etishi bilan bog'liq. Shuni ham
aytib o'tish joizki, qishloq joylarda
ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar
orqali yangiliklar materiallarini iste'mol
qilish o'sib bormoqda, ammo mahalliy
yangiliklar nashrlari yangi ommaviy
axborot vositalarining o'zgaruvchan
tendensiyalariga, shu jumladan Internetga
kirishdagi texnik qiyinchiliklarni hisobga
olgan holda asta-sekin moslashmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |