Markaziy osiyoda mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati reja



Download 15.85 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi15.85 Kb.

Aim.uz

Markaziy osiyoda mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati

REJA:

1.Mashinasozlikning Markaziy Osiyo davlatlaridagi ahamiyati.

2.Mashinasozlik majmuasining tarkibi va Markaziy Osiyoda mashinasozlikning rivojlanishi.

3.Markaziy Osiyoda mashinasozlik sohasida halqaro hamkorlik.



Tayanch tushunchalar: Mshinasozlik sanoati majmuasi , metallarga ishlov berish, kichik korxonalar; qo`shma korxonalar, zavod; kombinat , ishlab chiqarish birlashmasi , radioelektronika , elektronika, davlat konserni; davlat aksiyadorlik jamiyati, halqaro hamkorlik, eksport, import.

Mashinasozlik va metalni qayta ishlovchi sanoatlar birgalida mashinasozlik majmuasini tashkil qilib, u Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotining asosiy tarmog`i hisoblanadi. Uning ahamiyati ishlab chiqarish jarayonlarini texnik jihatdan qurollantirish va avtomatlashtirish, hozirgi zamon fan – texnika taraqqiyoti yutuqlarini xo`jalikning barcha tarmoqlarida joriy qilish, mahsulot sifatini yaxhsilash hamda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirishdadir.Regiondagi davlatlarning taraqqiyoiti shu hududdagi mashinasozlik tarmoqlarining rivojlanishi bilan bog`liq.

Mintaqada mashinasozlik geografiyasi shu hududdagi geografik shart-sharoit , ehtiyoj hamda ishlab chiqarishda ixtisoslashuv bilan bog`liq. Markaziy Osiyo davlatining aksariyati azaldan xom-ashyo va yarim xom-ashyo maxsulotlari yetkazib beruvchi tarmoqlarga ixtisoslashgan. Keyinchalik tog`- kon sanoati tarmoqlari rivojlandi. XX asrning 60 yillaridan boshlab mamlakatlar iqtisodiyoti og`ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga katta ehtiyoj tug`ildi.

Bular o`z navbatida yengil, oziq- ovqat va og`ir sanoat tarmoqlarining iste`molini ta`minlovchi hamda tarmoqlar aro integrasiyani takomillashtiruvchi, ichki va tashqi aloqalarni rivojlantirishga muhim ta`sir etuvchi mashinasozlik tarmoqlarini barpo etishga olib keldi. Buning uchun yetarli miqdorda mehnat resurslari va malakali kadrlar talab etiladi. Mashinasozlik sanoat majmuasini barpo etish va rivojlantirish uchun Markaziy Osiyo davlatlarida imkoniyat bor.

Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotining ehtiyojidan kelib chiqqan holda, mintaqada mashinasozlikning quyidagi tarmoqlari barpo etildi va rivojlantirilmoqda. Bular; traktorsozlik va qishloq xo`jaligi mashinasozligi, paxta tozalash sanoati, to`qimachilik, qurilish va yo`l, tog`- kon sanoati, kimyo va neft qazib olish, samolyotsozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik, radioelektronika, kommunal xo`jaligi, madaniy- mayishiy ro`zg`or texnikasi mashinasozligi va boshqalar.

Regeonda mashinasozlik sanoati sobiq Ittifoq davrida barpo bo`ldi. Ungacha, Markaziy Osiyo hududida mahalliy ahamiyatga ega bo`lgan kichik korxona va ustaxonalar bo`lgan. Asosiy korxonalarda temir yo`l mashina uskunalari ta`mirlanadi, paxta tozalash va yog` zavodining ehtiyojlari qondiriladi.

Markaziy Osiyoda, sobiq ittifoqning dastlapki o`n yilligida, qishloq xo`jaligi, sanoat va transportni rivojlantirishdan kelib chiqqan holda ta`mirlash korxonalari qurila boshlandi va ularning quvvati oshirildi.

30- yillarda O`zbekistonda “ Toshpaxtasanoat ” mexanika zavodi, “Qishloqmash” zavodi, ekskavator ta`mirlash zavodi. “Irmash” (hozirgi “ToshEKS” ishlab chiqarish birlashmasi) va boshqalar ishga tushurildi.

Qozog`iston va Turkmanistonda temir yo`1l transporti , tog`- kon sanoatini ehtiyot qismlari bilan ta`minlovchi korxonalar, mexanika ustaxonalari tashkil etildi.

Markaziy Osiyoda mashinasozlik sanoati taraqqiyotini to`rt davrga- urushgacha, urush davri urushdan keyingi mustaqillikgacha va mustaqillik davrlariga bo`lish mumkin.

Urush davrida Markaziy Osiyoda mashinasozlikning sur`atlari va darajasi, tarkibi hamda ixtisosi sobiq Ittifoqning g`arbiy hududlaridan ko`chirib keltirilgan korxonalar hisobiga ancha o`zgardi. Birgina O`zbekistonga aviasiya zavodi, korbarund, “pod`yemnik” va abraziv zavodlari, shuningdek Rostsel`mash, kimyo mashinasozligi, “Karasniy- dvigatel” va boshqa zavodlar ko`chirib kelinib, asosan Toshkentda va Samarqantda joylashtirildi. Ular Respublika mashinasozlik sanoatining tarkibi va iqtisosiga jiddiy ta`sir ko`rsatadi.

Urushdan so`nggi yillarda irrigatsiya qurilishi, ayniqsa, paxtachilik mashinalari ishlab chiqarish (O`zbekistonda) tiklandi, kimyo, tog`-kon sanoati va xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlari uchun yangi asbob – uskunalar ishlab chiqarish boshlandi. Mashinasozlik va metallga ishllov berish sanoat korxonalari Qozog`istonda Kokchatau, Ust-Kamenogorsk, Alekseevka, Qarag`anda, Toldiqo`rg`on, Almati, Kentau, Jusali, Aktyubinsk, Uralsk, shaxarlarida, O`zbekistonda – Toshkent, Chirchiq, Andijon, Samarqand, Buxoro, Nukusda, Qirg`izistonda – Bishkek, Tukmak, Oshda, Tojikistonda- Dushanbe, Qo`rg`on- tepada, Turkmanistonda- Krasnavodsk, Qizil-Arvat, Ashgabat, Chorjuy, va Toshxovuz shaxarlarida ishga tushurildi. Markaziy Osiyoda traktorsozlik va qishloq xo`jalik mashinalari ishlab chiqarishning yirik markazlari sobiq Selinograd, Semipalatinsk, Ust-Komenogrorsk, Povladarda, Toshkentda mavjud edi.

Mashinasozlik sanoati korxonalari tabiiy resurs omiliga bevosita bog`lanmaganligi uchun ko`proq xom- ashyo rayonida emas, balki, iste`molchi regionlarida yaxshi rivojlantirildi.

Mustaqillik yillarida Markaziy Osiyo Respublikalarida mashinasozlik korxonalarining deyarli hammasida qaytadan ta`mirlash, zamonaviy texnalogiyalar bilan jixozlash ishlari boshlab yuborildi. Natijada mashinasozlikda sifat o`zgarishlari yuz bermoqda, unumdorlik ortmoqda, yangi mashina va asbob- uskunalar ishlab chiqarilmoqda. Qozog`iston, O`zbekiston, Qirg`izistonda Respublika iqtidsodiyoti uchun zarur bo`lgan avtomobilsozlik, radioelektronika samolyotsozlik kabi sanoat tarmoqlari rivojlantirilmoqda, qishloqxo`jalik mashinasozligi, traktorsozlik, to`qimachilik mashinasozligi va boshqa mashinasozlik tarmoqlarining ishlab chiqarilish quvvati oshirilmoqda.

Markaziy Osiyo hududida mashinasozlik korxonalarining taraqqiyoti bugungi kunda va istiqbolda asosan xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan halqaro hamkorlik bilan bog`liq.

Mintaqadagi barcha Respublikalarda bugungi kunga kelib halqaro hamkorlik asosida ish olib borayotgan mashinasozlik korxonalari yaxcshi natijalarni qo`lga kiritmoqdalar. Buni O`zbekiston misolida yaqqol ko`rish mumkin. Chunonchi 1992 -yilda Janubiy Koreyaning DEU korparasiyasi bilan hankorlikda Asaka shaxrida “O`z DEU avto” qo`shma korxonasi, Rossiya bilan hamkorlikda “LIAZ” ishlab chiqarish birlashmasi (Samarqandda), O`zbekiston- Italiya qo`shma korxonasi (“O`z italmotor”) shular jumlasidandir. Shuningdek, AQSH “Keys” fermasi bilan hamkorlikda yangi traktor va kombayinlar yig`ish yo`lga qo`yildi. 7 ta Qo`shma korxonalar barpo etildi (“Keys korporeyshin” kompaniyasi bilan hamkorlikda) . Radioelektronika, elektrotexnika sanoatini birlashtirib turuvchi “O`zeltexsanoat” uyushmasida korxonalar Rossiya, AQSH , Singapur, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar bilan hamkorlikni yo`lga qo`yishgan.



Markaziy Osiyo davlatlarining xorijiy mamlakatlar bilan olib borayotgan hamkorligi ijobiy natijalar bermoqda hamda bu hududda mashinasoxzlik sanoati tarmoqlarini rivojlanishini belgilamoqda.
Каталог: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa