Markaziy Osiyo xududidagi mezolit davri. Mezolit yunon so’zidan olingan bo’lib, «mezos» o’rta, «litos»



Download 29,3 Kb.
bet10/13
Sana01.01.2022
Hajmi29,3 Kb.
#299717
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
mezolit davri

trassalogiya usuli deyiladi. Aniqroғi trassalogiya usuli mehnat qu-rollarini funkitsyalarini izlariga qarab, aniqlash de-makdir. Bunday usulni arxeologiya faniga kirib kelishi juda ko’plab yangiliklarni berdi. Bu usul tosh asri yodgor-liklarinin mehnat qurollarini, ayniqsa mezolit va neolit davriga oid qurollarni funktsiyalarini aniqlashda juda qu-lay va ahamiyatlidir. Ammo bu usulni bitta kamchiligi shundan iboratki, bu usul bilan o’rganiladigan mehnat qu-rollari tabiatni ta`sir kuchlaridan yaxsha saqlangan bo’lishlari shart. Ular madaniy qatlamlarda qanday qoldi-rilgan bo’lsa, o’sha xolatda saqlangan bo’lishi kerak. Aks xolda , ya`ni madaniy qatlamlar tabiatni ta`sir kuchi na-tijasida joylaridan jilib, undagi mehnat qurollari quyosh nuri yoki shamol ta`siri kabilarga duch kelgan bo’lsa-lar.ulardagi izlar yo’qolib, ularni funktsiyalarini aniq-lash mumkin bo’lmay qoladi. Madaniy qatlamdan olinganlari esa trassalogiya usuli bilan o’rganilganda o’tmish ajdodla-rimizni turmush tarzlari xaqida juda aniq va yuqori aha-miyatli ma`lumotlarni beradi. Shuning uchun ham Tutqoul yodgorligidagi madaniy qatlamlarida olingan topilmalarni trassalogiya usulida o’rganib, G. F. Karobkovani qilgan xu-losalari.biz uchun ishonarlidir.

Tojikistondagi mezolit yodgorliklaridan yana biri Osh-xona nomi bilan fanga kirgan ustaxona manzilgoxidir. Osh-xona sharqiy Pomirdagi Markansuv daryosining o’ng irmoғi xavzasida, dengiz satxidan 4100 m balandlikda joylasha-gan. Faqat bosh ob’ektdan topilgan tosh buyumlarni soni 4 mingta. Bular asosan tosh uchirindilardan yasalgan katta va kichik qirғichlar, teshuvchi (prakolka) lar hamda randa (skobel’) lardir. Bulardan tashqari ikki xildagi kamon uchlari topilkb, ularni bir xillari yupqa urchuqsimon shaklga ega bo’lib, har ikki tomoniga ishlov berilgan plastinkalardan yasalgan. Ikkinchilar esa daғal va sifatsiz ishlov berilgan kamon o’qlaridar. Bu yodgorlik madaniyatini bosh xususiyati daғal qurollar bilan bir qatorda juda o’tkir did bilan yasalgan nozik qurollarni yonma-yon bo’lishidir. Oshxona uchun geometrik shaklda mikrolitlar harakterli emas. Bu erdan topilgan mehnat qurollarini o’ziga xosligi ya`ni boshqala-ridan tubdan farq qilishi, Oshxona yodgorligi mustaqil ma-daniy kompleksga ega bo’lgan yodgorlik deyishga asos beradi. Yodgorlikdagi ikki tomonlama ishlov berilgan kamon o’lari-ni hisobga olib, olimlarimiz bu qarorgoxni yoshini so’nggi mezolit davri bilan.belgilaydilar.



Tojikistondagi mezolit yodgorliklaridan yana biri Obi-Kiyik bo’lib, uni madaniy qatlami hammasi bo’lib, 28 m2 teng bo’lgan maydonni tashkil qiladi. Jami tosh buyum-lar 450 ta bo’lib, bo’lar: o’zaklar, mikroplastinkalar (ya`ni mayda plastinkalar), retushlanmagan plastinkalar, qirquv-chi qurollar va plastinka siniqlaridan iborat. Prizma va qalamsifat o’zaklar umuman yo’q. Asosan yoғochga ishlov be-ruvchi qurol (skobel’) lar plastinkalardan yasalgan. Uchi-rindilardan yasalgan skobellar va skreblolar kam uchraydi. Bu xildagi qurollar asosan plastinkalardan yasalib, ular-ni ishchi qismlari plastinkalarni yon tomonlarida bo’lmay balki uch tomonlarida joylashgan. Shuning uchun ham bu tur-dagi qurollarni arxeologlar ularni bajargan ishlariga qa-rab (kontsevne skrepki) plastinkani uch tomoni ishlatilgan qirғichlar (agar bu qurollar bilan teriga ishlov berilgan bo’lsa) yoki (kontseve skobeli) ya`ni plastinkalarni uch to-moni randa bo’lgan qurollar deyishadi. Uchirindilardan qi-lingan skobel va skreblolar ham Obi-Kiyikda uchraydi. Am-mo juda kam miqdorda. Tojikiston xududida yuqorida bayon qilganlarimizdan tashqari Danғara, Sho’rtuz, Chil-chor-chashma, Ilik ko’l, Daxana-kiyik,. Қoratumshuq, Shugnau, Қuyi-Bulyon va hokazo kabi mezolit yodgorliklari mavjud. Markaziy Osiyo respublikalari orasida Қirғiziston Res-publikasini xududi asrimizni birinchi yarmida arxeolgik jixatdan ancha sust o’rganilgan. Ammo nisbatan durustroq o’rganish 1950-yillarda tashkil qilingan. Қirғiziston ar-xeologiya va etnografiya kompleks ekspeditsiyasidan so’ng boshlandi. Sari-Jez daryosi atrofida Oq-Chungir ғoridan neolit davriga oid neolit yodgoligi topilib, birinchi bor A. P. Okladnikov tomonidan shurf solingan. Oloy vodiyis-da ham qidiruv ishlari o’tkazilib, neolit davri uchirindi-lari topilgan. A. P. Okladnikov va uni shogirdi V. A. Ra-novlar tomonidan olib borilgan arxeologik izlanishlar shuni ko’rsatdiki, Қirғizistondagi topilgan yodgorliklarni ko’pchiligi neolit davriga mansub bo’lib, ularni aksariyati madaniy qatlamga ega emas balki, er satxidan topilgan to-pilmalardir. Bunday topilmalarni arxeologlar podemnie materialn, ya`ni joyidan tabiatni ta`sir kuchi natijasida har tomonga sochilgan moddiy ashyolar deydilar. Odatda bu xildagi topilmalarni, madaniy qatlamlardan olingan to-pilmalarga nisbatan uncha qadri bo’lmaydi. Chunki bo’larni yoshini va funktsiyalarini aniqlash ancha qiyin kechadi. Bu xildagi moddiy ashyolarni yoshini boshkma madaniy qatlam-lardan topilgan va yoshlari aniqlangan topilmalar bilan qiyoslab o’rganish orqali, nisbiy ravishda belgilanadi. Shu-ni ham aytish kerakki Қirғiziston xududida er satxidan topilgan topilmalarni aksariyati, ayrimlarinigina hisobga olmaganda, qayroqtoshlardan yasalgan. Olimlarimizni izla-nishlari shuni ko’rsatdiki, bu xududning toғli rayonlari neolit davrida uni toғli rayonlarida Xisor madaniyatini boshidan kechirgan. Chunki bu xududlarda ham Tojikistonda-gi kabi qayroqtoshlardan mehnat qurollarini yasash keng ko’lamda qo’llanilgan. Shuni aloxida aytish joizki O’zbeki-ston Respublikasi bilan Қirғiziston Repspublikasi chega-rasida, aniqroғi Farғona viloyatini So’x tumani bilan O’sh viloyatini Xaydarkon shaharchasini tutashtiruvchi So’x va Haydarkon yo’lini So’xdan boraverishdagi chap tomonida Obishir-1 va V yodgorliklari 1960- yillarda o’zbek arxeo-loglari tomonidan topilgan va 70- yillarda har tomonlama mukammal o’rganilgan. Ammo shuni ham aytish kerakki Mar-kaziy Farғonada mezolit va meolit yodgorliklari bo’yicha izlanishlar ancha erta boshlangan. Masalan 1958- yilda B. S. Gamburg va N. G. Gorbunova 1963-64- yillarda, YU. A. Za-dneprovskiy va 1965- yilda O’. Islomovlar tomonidan so’nggi mezolit va neolit davriga mansub yodgorliklar topi-lib, ularni tosh qurollari er satxidan terib olingan. Shu-ning uchun ularni arxeologik yoshlarini aniqlash tipologik jixatdan o’zaro boғliqliklarini belgilash, xo’jalilarini asosini nima tashkil qilganini aniqlash va-ularni keyingi taraqqiyotlarini yoritish kabi masalalarni xal qilib bo’lmas edi. O’. Islomov tomonidan madaiy qatlamga ega bo’lgan Obishir-1 va V yodgorligida uzluksiz ravishda arxeologik qazishlarni olib borilishi bu yodgorliklarning stra-tigrafiyasini aniqlash, tosh industriyasini tipologiyasini aniqlash, hayvon suyak qoldiqlarini o’rganish kabi masala-larni yoritish Farғona vodiysining toshli mezolit kabila-larini har tomonlama harakterlab berish imkonini berdi.

Obishir-1 va V yodgorligi So’x daryosini yuqori qismida, Obishir soyining o’ng qirғoғida joylashgan. Obishir I ning kengligi 12-14 m, uzunligi 6 m, balandligi 20 m. Obishir V esa nisbatan juda katta ғor bo’lib, uni eni 30 m, uzunligi 9 m, balandligi 20 m. Obishir V dan jami 7545 ta 


Download 29,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish