Aim.uz
Markaziy Osiyo falsafasi, uning jahon madaniyatida tutgan o`rni
Reja:
1. O`zbekiston hududidagi eng qadimgi madaniyat va falsafiy qarashlar.
2.Markaziy Osiyoda ilk o`rta asrlar falsafasi.
3.Temuriylar va o`rta asrlar falsafasi.
4.XVI asrdan XX asr boshlarigacha O`zbekistondagi ijtimoiy-falsafiy tafakkur.
Markaziy Osiyodagi eng qadimgi falsafiy qarashlar. Miloddan oldingi ming yilliklarda Vatanimiz hududida ijtimoiy-siyosiy va falsafiy tafakkur rivoji. Qadimgi Xorazm, Sug’diyona, Afrosiyob, Sxosh madaniyati, uning milliy g’oya shakllanishidagi ahamiyati. "Avesto" va zardushtiylik g’oyalari. Avesto - mamlakatimiz sivilizatsiyasi va xalqlarimiz ijtimoiy fikri tarixining qadimgi namunasi. Zardushtiylikning olam, borliq va ruh, tabiat va odam to’g’risidagi qarashlari. Avestodagi milliy g’oyalarning ifodalanishi va uning xalqlarimiz taraqqiyotidagi ta`siri.
Markaziy Osiyodagi buddaviylik. Buddaviylikning Kushon davrida yangi va ustivor yo`nalishlardan biriga aylanishi. Moniy falsafasi. Moniylik g’oyalarining tarqalishi. Mazdak g’oyalari. Mazdakiylikning tarqalishi, asosiy tamoyillari va qarashlari. Moniy va Mazdak ta`limotlarining tarixiy taqdiri va xalqlarimiz ma`naviy taraqqiyotiga ta`siri.
Ilk o`rta asrlar falsafasining mohiyati va xususiyatlari. Markaziy Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilikka qarshi kurash - ozodlik va mustaqillik g’oyasi timsoli. Islomning tarqalishi va xalq ongiga singdirilishi jarayoni. Islomning mohiyati va mazmuni. Qur`on va hadislar. Islomning asosiy yo`nalishlari, oqimlari va mazhablari. Shariat va tariqat, sunniylik va shialik yo`nalishi. Islom va Kalom falsafasi, mashshoyiunlar va tibbiiyunlar. Islomda siyosat, davlat, huquq va axloq masalalari.
Ilk o`rta asrlarda Vatanimizning jahondagi yirik madaniyat markazlaridan biriga aylanishi. Sivilizatsiyamizning sharq xalqlari madaniyatiga aks ta`siri. Islom falsafasi rivojida ulug’ yurtdoshlarimizning xizmati.
Mo`g’ul bosqini oqibatlari va markazlashgan davlat g’oyasi. Amir Temurning hayoti, faoliyati, uning jahon va Vatan taraqqiyotidagi o`rni. "Kuch - adolatdadir" tamoyili. Temur va temuriylar davlati, uning ijtimoiy-siyosiy hayoti. "Temur tuzuklari" va milliy g’oyalar rivoji.
Ulug’bek - O`rta asr madaniyatining atoqli vakili. Ulug’bek akademiyasi. Ulug’bek akademiyasining madaniyat rivojidagi o`rni va jahon fani taraqqiyotiga ta`siri. Ulug’bek davri va undan keyingi madaniy hayot, siyosiy jarayonlar, g’oyaviy va mafkuraviy o`zgarishlar.
Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Bobur va boburiylar davri. Temuriylar davri va o`rta asrlar falsafasini o`rganish bugungi kundagi dunyoqarashning o`zgarishi. Bu jarayonning yoshlarni milliy g’oyalarga sodiqlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati.
Milliy g’oyalar tizimining umumiy tanazzuli. XVII - XVIII asrlarda mamlakatning xonlik va amirliklarga bo`linib ketishi. Ulardagi ijtimoiy-siyosiy ahvol va madaniy jarayonlar. Ogahiy va Ahmad Donish faoliyati.
Millatning g’oyaviy tarqoqligi va mafkuraviy zaiflik oqibati. Chorizm istilosi va falsafiy fikr taqdiri. Mafkuraviy maydonda istilochilar g’oyalarining ustivorligi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida falsafiy fikrlar. Jadidlar harakati. Jadidchilik - milliy g’oyalar uchun kurash falsafasi. Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Cho`lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy - jadidchilik falsafasining namoyondalari. Sobiq ittifoq va totalitarizm davri, mustabidchilik mafkurasi asoratlari: falsafiy xulosa va saboqlar.
1-ko`rgazma
2-ko`rgazma
3- ko`rgazma
Tayanch tushunchalar
Ilk o`rta asrlar falsafasi, "Qur'oni Karim", hadislar, islom falsafasi, islomdagi mazhablar, tasavvuf, tasavvuf oqimlari, kubroviya tariqati, yassaviya tariqati, naqshbandiya tariqati.
Takrorlash uchun savollar.
Islom dini to`g’risida nimalar bilasiz?
Tasavvufda komil inson taomilini Siz qanday tasavvur qilasiz?
Tasavvufdagi kubroviya, yassaviya, naqshbandiya tariqatlari to`g’risida nimalar bilasiz?
Mashhur muhaddislardan kimlarni bilasiz?
Sizning nazaringizda diniy bag’rikеnglik nima?
"Ma'naviy mеrosni bilmay turib, mustaqillik mafkurasini yaratib bo`lmaydi" dеgan fikrni qanday tushunasiz?
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |