2. Hududi va chegaralari.
Markaziy Osiyo (Turkiston) davlatlari asosan Osiyo qit'asining Markaziy qismida joylashgan. Shuningdek, uning hududi Yevropa qit'asiga ham daxldor. Chunki Markaziy Osiyo hududining bir qismi Ural daryosidan tokiQozog`iston davlatining ўarbiy chegaralarigacha Yevropa qit'asidadir.
Markaziy Osiyo davlatlarining maydoni 3.994,4 kvG'km yoki uning maydoni Yevropa qit'asi maydonining 44%ga teng. Bu hududga 7 ta,G`ransiya, 10,5, Yaponiya yoki Buyuk Britaniyaday davlatdan 16 tasini joylashtirish mumkin.
MOD shimol, shimoli-sharq va shimoli-Іarbdan Rossiya, g`arbdan Kaspiy dengizi orqali Shimoliy Kavkaz va Kavkaz orti davlatlar bilan, janubdan Eron va Afg`oniston hamda janub va janubi-sharqdan Xitoy bilan chegaradosh. MODning shimoliy chegaralari nisbatan tekislikdan, janubiy chegaralari esa baland toІ sistemalari Tyan-Shan, Pomir, Oloy, KopetdoІ orqali o’tadi.
MODning joylashgan o’rni uning ichki taraqqiyotida muhim omil bo’lib maydonga chiqadi.
1-misol. Uning Rossiya bilan chegarasini olaylik, Markaziy Osiyo Rossiyaning iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan Volgabo’yi, Ural, Shimoliy Kavkaz va ўarbiy Sibir yirik iqtisodiy rayonlari bilan katta masofada chegaralangan. Bu iqtisodiy rayonlar hududiga MODning ko’pgina temir yo’l va avtomobil magistrallari o’tkazilgan hamda chegaradosh davlatlararo iqtisodiy va texnikaviy aloqalar yaxshi yo’lga qo’yilgan. Mazkur chegara ayniqsa, MODning yirik davlati -Qozog`istonning iqtisodiy taraqqiyotida muhim omildir.
2-misol. MOD, G`arbda Kaspiy dengizi orqali o’tgan chegaraga ega. Bu chegara orqali MOD birinchidan dengiz baliqchiligining va suv transportini rivojlantirish, ikkinchidan Kaspiy dengizi orqali Rossiya va Ukrainaning ichki daryo va dengizlari (binobarin ichki iqtisodiy rayonlari)ga chiqish imkoniyatiga ega.
3-misol. Janubda Eron, Afg`oniston va Xitoy bilan o’tgan chegara Markaziy Osiyoning mazkur davlatlar va Osiyoning boshqa janubiy mamlakatlari bilan savdo-sotiq aloqalarini olib borish imkoniyatlarini beradi. Bir yarim asr mobaynida uning Osiyo davlatlariga nisbatan qulay bo’lgan geografik o’rni o’lka taraqqiyotidagi muhim omil sifatida foydalanilmadi. Markaziy Osiyo davlatlari qo’shni davlatlar bilan har tomonlama diplomatik munosabatlar o’rnatish bilan o’zaro transport aloqalarini rivojlantirishga ham kirishdi.Qozog`iston va Qirg`iziston, Xitoy bilan, O’zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Afg`oniston va Eron hamda Turkiya bilan avtomobil, temir yo’l va suv yo’li orqali ko’p tomonlama hamkorlik (borish-kelish) qiladigan, savdo-sotiq ishlarini amalga oshiradigan bo’ldi. Shubhasiz, qo’shnichilikka tayangan Osiyo mamlakatlari bilan boshlangan bu xil munosabatlar samarali natijalarga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |