Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida hamkoriik aloqalari


Qozog'istonning Qozog'iaton bilan hamkorligi



Download 27,74 Kb.
bet3/6
Sana11.01.2017
Hajmi27,74 Kb.
#62
1   2   3   4   5   6
Qozog'istonning Qozog'iaton bilan hamkorligi.Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatini ta'sis etish to'g'risidagi shartnomaga qo'shilishi to'g'risidagi protokol, «YeOIHni ta'sis etish to'g'risidagi shartnomaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida» qarorlar imzolandi.

YeOIH a'zo mammlakatlar o'rtasida integratsiyani rivojlanishiga, yagona umumiy bozorning shakllanishiga, Bojxona ittifoqiga, erkin savdo zonasining tarkib topishiga ko'maklashadi.

Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlar o'rtasida ko'p tomonlama hamkorlik bilan birga ular o'rtasida ikki tomonlama aloqalar ham yo'lga qo'yildi. O'zbekistonning Qozog'iston bilan ikki tomonlama munosabatlari 1992— yil 24-iyunda Turkiston shahrida O'zbekiston Prezidentining Qozog'istonga rasmiy davlat tashrifi paytida N.Nazarboyev bilan I.Karimov tomonidan imzolangan O'zbekiston Rcspubtikasi bilan Qoozog'iston Respublikasi o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risidagi shartnoma asosida mustahkamlanib bormoqda. Qozog'iston Prezidenti N.Nazarboyev 3994— yil 10-12-yanvarda rasmiy davlat tashrifi bilan O'zbekistonda bo'ldi. Ikki Prezident O'zbekiston bilan Qozog'iston o'rtasida tovarlar, hizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarning erkin o'tib turishini nazarda tutuvchi hamda o'zaro kelishilgan kredit-hisob- kitob, budjet, soliq, narx, boj va valyuta siyosatini ta'minlash to'g'risida shartnomani imzoladilar. 1998— yil 31-oktabrda O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida abadiy do'stlik shartnomasi imzolangan.

O'zbekiston va Qozog'iston Prezidentlarining Toshkentda 2000— yil 20-21-aprel kunlari bo'Igan uchrashuvida ikki davlat chegaralarini aniq belgilab olishga bag'ishlangan uchrashuvi bo'ldi. Muzokaralar yakunida «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va Qozog'iston Respublikasi Prezidenti N.A.Nazarboyevning qo'shma bayonoti» imzolandi. Ikki mamlakat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini ta'minlashga qaratilgan bu hujjat ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga egadir. «Davlat rahbarlari, - deyiladi qo'shma bayonotda, - O'zbekiston Respublikasi bilan Qozog'iston Respublikasi o'rtasidagi chegara ikki davlat qardosh xalqlarini birlashtiruvchi tinchlik, do'stlik va yaxshi qo'shnichilik chegarasi bo'lib O'zbekiston va Qirg'iziston aloqalari qolishda yakdildirlar». 2001— yil 16-17-noyabr kunlari O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrifbilan Qozog'istondabo'ldi. Ikki davlat Prezidentlari O'zbekiston-Qozog'iston davlat chegarasi to'g'risida Shartnoma imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi chegaraning 96 foizi belgilab olindi. Qolgan qismini kelishuv asosida delimatatsiya qilishga kelishildi. 10 oy davomida bu borada tegishli ishlar amalga oshirildi. 2002— yil 9-sentabrda Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan Islom Karimov Ostona shahriga tashrif buyurdi. «O'zbekiston-Qozog'iston davlat сhegaralarming alohida uchastkalari to'g'risida bitim» imzolandi. Ikki mamlakat o'rtasidagi chegaraga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o'z yechimini topdi. Ikki mamlakat o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2002— yilning birinchi yarmida 124 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2002— yilda O'zbekistonda 38 ta o'zbek-qozoq qo'shma korxonasi, Qozog'istonda 92 ta o'zbek-qozoq qo'shma korxonasi faoliyat yuritdi.

O'zbekistonning Qirg'iziston bilan ikki tomonlama hamkorligi O'zbekiston Respublikasi bilan Qirg'iziston Respublikasi o'rtasida do'stlik, hamkorlik va o'zaro yordam haqida shartnoma asosida yo'lga qo'yildi va rivojlantirilmoqda. Bu shartnoma Qirg'iziston Prezidenti Askar Akayevning O'zbekistonga rasmiy davlat tashrifi paytida Toshkentda 1992— yil 29-sentabrda I.Karimov va A.Akayev tomonidan imzolangan edi.

I.Karimovning 1993— yil avgustida Qirg'izistonga qilgan rasmiy davlat tashrifi paytida O'sh shahrida O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasida 1994-2000 yillarga mo'ljallangan iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish to'g'risida Bayonot imzolandi. Bu hujjat ikkala respublikada ishlab chiqilgan milliy dasturlarni muvofiqlashtirishga, xomashyo va ishchi kuchidan, ilmiy salohiyatdan unumli foydalanishga qaratilgan. Ikki davlat o'rtasida iqtisodiyot, savdo, madaniyat, sog'liqni saqlash, fan va ta'lim, sport va turizm bo'yicha hamkorlikni mustahkamlash haqida bitimlar imzolangan.

1994— yil 16-yanvarda O'zbekiston Prezidenti I.Karimov Qirg'i-zistonda bo'ldi. Rasmiy tashrif yakunida ikki davlat Prezidentlari tovarlar, xizmatlar, sarmoya, ishchi kuchlarining erkin yurishini, o'zaro kelishilgan kredit-hisob-kitob, budjet, soliq, narx, bojxona O'zbekiston va Tojikiston aloqalari va valyiita siyosatini belgilovchi shartnomani imzoladilar. O'zbekiston va Qirg'izisgon o'rtasida 1994— yil uchun savdo-iqtisodiy hamkorlik, madaniyat, sog'liqni saqlash, fan va ta'lim, sport va turizm bo'yicha hamkorlikni yanada mustahkamlash haqida bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar asosida ikki mamlakat o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rivojlanib bormoqda. 2000— yilda O'zbekistonda 22 ta o'zbek-qirg'iz qo'shma korxonasi, Qirg'izistonda 62 ta qirg'iz-o'zbek qo'shma korxonasi faoliyat yuritdi.

Tojikistonda 1992-1996- yillarda davom etgan birodarkushlik urushi Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta'sir etdi, lining qo'shni mamlakatlar, jumladan, O'zbekiston bilan hamkorligiga ham salbiy ta'sir etdi.

O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 1998-yil 4-yanvar kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonov O'zbekistonga amaliy tashrifbilan keldi. Ikki mamlakat rahbarlari tashrif yakunlari bo'yicha qo'shma axborot imzoladilar. O'zbekiston va Tojikiston Bosh vazirlari sog'liqni saqlash, madaniyat va gumanitar soha, fan, texnika va axborot sohalari bo'yicha hamkorlik to'g'risida bitimlarni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o'rtasida yuk tashish hamda gaz yetkazib berish, Tojikistonniig qarzi bo'yicha o'zaro hisob-kitob to'g'risidagi bitimlar ham imzolandi. O'zbekiston va Tojikiston munosabatlari o'zining yangi, mustahkamlanish va taraqqiyot davriga o'tdi. O'zbekiston bilan Tojikiston o'rtasida tovar ayirboshlash hajmi 1997— yilda 50 mln. AQSH dollaridan oshdi, bu awalgi yilga nisbatan 50 foiz ko'pdir. O'zbekiston Tojikiston hududidan o'tgan transport kommunikatsiyalaridan foydalanmoqda. 2000— yilda O'zbekistonda 15 ta o'zbek-tojik qo'shma korxonasi, Tojikistonda 3 ta o'zbek-tojik qo'shma korxonasi faoliyat yuritdi.

1991—yilda O'zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari uchrashuvida O'zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Respublikasi o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risida

shartnoma imzolandi. Bu shartnoma ikki davlat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarga negiz bo'lib xizmat qilmoqda.

O'zbekiston Prezidenti I.Karimov 1996— yil 16-yanvar kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo'ldi. Chorjo'y shahrida O'zbekiston va Turkrnaniston aloqalari Ovbekistonning Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari bilan hamkorligi S.Niyozov bilan I.Karimov o'rtasida va ikki mamlakat delegatsiyalari o'rtasida muzokaralar bo'ldi. Prezidentlar O'zbekiston bilan Turk-maniston o'rtasida do'stlik, hamkorlik va o'zaro yordam to'g'risidagi shartnomani, O'zbekiston bilan Turkmaniston o'rtasida davlat chegarasini qo'riqlashda hamkorlik qilish to'g'risidagi va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha bitimlarni imzoladilar.

Ikki mamlakat hukumatlari o'rtasida esa sarmoyalarni rag'bat-lantirish va o'zaro himoyalash, havo yo'li, bojxona ishlarida hamkorlik va o'zaro yordam, uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo'nalishlari, daromad va mulkdan ikki yoqlama soliq olmaslik, madaniyat, ta'lim, sog'liqni saqlash, sayyohlik va boshqa sohalarda hamkorlik qilish to'g'risidagi 20 dan ziyod bitimlar imzolandi. 4. O'zbekistonning Osiyo mamlakatlari bilan o'zaro manfaatli aloqalari O'zbekiston Respublikasi birinchi nav-batda Yaqin va O'rta Sharq hamda arab mamlakatlari bilan davlatlararo munosa-batlar o'rnatish va rivojlantirishga kirishdi. Negaki, O'zbekistonning guruhi, dini, urf-odatlari va an'analari Osiyodagi mamlakatlarga yaqindir.

1991— yil 16-19-dekabr kunlari I.Karimov boshliq O'zbekiston davlat delegatsiyasi mamlakatimiz mustaqiUigini birinchi bo'lib tan olgan mamlakat - Turkiyadabo'ldi. Turkiya Prezidenti Turg'ut O'zol, Bosh vazir Sulaymon Demirel va boshqa rahbarlar, ishbilarmonlar bilan amaliy uchrashuvlar, suhbatlar bo'lib o'tdi. Safar chog'ida O'zbekiston Respublikasi bilan Turkiya jumhuriyati o'rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari to'g'risida shartnoma, konsullik vakolatxonalarini ayirboshlash to'g'risida Protokol, iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik to'g'risida bitim, madaniyat, fan, ta'lim, sog'liqni saqlash, sport va turizm sohasidagi o'zaro hamkorlik to'g'risida bitim, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlik to'g'risida bitim, axborot ayirboshlash, televidenie va radio eshittirish bo'yicha hamkorlik qilish haqida protokollar va boshqa hujjatlar imzolandi.

O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi munosabatlar keyingi yil-larda ancha kengaydi. 1992— yil 28-aprel kuni O'zbekistonda Turkiya elchixonasi, Turkiyada O'zbekiston elchixonasi ochildi va faoliyat ko'rsatmoqda. Hamkorlikning yanada chuqurlashtirishda Turkiya davlati rahbarlari-Turg'ut O'zol, Sulaymon Demirel, Tansu Chiller, Mesut Yilmazar, Ahmet Sezerlarning O'zbekistonga rasmiy tash-riflari chog'ida imzolangan hujjatlar katta ahamiyatga ega bo'ldi. Ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik gazlama va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish, qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash, qo'shma korxonalar qurish, kadrlar tayyorlash, turizmni rivojlantirish va boshqa sohalarda amaliy natijalar bermoqda. O'zbekistonda Turkiya sarmoyadorlari ishtirokida 200 dan ortiqroq qo'shma korxonalar Ьафо etildi. 1996— yil iyun oyida O'zbekiston avtomobilsozlik korxonalari assotsiatsiyasi - "O'zavtosanoat" Turkiyaning "KochXolding" konserni bilan Samarqand shahrida "SamKochavto" o'zbek-turk qo'shma korxonasini barpo etish to'g'risida shartnoma tuzdilar. Tez oradabu qo'shma korxonabunyod etildi va sig'imi o'rtacha avtobuslar hamda 8 tonnagacha yuk ko'taradigan yuk avtomobillar yig'ish yo'lga qo'yildi. Ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro tovar ayirboshlash hajmi 1992- yilda 75 mln. AQSH dolJarini tashkil etgan bo'lsa, 1998-yilda 275 mln. AQSH dollariga ko'paydi.

1992— yil 27-28-iyun kunlari Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharifning O'zbekistonga rasmiy davlat tashrifi ikki davlat o'rtasidagi aloqalarga asos soldi. Safar kunlarida «O'zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o'rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to'g'risida» shartnoma, iqtisodiy va savdo hamkorligi to'g'risida, madaniyat, sog'liqni saqlash, fan, texnika, kadrlar tayyorlash, turizm sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to'g'risida bitimlar imzolandi.

O'zbekiston va Pokiston o'rtasidagi hamkorlikni O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1992— yil 13-14-avgust kunlari Pokistonga rasmiy tashrifi va unda imzolangan hujjatlar yanada yangi pog'onaga ko'tardi. lkki davlat o'rtasida suv resurslari, elektrlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya sohasida hamkorlik qilish to'g'risida, pochta va telekommunikatsiya sohasida, davlat banklari va milliy banklar o'rtasida vakolatxonalar ayirboshlash to'g'risida, investitsiyalar va sarmoyalarni himoya qilish to'g'risida bitimlar imzolandi.

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Benazir Bxutto 1995— yil may va noyabr oylarida O'zbekistonga ikki marta tashrif buyurdi.

Ikki davlat o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va Markaziy Osiyo xavfsizligi, Afg'onistonda birodarkushlik urushini to'xtatish masalalari bo'yicha fikr almashildi. Iqtisodiyot, sog'liqni saqlash, fan, texnika, sayyohlikni rivojlantirish haqida bitimlar imzolandi.

O'zbekistonda Pokiston sarmoyalari ishtirokida 120 qo'shma korxona tuzilgan, Tabani, Merkuriy, Metro, Laksan Taraka kabi 19 ta tirik firma va komnaniyalar fsoliyat ko'rsatmoqdalar. 1994-yilda O'zhekiston va Pokiston o'rtasida tovar ayirboshlash hajmi 4,3 mln. AQSH dollarini lashkil etdi. O'zbekistonPokistonga charm xomashyosi, pilla. shoyi matolar, shisha. billur, yengil sanoat uchun mashina va uskunalar eksporl qilmokda. Pokistondan esa xalq iste'moli mollari, xususan, tayyor kiyimlar, poyafzal, charm buyumlar, какао va shakar keltirilmoqda.

1992— yil 24-25-noyabr kunlari respublikamiz Prezidenti LKari-movning Eron Islom Jumhuriyatiga rasmiy davlat tashrifi O'zbekiston va Eron o'rtasida davlatlararo aloqalarga asos soldi. Safar chog'ida «O'zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Jumhuriyati o'rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari to'g'risida» Deklaratsiya, havo transporti sohasidagi hamjihatlik to'g'risida memorandum, iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi hamjihatlik to'g'risida memorandum, pochta, telefon va telegraf sohasidagi hamjihatlik to'g'risida memorandum, davlat Markaziy banklari o'rtasida bitim imzolandi. 1993- yil 18-oktabrda Eron Prezidenti Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniyning O'zbekistonga rasmiy tashrifbilan kelishi ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalarni yanada kengayishiga ko'maklashdi. Safar chog'ida tranzit aloqalarni tartibga solish to'g'risida hamda xalqaro O'zbekiston bilan Eron o'rtasidagi o'zaro aloqalar transport sohasida keng rivojlandi. 1006-yilda O'zbekiston Eron hududi orqali 34 ming tonna yuk tashigan bo'lsa, 2001- yili lui korsatkich 487 ming tonnani tashkil etdi. 2001- yili O'zbekiston hududi orqali Eronning 750 ming tonna tranzit yuki olib o'tildi. O'zbekiston yuklari asosan Eronning Bander Abbos va Chobahor portlari orqali Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasiga chiqarilmoqda. 2002 - yil boshlarigacha Eron tadbirkorlari sarmoyalari ishtirokida mamlakatimizda 50 gа yaqin Ovbekiston-Eron qo'shma korxonasi barpo etildi va ular asosan ishlab chiqarish bilan shlug'ullanmoqda.

2002— yil 26-aprel kuni Eron Prezidenti Sayyid Muhammad Hotamiyning O'zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi paytida O'zbekiston va Eron o'rtasida imzolangan ikki tomonlama soliqqa tortilishga yo'l qo'ymaslik, daromad va sarmoya soliqlariga taalluqli ma'lumotlarni almashish, transport vositalari haydovchilari uchun viza masalalarini yengillashtirish, O'zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlar palatasi bilan Eronning savdo, sanoat va tog'-kon sanoati palatasi o'rtasida hamkorlik to'g'risida hujjatlar ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini yanada boyitdi.

O'zbekiston Prezidenti I.Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy tashrifbilan Saudiya Arabistoni, Misrda bo'ldi va ular bilan davlatlararo munosabatlarning asoslari to'g'risida shartnomalar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bitimlari imzolandi. Saudiya Arabistoni, Misr davlat va hukumat vakillarining O'zbekistonga rasmiy safari paytida imzolangan hujjatlar esa davlatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. O'zbekistonlik yoshlar Kohira universitetida, «Al-Azhor» va «Ayn Shams» universitetlarida, Misrliklar Toshkent texnika va agrar universitetlarida tahsil ko'rmoqdalar. Toshkentda Misr Respublika-sining fan va ta'lim markazi faol ishlab turibdi.

1992— yilda O'zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO)ga a'zo bo'lib kirdi.

O'zbekistonning yirik mamlakat - Hindiston bilan aloqalari kengayib bormoqda. 1993— yil 23-25-may kunlari Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao davlat tashrifi bilan O'zbekistonda bo'ldi. Safar kunlarida «O'zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi o'rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to'g'risida» shartnoma, foyda va mulkka ikki yoqlama soliq solmaslik to'g'risida, havo yo'llari to'g'risida va savdo-iqtisodiy hamkorlik to'g'risida bitimlar imzolandi.

O'zbekiston Prezidenti I.Karimovning 1993— yil 17-19-avgust kunlari Hindistonga rasmiy tashrifi chog'ida ikki mamlakat o'rtasida iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnikaviy hamkorlik to'g'risida bitim, madaniyat, sog'liqni saqlash, fan, texnika, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to'g'risida bitim imzolandi. O'zbekiston bilan Hindiston o'rtasidagi hamkorlik kengayib bormoqda. 1995— yil 25-avgust kuni Toshkent shahrida Hindistonning «TATA Projekt LTD» firmasi tomonidan qurib bitkazilgan 600 o'rinli salomatlik zali, majlislar xonasi, servis xizmati, yer osti garaji, sauna, barlari, katta restoranlari bo'lgan zamonaviy mehmonxona-ning ochilishi fikrimizning dalilidir.

Ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik munosabatlarini Tslom Karimovning 2000— yil l-3-may kunlari Hindistonga qilgan safari yanada yuqori pog'onaga ko'tardi. Safar paytida O'zbekiston Prezidenti Hindiston Prezidenti va Bosh vaziri bilan muzokaralar olib borib, iming yakunida 10 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Ular orasida xalqaro jinoyatchilik, terrorchilik, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarog' kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashga qaratilgan O'zbekiston bilan Hindiston o'rtasida hamkorlik to'g'risida Qo'shma bayonot, jinoyat-qidiruv ishlarida huquqiy yordam va ekstraditsiya to'g'risidagi shartnoma muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, iqtisodiy, madaniy, ta'lim, axborot, bojxona sohalari bo'yicha hamkorlik qilish bo'yicha hujjatlar imzolandi.

O'zbekiston va Hindiston o'rtasida o'zaro manfaatli aloqalarga xizmat qiluvchi 40 ga yaqin hujjatlar qabul qilingan. O'zbekistonda 2000— yilda Hindiston bilan hamkorlikda tashkil etilgan 30 ga yaqin qo'shma korxona faoliyat ko'rsatmoqda.




Download 27,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish