Federativ davlat – bir necha davlatning bitta davlat bo‘lib birlashishi. Federativ davlatga birlashgan davlatlar mustaqilligini saqlaganlari holda yagona federativ davlat organlariga, yagona armiyaga ega.
Xalqaro mehnat taqsimoti – ijtimoiy territorial mehnat taqsimotining oliy formasi, ayrim mamlakatlarning almashish (sotish) uchun muayyan turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashishi.
Shartli yoqilg‘i – issiqlik berish quvvati 7000 kkal/kg ga baravar deb qabul qilingan yoqilg‘i. Shartli yoqilg‘i turli yoqilg‘ilarning issiqlik quvvatini taqqoslashga imkon beradi.
Ekologiya – organizmlar bilan tabiiy muhit o‘rtasidagi aloqalarni, ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganuvchi fan.
Emigrasiya – kishilarning doimiy yashash uchun yoki uzoqroq muddatga, bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga majburiy yoki ixtiyoriy ko‘chib ketishi.
Yalpi mahsulot – muayyan vaqt ichida biron sanoat korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning pul hisobidagi umumiy qiymati; yalpi ijtimoiy mahsulotning sanoat va qishloq xo‘jaligida vujudga keltirlgan qismi.
Zamon – tabiiy va iqtisodiy geografik jarayonlarning o‘tayotgan vaqt (yil)lar davomida kechishi.
Makon – tabiiy va iqtisodiy geografik jarayonlarning ma’lum geografik muhit (jami gidrosfera, litosferaning ustki qismi va atmosferaning qo‘yi qatlamlari)doirasida kechishi.
Moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari – mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bevosita aloqador xo‘jalik tarmoqlari – sanoat, qishloq xo‘jaligi, hududlararo aloqalarni amalga oshirishda qatnashadigan transport hamda qurilish, aloqa va boshqalar.
Nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlar – jamiyatning ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan (maorif, fan, sog‘liqni saqlash, san’at, sport, turizm va turli xizmat doirasi) tarmoqlaridir.
Geosiyosiy o‘rni – hudud (davlat)ning siyosiy geografik o‘rni. Bunda hudud (davlat)ning o‘zaro siyosiy-iqtsodiy munosabatlarni tashkil etish, tinchlikni ximoya qilish imkoniyatlari muhim rol uynaydi.
Tabiiy sharoit – insonning yashash va mehnat qilish sharoitini ta’minlovchi tabiat unsurlari va quvvat (energiya)dir. Ular joylarining yer usti tuzilishi, iqlimi, yer-suv sharoitlaridir.
Tabiiy resurs – insonning yashash va ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita foydalanadigan barcha turdagi tabiat ne’matlaridir. Ular tugamaydigan (quyosh, shamol, okean, yer ichki energiyasi, yadro energiyasi kabilar) va tugaydigan (o‘simlik, hayvonot, tuproq, o‘rmon, rekreatsiya, mineral boyliklar) resurslariga bo‘linadi.
Iqtisodiy makon – ishlab chiqarish tarmoqlari odatda samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun tusiqlarsiz keng harakatlanish uchun sharoit bo‘lishi talab etiladi. Bunda ma’muriy-siyosiy cheklashlar, davlatlar va hududlararo chegaralar bartaraf etilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |