Markaziy osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Download 5,19 Mb.
bet14/80
Sana08.06.2022
Hajmi5,19 Mb.
#643114
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80
Bog'liq
Markaziy osiyo davlatlari

3.7-jadval
Go‘sht sanoatida muhim mahsulot turlarini yetkazib berish, ming t



Mahsulot turlari

1999 y

2000 y

2001 y

2002 y

2005 y

2015 у

1

Go‘sht mahsulotlari shundan:

99,1

77,2

74,3

67,3

65,7

68,3

2

Sigir va buzoq go‘shti

51,9

36,9

32,0

20,8

22,5

32,2

3

Qo‘y go‘shti

12,7

12,4

12,7

12,4

12,7

12,3

4

Cho‘chqa go‘shti

7,8

10,8

9,8

5,9

4,8

3,8

5

Parranda go‘shti

12,6

14,6

17,2

25,2

28,2

26,7

6

Yuqori sifatli go‘sht va go‘sht mahsulotlari turlari

14,6

2,5

3,6

3,0

4,8

6,8

Manba: Axmetov.YE.A. va boshqalar. Qozog‘istonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi.
Ular orasida Semipalatinsk, Aqto‘be, Petropavlovsk, Ural, Taraz, Shimkent go‘sht kombinatlari yirikligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa Shimoliy Qozog‘iston, Sharqiy Qozog‘iston va Janubiy Qozog‘iston oblastlari asosiy go‘sht mahsulotlari yetkazib beruvchi rayonlardir. Jumladan, mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ko‘ra Semey go‘sht kombinati MDHda faqat Moskva va Sankt-Peterburg korxonalaridan keyin turadi. Bu kombinat molning tirik vaznining 98 %-ni foydalanib, 100 dan ortiq mahsulotlar turini yetkazib beradi.
Sut - oziq-ovqat industriyasi tarmoqlarining asosiy mahsulotlaridan hisoblanadi. 2013 yil statistik ma’lumotlariga ko‘ra xo‘jalikning barcha turlarida sut yetkazib berish 6,1 mln t-ni tashkil etdi, har bir sigirdan 3128 kg sut sog‘ib olindi. Almati, Qarag‘anda, Qustanay, Ko‘kchetau, Shimkent, Pavlodar shaharlarida eng yirik sut-konserva kombinatlari joylashgan. Almati, Qustanay, Ko‘kchatau sut kombinatlari sut mahsulotlarining 75 %-ni yetkazib bermoqda.
Tarmoqning ikkinchi sohasi dehqonchilik mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlaridir. Bular: 1) un-elovator kombinatlari. Ularning eng yiriklari Petropovlovsk, Kustanay, Aqmo‘la, Qarag‘anda, Semey, Almati, Shimkent korxonalaridir; 2) Ural va Aktyubinskdagi tariqni qayta ishlash; 3) Uskemendagi grechixani qayta ishlash; 4) Qizil O‘rdadagi sholini oqlash korxonalaridir.
Bu sohaning muhim yo‘nalishlaridan biri qand lavlagini qayta ishlash tarmog‘idir. Taraz, Taldiqo‘rg‘on oblastlarida 10 ga yaqin shakar, Taraz shahrida qand – rafinad zavodlari mahsulot bermoqda. 2015 yilda mamlakatda 481419 t qand va shakar yetkazib berildi. Respublikada o‘simlik moyi (paxtachilik rayonlarida) kungaboqar (Sharqiy Qozog‘iston va Pavlodar oblastlarida) moyi ishlab chiqarish, meva va sabzavot konservachiligi (Janubiy Qozog‘iston) tarmoqlari ham ma’lum darajada rivojlangan. Bularga qo‘shimcha Atirau, Bautino, Baliqchi, Zaysan, Balxashdagi yirik baliq konserva kombinatlarini ham qayd qilmoq kerak.
Almati viloyatida ekiladigan sariq tamakini foydalanib ishlaydigan Almati tamaki kombinati – Qozog‘istondagi tamaki ishlab chiqaruvchi asosiy korxonadir. Uni 1993 yildan boshlab AQShning “Filip Morris” firmasi boshqarib kelmoqda. Kompaniya Almati viloyatining Shelek tumanida tamaki yetishtirmoqda.
5. Ma’lumki qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi yer resurslariga asoslangan. 2015 yil statistik ma’lumotlari bo‘yicha, respublikaning jami qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar 78,6 mln gektarni tashkil qildi.
Respublika qishloq xo‘jaligining muhim hususiyatlaridan biri ishlab chiqarilayotgan jami mahsulotlari hissasida dehqonchilikning ustunlik qilishidir. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dehqonchilikning hissasiga 56,9 % dan ko‘proq qishloq xo‘jalik mahsulotlari to‘g‘ri keladi.
Qozog‘iston yer resurslari va ularning ko‘lami MDH bo‘yicha eng katta. Ayniqsa foydalanadigan va ishlov beriladigan (haydaladigan) yerlar hajmi, ularning aholi jon boshiga to‘g‘ri kelishiga ko‘ra eng yaxshi sharoitga ega. Masalan, xaydaladigan yerlar aholi jon boshiga MDHda o‘rtacha 1,3ga, O‘zbekistonda 0,2ga to‘g‘ri kelgani holda, Qozog‘istonda 2,2 ga dan to‘g‘ri keladi.
Respublikada dehqonchilik rayonlari asosan shimoliy, shimoli-g‘arbiy, sharqiy hududlarni va janubda tog‘ etaklarida o‘zlashtirilgan yerlarda mavjud. Jami dehqonchilik qilinadigan yerlar 2015 yil ma’lumoti bo‘yicha 18 mln ga-ni tashkil etdi.
Odatda dehqonchilik tarmoqlari donchilik, texnika ekinlari, kartoshka-sabzavot-polizchilik va yem-xashak ekinlari tarmoqlar guruhiga bo‘linadi. 2015 yil ma’lumotiga ko‘ra jami ekin maydonlarining 79 % donli ekinlar, 3,4 % texnika ekinlari, 1,8 % kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari hamda 15,8 % yem-xashak ekinlari bilan band bo‘lgan. Bu ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, Markaziy osiyo davlatlariorasida Qozog‘istonda donli ekinlar va yem-xashak ekinlari eng ko‘p maydonlarda, aksincha texnika va sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari eng kam maydonlarda ekilmoqda.
Qozog‘iston ekin maydonlari MDHda Rossiyadangina orqada, jami Markaziy Osiyo mintaqasi ekin maydonlaridan esa 4,5 baravarga yaqin kattadir.
Donli ekinlarning 60% dan ko‘prog‘i Shimoliy Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keladi va asosan bahorgi bug‘doy ekiladi. Respublika yalpi don mahsulotalri yetishtirishda MDH-da faqat Rossiya va Ukrainadan keyinda turadi, don mahsulotlari yetishtirish va uni eksport qilishda MDHda yetakchilik qiladi, jahonda esa birinchi beshlik mamlakatlari qatoridan o‘rin oladi – AQSH, Kanada, Yevropa Ittifoqi va Avstraliyadan keyin. Donli ekinlardan bug‘doy, arpa, javdar (Shimoliy Qozog‘iston), bug‘doy, sholi, makkajo‘xori (Janubiy Qozog‘iston), bug‘doy, makkajo‘xori (Sharqiy Qozog‘iston), arpa, tariq (G‘arbiy Qozog‘iston) ekiladi. 2015 yil Qozog‘istonning qishloq xo‘jaligida 16 mln 452 ming t. don mahsulotlari yetishtirildi. Shundan, bug‘doy-14 mln 495 ming t., arpa-1mln 438 ming t., makkajo‘xori-94 ming t., sholi-164 ming t., suli-120 ming t., qoraqumiq-35 ming t., tariq-55 ming t., qorabug‘doy- 41 ming t.
Texnika ekinlaridan Janubiy Qozog‘istonda paxta, qand lavlagi, tamaki, Sharqiy va Shimoliy Qozog‘istonda kungaboqar, zig‘ir ko‘proq ekiladi.
Kartoshka eng ko‘p Shimoliy Qozog‘istonda, sabzavot va poliz ekinlari ko‘proq Janubiy Qozog‘istonda asosan sun’iy sug‘oriladigan maydonlarda ekiladi.
Yem-xashak (beda, makkajo‘xori, raps va boshqalar) ekinlari maydoni chorvachilik ehtiyojlari uchun doimo kengaytirib kelinmoqda va u Qozog‘istonning barcha dehqonchilik rayonlariga xosdir.
Qozog‘istonda uzumchilik va bog‘dorchilik ham o‘z o‘rniga ega, u Tyanshan tog‘lari etaklari (Almati atroflari), ayniqsa Shimkent viloyatining sug‘oriladigan janubiy rayonlarida rivojlangan. Ammo respublikaning boshqa mintaqalarida iqlimiy sharoitlari tufayli bog‘dorchilikni (uzumchilik haqida gap ham bo‘lishi qiyin) rivojlantirish cheklangan.
Chorvachilik Qozog‘istonning yosh va qadimiy tarmog‘i. Bu tarmoq qoramolchilik, yilqichilik, tuyachilik, qo‘ychilik, cho‘chqachilik, bug‘ichilik va parrandachilik tarmoqlariga bo‘linadi.
Chorvachilikning yetakchi tarmog‘i qo‘ychilikdir. Bu tarmoqni qozoq o‘lkasining qadimiy milliy tarmog‘i deyish mumkin. U Qozog‘istonning barcha rayonlari chorvachiligida yetakchi tarmoq hisoblansa-da, eng ko‘p Janubiy, G‘arbiy va Sharqiy Qozog‘iston rayonlarida rivojlangan. Ularda jami respublika qo‘ylarining 87 % boqiladi.
Qo‘y podalarining o‘sish dinamikasi quyidagicha (mln bosh hisobida): 1928 yilda – 19,2, 1934 yilda – 2,3, 1941 yilda – 8,1, 1954 yilda – 18,4, 1960 yilda – 28,9, 1980 yilda – 36,2, 1995 yilda – 25,1, 2005 yilda – 13,4, 2015 yilda 17,8 .
Qozog‘istonda dumbali, qorako‘l, mayin va yarim mayin junli qo‘ychilik sohalari keng yoyilgan. Shulardan dumbali va qorako‘l qo‘ylari Janubiy va G‘arbiy Qozog‘iston, mayin va yarim mayin junli qo‘ylar Qozog‘istonning boshqa rayonlarida keng tarqalgan.

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish