4-asosiy savol bayoni: [Bizning iqtisodiy, madaniy va ma’naviy munosabatlarimiz juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, o’tgan asrning 60-yillarida birgina Toshkent shahridan Qozog’iston tomonga har yili 40-50 ming tuyadan iborat savdo karvonlari muntazam qatnab turgan. Buxoro va Farg’ona vodiysidan boradigan karvonlarni ham qo’shib hisoblasak, bu raqam yanada ortadi. O’zbekistondan Qozoq ovullariga gazmollar, kiyim-kechak, uy-ro’zg’or buyumlari olib borilgan bo’lsa, qozoqlar yurtidan o’n minglab qo’y, ot-tuya, qoramol, kigiz, palos, jun, teri, oziq-ovqat, pista ko’mir va boshqa mollar keltirilgan. Ko’rinib turibdiki, donishmand ota-bobolarimiz bugun biz “yagona iqtisodiy makon” deb atayotgan iqtisodiy tizimni o’sha paytdayoq shakllantirib ulgurganlar. Orol fojeasi-mevasini “yagona sovet xalqi” bilan baham ko’rgan bo’lsak, uning “achchiq mevasi”-yolg’iz o’zimizniki (I.A.Karimov. 1994-yil.23 may-Qozog’iston kunlari O’zbekistonda).
Ota yurtimiz Turkiston-katta bir uy, buyuk bir ro’zg’or, buyuk bir oila. Bu oila farzandlari qanchalik yaqin va ahil bo’lsa, ro’zg’or ham obod va to’kin bo’ladi. Mintaqa mamlakatlari integratsiyasi, birlashuvi uchun xizmat qiladigan-jamoatchilik harakati tuzilsa va nomi “Turkiston-umumiy uyimiz” deb nomlansa (I.A.Karimov. 1995 5.05. Oliy majlis ikkinchi sessiyasidagi nutqi).
“Manas”-turkiy madaniyatning ulkan boyligidir-Qirg’iz xalqining ulug’ o’g’loni Manasning suyukli umr yo’ldoshi, elkadoshi, tog’u tayanchi kim bo’lgan? Bu Buxoro xonining suyukli qizi Xonikey bo’lgan. Xonikeyning singlisi Aruka manasning tutungan ukasi Almambetning xotini ekan. Buxoro xonining yana bir qizi esa-Sari Arkadagi qozoq xoni Ko’kcha botirning ayoli bo’lgan (I.A.Karimov. Bishkekda «Manas» eposining ming yilligida so’zlagan nutqi. 1995.28.08).
Maxtumquli Xivadagi Sherg’ozixon madrasasida tahsil olgan, Alisher Navoiydek buyuk allomani o’ziga ustoz deb bilgani xalqlarimiz o’rtasidagi abadiy do’stlikning ajoyib namunasidir (I.A.Karimov. Xiva shahrida buyuk turkman shoiri Maxtumquli haykali ochilishida so’zlagan nutqidan. 1996.28.noyabr).
Hozirgi davlatlar ikki turga bo’linadi: polietnik (ko’p elatli va mono etnik (bir elatli). Er sharida 1600 dan ortiq etnik guruh yashaydi. Dunyoning haqiqiy boyligi, qadriyatlarni o’zaro ayir boshlagan, bir-birini boyitish imkoniyati asosidagi xilma-xillikdadir.Markaziy Osiyo hududida 100 dan ortiq millat va elat yashaydi. O’zbekistonda va Markaziy Osiyo mintaqasida millatlararo munosabatlarga xavf solinmoqdami?
Zamin mavjud:
1. Markaziy Osiyo respublikalarining hududiy-ma’muriy chegaralarini vujudga keltirish sohasida Rossiya imperiyasi olib borgan va sovet hokimiyati davom ettirgan siyosat;
2. Chor Rossiyasi, so’ngra Sovet davlatining aniq maqsadga qaratilgan siyosati, mintaqada aholini poli etnik tarkibi yanada xilma-xil bo’lishiga olib keldi. 100 dan ortiq millat va elat yashamoqda. 20 ga yaqin millat vakillari Stalin qatag’oni natijasida surgun qilinganlar;
3. Etnik-nufus vaziyat ham tahdid soladi (mustamlakaga aylantirish, 20-30 yillardagi sanoatlashtirish, xalqlarni departatsiya qilish va majburiy ko’chirish, urbanizatsiya jarayonlarining faollashuvi va boshqalar).
Bular hammasi yangi mustaqil davlatlarga meros bo’lib qoldi. Shu tufayli millatlararo va elatlar ichidagi o’zaro aloqalar muammolari strategik ahamiyatga ega bo’lib bormoqda va mintaqada davlatlararo munosabatlarni yo’lga qo’yishda alohida e’tibor berishni talab qilmoqda (I.A.Karimov “O’zbekiston 21 asr bo’saqasida” kitobida olingan 1997yil). Manba. O’zbekiston-umumiy uyimiz. M.Nurmatova-T.:O’zbekiston, 2001. 238 bet].
Do'stlaringiz bilan baham: |