Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi


-asosiy savol bayoni: Markaziy Osiyo davlatlarining



Download 2,27 Mb.
bet14/93
Sana10.04.2023
Hajmi2,27 Mb.
#926740
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   93
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

1-asosiy savol bayoni: Markaziy Osiyo davlatlarining tabiiy va iqtisodiy-geografik hamda ijtimoiy-tarixiy rivojlanishi jarayoni ko’p hollarda umumiy yaqinlikka, o’xshashlikka ega. Ana shu ko’p qirrali o’xshashlik, umumiylik mazkur hududda yashab kelgan halqlar taqdirini bir-birlari bilan bog’lab kelgan. Bular quyidagilardir:
Tabiiy-geografik o’xshashliklari: ularning deyarli har biri dunyo okeani va dengizlaridan baravar uzokda, sayyoramizdagi eng ulkan Evrosiyo materigining markazida joylashgan. Jumladan, masofa eng yaqin Hind okeanidan 1-1,5 ming km, Shimoliy Muz okeanidan 2-2,5 ming km, Atlantika okeanidan 3-3,5 ming km, hamda Tinch okeandan 5-5,5 ming km uzoqda joylashgan. Masofa va relefi xususiyatlariga ko’ra mintaqaning iqlimiga Hind va Tinch okeanlarining ta’siri deyarli yuq. Shimoliy Muz va Atlantika okeanlariniki esa anchagina. Shimoliy yarim sharning Markaziy kengliklarida joylashgan ushbu davlatlarning iqlimiy xususiyatlari shu sabablarga ko’ra asosan kontinental, ko’p hollarda keskil kontinentaldir. Shuningdek, relef-geologik xususiyatlari o’lkaning o’ziga xos iqtisodiy geografik imkoniyatlarini keltirib chiqaradi.
Iqtisodiy-georafik o’xshashliklari avvalo mazkur davlatlarinng turli tabiiy boyliklarga va aholisining o’ziga xos demografik ko’rsatkichlarga, egaligi, mehnat resurslariga boyligi, diniy e’tiqodlarining yaxlitligi, yagona atrof-muhit va iqlim ko’rsatkichlari asosida, aholining yashash va ishlab chiqarish faoliyatlari (sug’orma dehqonchilik) ning o’xshashligi, mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasining yakinligi, sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashganligi bilan belgilanadi. Xususan. Mintaqa davlatlari iqtisodiyoti sobiq ittifoq davrida asosan xom ashyo, yarim xom ashyo ishlab chiqarishgagina ihtisoslashgan edi.
Ularning barchasida xam paxta, pilla, g’alla, issiqsevar ekinlari kabi qishloq xo’jalik mahsulotlari, neft va gaz, rangli, qimmatbaho va nodir metallar, ayrim kimyoviy va binokorlik mahsulotlari ishlab chiqarish iqtisodiyotida asosiy o’rin tutib kelgan. Qolaversa, mamlakatlarning bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishdagi imkoniyatlari ham bir-birlariga juda o’xshash.
Ijtimoiy-tarixiy birligi esa necha yuz yillar davomida turkiy va forsiy halqlarning iqtisodiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-etnik yo’nalishlardagi o’xshashligi va uyg’unligida ko’zga tashlandi. Ularning siyosiy-davlatchilik tarixi ham bir-birlariga ancha yaqin. Qadimdan «Buyuk ipak yo’li» bu mintaqa hududlarini birlashtirib, taraqqiyot uchun katta imkoniyatlar yaratgan. Mustaqillik yillarida Tajan-Seraxs-Mashhad, «Traseka», Andijon-Osh-Qashqar kabi jahon bozorlariga olib chiquvchi yo’llarning barpo etilishi natijasida yangi texnik imkoniyatdan foydalangan holda ushbu qadimiy yo’l yanada kengroq doirada Atlantika va Tinch okeanlari oralig’idagi o’nlarcha davlatlarni bir-birlariga tutashtirmoqda. Oqibat natijada mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlari yanada oshmoqda.
Mazkur imkoniyatlar mintaqaning muhim geosiyosiy o’rnini belgilab bermoqda. Hozirgi paytda dunyoning etakchi G’arb va Sharq davlatlari, hamda Rossiyaning mintaqada mustahkam o’rnashib olishi yulidagi kurashini ana shunday tushunmoq kerak. Shuningdek, mintaqa davlatlari geosiyosiy o’rnini shakllanishida islom fundamentalizmi va diniy ekstremistik kuchlarning o’rni bor. Afg’oniston, Tojikiston, Chechenistonda kechgan voqealar MO davlatlarining diniy ekstremistik ekspansiyasiga qarshi, hozirgi sharoitdan kelib chiqib, birgalikda harakat qilishlarini talab etadi.
Hozirgi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish davrida, o’ziga xos turli tashqi xavfga qarshi kurashish talablari MOD halqlari tomonidan to’la-to’kis ko’plab quvvatlanmoqda, Prezident I.Karimov tomonidai 1995 yilda Markaziyga tashlangan “Turkiston – umumiy uyimiz” g’oyasi hozirgi davrda quloch yozmoqda. Uning isboti bo’lib, barcha Markaziy Osiyo mintaqasini qamrab olgan Markaziy Osiyo xalqlari madaniy Assambleyasining faoliyati, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarda rivojlanib borayotgan yondashuvlar, uchrashuvlar hisoblanadi.
Markaziy Osiyo mintaqasi O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridan tashkil topgan bo’lib, umumiy maydoni 4 mln km2 dan ziyod va aholisi 65 mln kishidan ortiq. U dunyo hududining 3 % dan ko’prog’ini va aholisining 1 % ga yaqinini tashkil etadi. Markaziy Osiyo mintaqasining tabiiy sharoiti o’ta xilma-xil, hududi resurslarga boy.
Tabiiy sharoit deb insonning yashash va mehnat qilish sharoitini kelib chiqishiga daxldor bo’lgan tabiat unsurlari va quvvatlariga aytiladi. Bular joylarning relefi, iqlimi, tuproq-suv kabi sharoitlaridir.
Mintaqa relefi xususiyatlarida tekisliklar Qozog’iston, Turkmaniston va O’zbekiston davlatlarida ahamiyatli bo’lib, mintaqa hududining ¾ qismini tashkil qiladi. Tog’lar va yassi tog’liklar mintaqa hududining atigi ¼ qismini egallaydi va Tojikiston hamda Qirg’izistonga xosdir. Ular respublikalar iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Jumladan, tekislik hududli respublikalarda ekin maydonlarini kengaytirish, turli qurilishlar (ishlab chiqarish va uy-joy, gidrotexnika, kommunikatsiya inshoatlari) ni tashkil qilish imkoniyatlari tog’li respublikalarga nisbatan ancha yuqori. Gidroenergetik, rekreatsiya resurslariga va suv manbalariga esa, aksincha tog’li hududlar boy.
Mintaqaning iqlimiy hususiyatlari uning okean va dengizlardan uzoqligi va berk havzada joylashganligi, relefi xususiyatlaridan kelib chiqadi. Shu tufayli shimoldan janubga tomon bir nechta tabiat zonalari bir-birini almashtiradi.
Regionning umumiy iqlimiy xususiyatlari qatoriga qish faslini nisbatan qisqa va qahrligi, sernamligi, yozning esa nisbatan davomiyligi, jazirama issiqligi quruqligi, yil fasllari o’rtasida harorat amplitudasining ancha kattaligi (kontinentalligi), yog’in miqdorining tekislikda kamligi (100-150mm), unga ancha qurg’oqchilik xosligi, balandlik va tog’li hududlar tomon yog’in miqdorining oshib borishi (350-700mm) ning xosligi. Mintaqaning qurg’oqchil kontinental tabiiy sharoiti uning asosiy qismida xo’jalik ishlarini tashkil qilishda sun’iy sug’orish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mintaqaning shimoldan janubga tomon sug’oriladigan maydonlari hajmi ortib va bahorikor maydonlari esa kamayib borishi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, Markaziy Osiyo hududi turli xil tabiiy resurslarga boydir. Mintaqada ayniqsa mineral tabiiy resurslar hamda quyosh, oqar suv (daryo), shamol geotermal kabi energiya resurslari dunyoviy ahamiyatga molik, aksincha, suv, o’rmon resurslari esa ancha kam.
Hozirgi vaqtda iqtisodiy jihatdan eng ahamiyatli tabiiy resurs turini mineral tabiiy boyliklari (er osti qazilma boyliklari) tashkil etadi. Mintaqada er osti qazilma boyliklarining deyarli barcha turlari mavjud.
Mintaqa yoqilg’i-energetika resurslariga juda boy. Ko’mir Turkmanistondan boshqa barcha mamlakatlarda mavjud. Eng katta ko’mir zahiralariga Qozog’iston ega. Keyingi o’rinlarda O’zbekiston, Qirg’iziston va Tojikiston turadi.
Neft barcha mamlakatlarda topilgan. Uning zahiralari ayniqsa Qozog’iston, Turkmaniston va O’zbekistonda katta, aksincha tog’li respublikalarda kam.
Tabiiy gazga tekislik davlatlari–Turkmaniston, O’zbekiston va Qozog’iston ancha boy. Ammo Qirg’iziston va Tojikistonda uning ahamiyatli konlari hozirgacha topilmagan.
Mintaqa mamlakatlaridan temir rudasiga faqat Qozog’iston boy, boshqa davlatlarda uning sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan konlari uchramaydi. Lekin rangdor metallardan misga hamda polimetal rudalariga Qozog’iston va O’zbekiston, simob va surmaga Qirg’iziston va Tojikiston boy. Faqat Turkmanistonda deyarli metalli qazilma boyliklar konlari uchramaydi.
Markaziy Osiyo hududlari kimyoviy mineral resurslarga ham ancha boy. Jumladan fosforitning yirik konlari Qozog’iston va O’zbekistonda mavjud. Turli tuz konlari mintaqaning barcha davlatlarida katta zahiralarda ega. Yirik oltingugurt koni esa faqat Turkmanistonda mavjud. Mineral qurilish materiallari barcha davlatlarda katta zahiralarga ega.
Markaziy Osiyo davlatlari er-suv resurslari bilan turlicha ta’minlangan. Agar Qozog’iston, Turkmaniston va O’zbekiston xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan er resurslariga ancha boy bo’lsa, tog’li Tojikiston va Qirg’izistonda bunday resurslar, ayniqsa ishlov beriladigan maydonlar cheklangan.
Mintaqa davlatlari qimmatli tabiiy resurslar turi hisoblanadigan suv va o’rmon resurslari bilan ham turlicha ta’minlangan. Suvga tog’li respublikalar boy, qolgan davlatlar nisbatan kambag’al.
Tayanch tushunchalar: Geosiyosiy o’rni – hudud (davlat)ning siyosiy geografik o’rni. Bunda hudud (davlat)ning o’zaro siyosiy-iqtsodiy munosabatlarni tashkil etish, tinchlikni himoya qilish imkoniyatlari muhim rol o’ynaydi. Tabiiy sharoit – insonning yashash va mehnat qilish sharoitini ta’minlovchi tabiat unsurlari va quvvat (energiya)dir. Ular joylarining er usti tuzilishi, iqlimi, er-suv sharoitlaridir. Tabiiy resurs – insonning yashash va ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita foydalanadigan barcha turdagi tabiat ne’matlaridir. Ular tugamaydigan (quyosh, shamol, okean, er ichki energiyasi, yadro energiyasi kabilar) va tugaydigan (o’simlik, hayvonot, tuproq, o’rmon, rekreatsiya, mineral boyliklar) resurslariga bo’linadi.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish