Markaziy bankning mustaqilligi


Federal zaxira tizimining norasmiy tuzilishi



Download 0,7 Mb.
bet8/13
Sana14.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#794005
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
MARKAZIY BANKNING MUSTAQILLIGI

Federal zaxira tizimining norasmiy tuzilishi.
Federal rezerv Qonuni va boshka qonuniy xujjatldarni urgangan paytda biz FZTning rasmiy tuzilishi va monetar siyosatga tegishli qarorlarni kim qabul qilishini ko’ramiz. Ammo qonunchilikdagi belgilangan faoliyat qarorlarni qabul qilinish tartibi va xukmronlikni xakikiy bulinmasini tulik kursatmaydi.
FZT yaratuvchilari 1913 yilda bu tizim 12ta aloxida o`zaro aloqador markaziy bnklarni birlashtiruvchi butunlay nomarkazlashgan tizim bulishi kerarkligi haqida fikr berishgan. Boshlangich rejada FZT foiz stavkalarini boshqarib, pul massasini nazoratini olib borishda iqtisodiyotni axvoliga umuman ma’sul emasligi belgilangandi. Keyinchalik FZT iqtisodni barqarorlashishiga javob bera boshladi va u bilan o`zini yagona markaziy bank bo’lib aylanishiga yordam berdi.
1913 yilda federal zaxira Qonuni mualliflari FZT monetar siyosatni boshqarishda faqat bitta instrument ya’ni FZTga kiruvchi banklarning diskont ssudalarini boshqarish orqali ishlatadi. Ochiq bozordagi operatsiyalarni ishlatilishi oxirgacha tushunasiz edi, chunki zaxira talablari Federal zaxira Qonuni bilan mustaxkamlanardi. Diskont ssudalar federal zaxira banklari va Federal zaxira Kengashi qarori bilan birgalikda berilardi, shuningdek ikkalasi ham monetar siyosatni belgilashi mumkin. Ammo, kengashning diskont stavkani «tekshirib tasdiqlash» qarori, shu siyosatni belgilashda viloyat banklari ustidan xukmronlik qilishga huquq berardi.
Buyuk Depressiya davrida qaytadan tiklangan FZT boshqaruv Kengashining markazlashgan hukmi qonuniylashgan edi. Monetar siyosatning 2ta instrumenti tasarrufiga o`tdi, - ochiq bozordagi operatsiyalar va zaxira talablarining o`zgartirilishi. 1933 yildagi Bank tizimi haqidagi Qonun FOMCga ochiq bozorni boshqarish imkonini, 1935 yildagi bank tizimi haqidagi qonun esa boshqaruv kengashiga FOMCdagi ko`proq ovoz berishni va zaxira talablarini o`zgartirishga huquq berdi. 1930 yillardan boshlab FZT boshqaruv kengashi tasarrufiga monetar siyosatning barcha instrumentlari kirdi. So`nggi yillarda uning xukmi o’sib bordi. Kengash qarori bilan direktorlar federal zaxira banklari prezidentlari tayinlansada, ko`pincha amaliyotda kengash viloyat banklari direktorlariga o’z nomzodlarini (iqtisodchilarni) bank prezident lavozimiga taklif etadilar va direktorlar ham shu taklif bilan qo`shiladilar. Bank prezidentining okladini belgilaganda vahxar bir bank byudjetini tekshirganda boshqaruv Kengashi qo’shimcha ravishda viloyat banklari faoliyatiga ham ta’sir qiladi.
Agar boshqaruv Kengashining hukmi shunday bo`lsa u xolda Federal konsultativ kengash va FZB egalari FZT tasarufidagi banklar amaliyotda qanday huquqlarga ega? Umuman xech qanday. FZT ishtirokchi banklari FZB aksiyalari egalari bo`lsa ham ular uz mulkidan xech qanday foyda ko`rmaydilar. Birinchidan ular, FZT kancha daromad olganiga qaramasdan yiliga 6%dan ko’p bo`lmagan dividentga ega. Ikkinchidan ular xususiy korporatsiya aksionerlaridan ko’ra FZTda mulki qanday ishlatilishiga ta’sir qilmaydilar. Uchinchidan odatda o`ta direktorlik joyiga faqat 1tadan nomzod bank ishtirokchilar tomonidan qo’yiladi, va shu nomzodni ko`pincha FZB prezidenti tayinlaydi(uz navbatda boshqaruv Kengashi bilan tasdiqlangan). Natijada FZT bank ishtirokchilari ko`pincha siyosiy vaziyatdan chetlashtirilib real voqealarga kamdan kam ta’sir kursatadilar. Turtinchidan, Federal konsultativ kengashi uz nomidan kelib chiqib faqat maslahat berish imkoniga ega va FZT real faoliyatini boshqara ololmaydi. Ammo,FZT bank ishtirokchilari o`z mablag`iga hukmdor bo`la olmasligiga qaramasdan ular FZTda asosiy ko`rimsizgina bo`lsada o`rin egallaydilar.
Federal zaxira tizimi Bank ishtirokchilarning o`rni.
FZT bank ishtirokchilari FZB aksionerlari bo`lsa ham FZTga to`g`ridan to`g`ri faoliyatiga ta’sir etmay asosiy urini egallaydilar. Direktorlar kengashida ularning 6ta vakolatchilari xar bir FZBda nazorat funksiyasini olib boradilar. Qolgan 3ta direktorlar bilan ular FZB audit faoliyatini nazorat qiladilar. Diskont stavkani o`zgarishi bo`yicha takliflarga ovoz berish yo’li bilan, monetar siyosatni munozarasida ishtirok etishadi va xususiy sektorning vakili sifatida prezident va bank direktorlariga o`z fikrlarini bildirishadi. SHuningdek ular FZBning ishini ichidan ham urganishadi. Shuning uchun ular Federal zaxiradagi vaziyatni xususiy sektor vakillari va siyosatchilarga tushuntirib berishlari mumkin.
Umuman olganda federal zaxira bank egalari ovozga ega bo`lmasa ham, ular Federal zaxirada xususiy sektor talabi va xoxishlari bilan aloqani ushlab turishda muxim o`rin egallaydilar.
FZTni hozirgi vaziyatda Vashingtondagi shtab kvartiraga va 12ta shaxarda filialarga ega markaziy bank deb ta’riflash joiz (Kolumbiya federal okrugi). Agarda FZTni barcha faoliyat turlarini amalda Kengash boshqarsa, Kengashni kim boshqaradi? Boshqaruv Kengash Raisi qonun bo`yicha uning faoliyatini nazorat qilish vazifasi yuklatilmagan bo`lsa ham shu ishni FZT nomidan Kongress eki AQSH prezidentiga takdim etadi. SHunindek boshqaruv Kengashi va FOMC majlislarini kun tartibini belgilab beradi. Masalan, FOMC majlislarida Kengash raisi monetar siyosat masalasi bo`yicha birinchi bo’lib so`z boshlashi, unga konkret yo`nalishlariga ko`proq ta’sir kursatilishi huquqi beriladi. Boshqaruv Kengashi raisining o`rni uni tashki kurinishi va shaxsiy sifatlari ham rol uynaydi. Kengash raislari doimo qo’yilgan maqsadga erishuvchi kuchli sifatlarga ega shaxslar bo’lib xisoblanganlar.
Boshqaruv Kengash raisining faoliyati mutaxassis maslaxatchilar va iqtisodchilardan tashkil qilingan katta shtat ushlab qo’llab quvvatlaydi. Kengash uchun ma’lumot tuplab va uning uz echimlarini ishlab chikishdagi analitik tadkikotlarini olib borish bilan birgalikda, olimlar shu bilan birga monetar siyosatga ham ayrim ta’sirni kursatadilar. Bundan tashqari boshqaruv Kengashining ayrim ishtirokchilari oldin mutaxassis maslaxatchilardir, shuning uchun raisning ta’siri kuchayadi va 4yillik muddatdan ko`proqa chuzilishi mumkin.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish