Markaziy bank va uning vazifalari



Download 321,16 Kb.
bet5/5
Sana10.07.2022
Hajmi321,16 Kb.
#768431
1   2   3   4   5
Bog'liq
Markaziy bank va uning vazifalari

Markaziy bank - mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat banki. Markaziy bank "banklarning banki" boʻlib, pul muomalasini tartibga solishda va byudjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan organ hisoblanadi. Pul emissiyasini amalga oshirish, davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, bank tizimini kreditlash, hukumat va tijorat banklarining hisoblarini olib borish, pul muomalasini tartibga solish, kredit muassasalarini nazorat qilish Markaziy bankning asosiy vazifasiga kiradi. Buyuk Britaniyada Angliya banki, AQSh Federal zaxira banki, Germaniyada Bundesbank, Yaponiya banki jahondagi eng yirik markaziy banklar qatorida turadi.[1]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki — Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki[1]. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“ qonuniga muvofiq, mamlakatning Davlat banki sifatida tashkil etilib, 1992-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankiga aylantirildi. Markaziy bankning faoliyati asoslari „Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida“gi qonunida (1995-yil 21-dekabr) belgilab berilgan. Markaziy bank oʻz sarf-harajatlarini oʻzining daromadlari hisobidan amalga oshiradigan, iqtisodiy jihatdan mustaqil yuridik shaxs boʻlib, davlatning mutlaq mulki hisoblanadi. Markaziy bankning asosiy vazifalari milliy valyutaning barqarorligini taʼminlash, monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish, respublikada hisob-kitobning samarali tizimini tashkil etish va taʼminlash, banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish. Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini, shu jumladan, kelishuv boʻyicha hukumat rezervlarini saqlash va boshqarish, davlat byudjetining kassa ijrosini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ishiga uning oliy organi — Markaziy bank Raisi, uning oʻrinbosarlari va asosiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat Boshqaruv rahbarlik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilishda mustaqil boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijro etilishi majburiy boʻlgan normativ hujjatlar chiqaradi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimi boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlarida va Toshkent shahrida bosh boshqarmalarga ega. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzurida alohida yuridik shaxs boʻlgan Axborotlashtirish Bosh markazi, Respublika Inkassatsiya birlashmasi, Davlat belgisi ishlab chiqarish birlashmasi, Respublika valyuta birjasi, bir necha ilmiy tadqiqot muassasalari va oʻquv yurtlari faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish davlat organidir. U oʻzining balans hisobvaraqlarida oltin va boshqa qimmatbaho metallarni, naqd chet el valyutasini, chet el banklarida, xalqaro moliya tashkilotlarida hisob-varaqalar va depozitlarda boʻlgan chet el valyutasidagi qimmatbaho qogozlarni oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini shakllantiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston hududida qonuniy toʻlov vositasi sifatida banknotlar va tangalar koʻrinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega boʻlib, naqd pulsiz hisob-kitoblar shakllari va qoidalarini, shuningdek, kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal agenti (xazina vakili) sifatida ish tutadi, bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilinishini taʼminlash maqsadida banklarni litsenziyalaydi, faoliyatini nazorat qiladi, kredit uyushmalari hamda lombardlarning faoliyatini tartibga soladi, ularga oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar beradi.[2]
Download 321,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish