Марказий осиё давлатлари



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/28
Sana23.10.2022
Hajmi0,53 Mb.
#855622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
markaziy osiyo davlatlari

Aholisi.
Qozog’iston aholisi soni jihatidan MDH davlatlari o’rtasida 4-o’rinda (Rossiya, 
Ukraina, O’zbekiston) va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 2-o’rinda (O’zbekiston) turadi. 
Qozog’iston ko’p millatli davlat bo’lib, qozoqlar (42%), ruslar (40%), ukrainlar (6%), nemislar 
(6%), tatarlar, o’zbeklar, belaruslar, koreyslar, uyg’ur va boshqa millatlardan iborat.
Aholining o’rtacha zichligi har 1 km
2
hududga 6 kishidan to’g’ri keladi. Tyanь-SHan
Jung’oriya Olatovi tog’oldi mintaqalari, mamlakatning shimoliy cho’l rayonlarida aholi bir 
muncha zich joylashgan. Tug’ilish koeffetsienti 15/1000 va o’lim koeffitsienti 21/1000 va tabiiy 
o’sish koeffitsienti 1,0 (2008 y.) bo’lib, sezilarli ravishda aholining tabiiy o’sishi qisqarib 
bormoqda. SHahar aholisi 53% dan iborat. Mamlakatda har birida yuz mingdan ortiq aholi 
yashaydigan 21 ta shahar bor. Eng yirik shaharlari - Qarag’anda (600 mingdan ortiq aholi), 
CHimkent (400 ming atrofida), Pavlodar (300 mingdan ortiq), Ust-Kamenogorsk (300 mingdan 
ortiq aholi yashaydi). 
Ho’jaligi
. Qozog’iston sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo’yicha MDH 
davlatlari o’rtasida Z-o’rinda turadi (Rossiya va Ukraina). Sanoat ishlab chiqarish tarkibida 
rangli va qora metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, mashinasozlik yetakchi o’rin 
tutadi. SHuningdek, yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Sertarmoq qishloq xo’jaligi 
shakllangan. Ayni vaqtda davlatning tashqi qarzi ortib bormoqda. 2008 yildan boshlangan 
moliyaviy inqiroz mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi.
Qozog’iston sanoati tarkibida qora va rangli metallar va yoqilg’i resurslari bir-biriga 
yaqin va uyg’un joylashganligi qora va rangli metallurgiya sanoatining rivojlanishi uchun qulay 
shart-sharoit yaratgan. Rangli metallurgiya mahalliy xom ashyo asosida ishlaydi va yetakchi 
soha hisoblanadi. Rangli metallar qazib chiqarish va qayta ishlash Markaziy va Janubiy 
Qozog’iston, Rudali Oltoy, shuningdek, Aktyubinsk va Pavlodar viloyatlarida rivojlangan. 
Markaziy Qozog’iston, Jezqazg’ on viloyatida mis sanoati bosh tarmoq bo’lib, yirik Jezqazg’on 
va Balxash kombinatlari mavjud, Qarsakpay mis eritish zavodida misdan tashqari molibden, 
qo’rg’oshin, oltin va boshqa kamyob sochma metallar eritiladi. Janubiy Qozog’iston, CHimkent 
viloyatida xilma-xil polimetall rudalar Achisay va CHimkent qo’rg’oshin zavodida qayta 
ishlanadi. Rudali Oltoy (SHarqiy Qozog’iston) rangli metallarga boy. Ust-Kamenogorsk va 
Leninagorsk kombinatlarida – rux, qo’rg’oshin, kumush-titan, magniy va boshqa o’nlab metallar 
eritiladi. Bu korxonalar energiyani Irtish daryosidagi GESlar va Yermak GRESdan oladi. 
Pavlodar shahrida glinozyom zavodi Arkalik boksit koni asosida ishlaydi va glinezyomni 
Tojikiston (Mirzo Tursunzoda shahridagi alyuminiy zavodi), Sibirь alyuminiy zavodlarga 
yuboradi. Bugungi kunda Pavlodar shahrida alyuminiy zavodi qurilmoqda. 


Qora metallurgiya sanoati rivojlangan bo’lib, cho’yan, po’lat va prokat eritish bo’yicha 
MDH doirasida 3-o’rinda turadi (Rossiya, Ukraina). Temir rudasi qazib olish va boyitish 
Sokolov, Sarbay, Lisakovsk, Kagar tog’-kon boyitish kombinatlarida, Kustanay viloyatidagi 
kombinatlarda amalga oshiriladi. SHuningdek, Qarag’anda va Temir-Tauda ham metallurgiya 
kombinatlari mavjud. Ferrosplav ishlab chiqarish Aktyubinsk va Yermak shaharlarida 
joylashgan. Aktyubinsk viloyatida xromit rudasi qayta ishlanib, MDH mamlakatlariga yetkazib 
beriladi. 
Yoqilg’i sanoati – ko’mir, neftь va tabiiy gaz qazib chiqarishdan iborat. Ko’mir qazib 
chiqarish hajmi bo’yicha MDH mamlakatlari o’rtasida 3-o’rinda turadi (Rossiya va Ukraina). 
Kokslanuvchi ko’mir Qarag’anda, toshko’mir Ekibastuz havzasida (Pavlodar viloyati) ochiq 
usulda qazib olinadi (ko’mir qatlami 100 m.). Ekibastuz yoqilg’i-energetika majmuasi 
shakllangan bo’lib, tarkibiga Yermak GRESi, Ekibastuz GRES-1 va GRES-2 hamda 2 ta yirik 
GESlar kiradi. Keyingi ymillarda To’rg’ay qo’ng’ir ko’mir havzasi o’zlashtirilmoqda. Neftь 
asosan ikkita – Mang’ishloq (Uzen, Jetiboy) va Emba rayonlarida qazib olinadi. 
Yirik neftni qayta ishlash zavodlari – Gurьev, Pavlodar va CHimkent shaharlarida 
joylashgan. Tabiiy gaz sanoati istiqbolli yo’nalishga ega (Qoragag’anak havzasi). 
Elektroenergetika tizimida issiqlik elektrostantsiyalari (yirik sanoat markazlarida), Irtish 
daryosida – Ust-Kamenogorsk, Buxtamin, Ili daryosida Qapchag’ay GESlari qurilgan. Hozirda 
eng yirik SHulьbin GES qurilmoqda. Kaspiy dengizi bo’yidagi Aktau shahrida SHevchenko 
AESi qurilgan.
Kimyo sanoatida osh tuzi va kaliyli tuzlar, fosfat-tuk qazib chiqarish (Jambul, CHimkent, 
Aktyubinsk), azot-tuk (Qarag’anda), sulьfat kislotasi (CHimkent, Ustь-Kamenogorsk, Balxash), 
farmatsevtika (dorivor o’simliklar va go’sht kombinatlari chiqindilari asosida) rivojlangan.
Mashinasozlik milliy iqtisodiyot ehtiyojlari bilan bog’liq holda mahalliy qora va rangli 
metallurgiya mahsulotlariga tayanadi. Qarag’anda, Almati va Ust-Kamenogorskda tog’-shaxta 
sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish, Pavlodarda-traktor, Astana va Petropavlovsk shaharlarida 
qishloq xo’jaligi mashina va jihozlari ishlab chiqarish korxonalari mavjud. 
Qurilish industriyasi tez taraqqiy etmoqda. Qarag’anda, CHimkent, Semipalatinsk, Ustь-
Kamenogorsk va boshqa shaharlarda tsement zavodlari, qurilish materiallari korxonalari 
qurilgan. 
Engil sanoat korxonalari (to’qimachilik, tikuvchilik, poyabzal va boshq.) Almata, 
Pavlodar, Qarag’anda, Astana, Jambul, CHimkent, Qizil-O’rda, Ustь-Kamenogorsk va boshqa 
shaharlarda rivojlangan. 
Oziq-ovqat sanoatida sut-go’sht, baliq konservalari ishlab chiqarish muhim o’rin tutadi. 
Yirik go’sht kombinatlari – Semipalatinsk, Aktyubinsk, Pavlodar, Qarag’anda shaharlarida 


joylashgan. Almati va Jambul viloyatlarida qand-shakar korxonalari mavjud. Baliqchilik Kaspiy 
dengizida rivojlangan. Gurьev – baliq konservalari ishlab chiqarish markazi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish