“Shohidiylar” - “Shohidiylar” jamoasiga 1990-yillarning boshida diniy ma'lumotga ega bo‘lmagan andijonlik Karimov Xabib (1944 y.t.) asos solgan. Jamoa tarafdorlari 52 nafarni tashkil qilib, Andijon shahri va Andijon tumanidagi fuqarolar yig‘inlarida faol harakat qilganlar. Oqim tarafdorlari navbati bilan davriy ravishda (15 kunda bir) o‘z xonadonlarida yig‘ilishlar tashkil qilib, oqimning “Qur'ondan ma'ruf” nomli kitobi asosida diniy darslar o‘tkazganlar.
Ushbu jamoa diniy qarashlarida islom ta'limotiga zid quyidagi tamoyillar mavjud: - - Qur'on tafsirlari va hadislar inkor qilinadi;
- - namoz besh mahal emas, istalgan vaqtda ikki rakat o‘qiladi, go‘yoki soliq amallar namoz hisobiga o‘tadi deb hisoblanadi;
- - Makka shahridagi “Masjidul Harom”dan boshqa masjidlar tan olinmaydi, imom-xatiblar go‘yoki sof islomdan qaytgan hisoblanib, jamoa a'zolariga namoz uchun masjidga borish man etilgan, juma namozi faqat Makka ahliga farz etilgan deb da'vo qilinadi;
- - islomiy marosimlar o‘tkazilmaydi. Jumladan, 2001 yilning sentyabrida X.Karimov onasi vafot etganda mayyitni kechasi yashirincha, “janoza” o‘qimay ko‘mib kelgan;
Do'stlaringiz bilan baham: |