“Ma'rifatchilar”ning an'anaviy islom ta'limotiga zid da'volari: - - Qur'on va namoz milliy tilda, ya'ni o‘zbek tilida o‘qilishi shart hisoblanib, go‘yoki “o‘zi aniq bilmagan narsaga erishish” shirk ekani e'lon qilinib, “ota-bobolarimiz ... mushrik edilar” deb hisoblanadi;
- - O‘zbekiston aholisi faqat 1990 yili “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgan Qur'on tarjimalari orqali haqiqiy Qur'onga (B.Mamajonovning da'vosicha – “Rost-Qur'on”) erishgan, ungacha Qur'onga go‘yoki “shayton suralari qo‘shilgan” deb da'vo qilinadi hamda mavjud tafsirlar tan olinmaydi;
- - Muhammad payg‘ambarga “vositachi”, “uning vazifasi faqat Qur'onni yetkazish edi” degan da'vo bilan hurmat ko‘rsatilmaydi, “xulafoi roshidin”dan keyingi xalifalar “do‘zaxi” sanaladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |