Ma`rifat jurnali 7-son attestatsiya savollari
Matematika.
1.Kvadrat santimetr –bu….
J:Tomonlari uzunligi 1sm bo`lgan kvadratning yuzi 1sm2
2.Matematika o`qitish metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo`lib kimning qaysi asarida bayon qilingan?
J:Shveytsariyalik pedagog,matematik G.Pestalosning 1803 yilda yozgan “Sonni ko`rgazmali o`rganish “ asarida bayon qilingan.
3.Vaqtga doir tasavvurlarni tarkib toptirishda sutka,soat,minut nima yordamida amalga oshiriladi?
J:Tabel kalendar yordamida
4.Yuza o`lchov birliklari qanday usulda o`rgatiladi?
J:Yuz o`lchov birligi sifatida birlik kvadratning yuzi qabul qilinadi.
Tomonlarining uzunligi 1mm bo`lgan kvadratning yuzi 1mm2
Tomonlari uzunligi 1sm bo`lgan kvadratning yuzi 1sm2
Tomonlari uzunligi 1dm bo`lgan kvadratning yuzi 1dm2
Tomonlari uzunligi 1m bo`lgan kvadratning yuzi 1m2
Tomonlari uzunligi 1km bo`lgan kvadratning yuzi 1km2
Tomonlari uzunligi 10m bo`lgan kvadratning yuzi 1 ar deyiladi.
1ar=10m*10m=100m2: 1ar=100m2
Tomonlari uzunligi 100m bo`lgan kvadratning yuzi 1 gektar bo`ladi.
1ga=100*100=10000m2; 1ga =100ar
O`qish
1.Savod o`rgatishning asosiy metodlari ko`rsatilgan javobni belgilang?
J:Analitik-sintetik tovush metodi
2.Bolalarning savod o`rgatishga tayyorgarligini hisobga olishda qaysi ko`nikmalarga e`tibor qilinadi?
J:O`qish ko`nikmasi,yozuv ko`nikmasi ,og`zaki bog`lanishli nutqi
3. 4-sinf o`quvchining o`qish malakasi qaysi bosqichga to`g`ri keladi?
Javob :4-sinfda o`quvchilar so`zlarni bo`g`inlamay sidirg`a o`qishlari,matnni tez,to`g`ri,ongli o`qiy olishlari kerak
4.Savod o`rganish davrida qanday yozuvlardan foydalaniladi?
J: Savod o'rgatish jarayonida o'quvchilar o'qishga o'rganish bilan parallel
ravishda yozuvdan ham elementar malaka hosil qiladilar. Dasturga
muvofiq o'quvchilar yozuvdan quyidagi malakalarni egallashlari lozim:
1. Partada to 'g 'ri o'tirish, daftarni to'g'ri qo'yish, chiziqlarni chamalash,
yozayotganda ruchkadan to 'g 'ri foydalanish, hoshiyaga rioya
qilish (1-rasm).
2. Yozuv daftari yoki alifbe asosida o'zbek alifbosidagi barcha
bosh va kichik harflarni yozish, shuningdek, harflarni so'zda bir-biriga
bog'lab yoza olish; bosma matnni yozma matnga aylantirib yozish.
3. Tahlil qilingan so'z va ikki-uch so'zli gaplarni o'qituvchi yordamida
yozish.
4. Talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan so'zlarni ko'chirib
yozish va eshitib yozish: yozganlarini matnga qarab, shuningdek, izohlab
o'qish bilan tekshirish.
5. Og'zaki tuzilgan hikoyadan olingan gapni yozish.
Ona tili
1.Tilimizda nechta shaxs bor? J: 3ta
2.So`zda albatta qatnashadigan va leksik ma`no anglatadigan morfema bu…
J:O`zak morfema
3.Ta`limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish usuliga ko`ra necha turga bo`linadi?
J: 8ta
1. Ta’kidiy diktant.
2. O'z diktant yoki yoddan yozuv diktanti.
3. Izohli diktant.
4. Saylanma diktant.
5. Erkin diktant.
6. Rasm diktant.
7. Lug'at diktant.
8. Ijodiy diktant.
4.Tinish belgilarining yig`indisi bu…?
J: punktuatsiya tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi qoidalar yig'indisidir
Do'stlaringiz bilan baham: |