Samarqand viloyati 136-IDUM
Tarix o’qituvchisi: Murtazoyeva Jamila Ma’diyevna
Xulosa qismidan test:(4 ta)
1)Qadimgi mualliflarning ko‘plab asarlari bizni nimaga undaydi?
1.mardlikka,2. mehnatsevarlikka, 3.Vatanga muhabbatga,4.shaharlarni qanday zabt etishga
A)1,2,4 B) 1,2,3* C) 2,3,4 D) 1,3,4
2). Qadim davrda uzoq ajdodlarimiz hayoti xavf-xatar, tashvishlarga to‘la bo‘lganda ham, insoniyat olamni anglashga harakat qilib kelgan. Bu nimani rivojlanishi uchun poy devor
bo‘lib xizmat qiladi?
Moddiy madaniyat B) ma’naviy madaniyat*
C) Jasorat D) sog’liq
Yunon va rimliklarning qayerning madaniyati bilan o‘zaro aloqasi fan va san’at yuksalishining tezlashuviga, dunyo madaniyatining taraqqiyotiga olib keldi?
A)G’arb B) Sharq* C) janub D) Yapon
3). Ilk yozma manba – qaysida eng yaxshi mamlakat sifatida O‘zbekistonning qadimgi dehqonchilik hududlari ta’kidlab o‘tiladi?
A)” Tripitaka” B) “Ramayana”
C) “Avesto”* D) Tarix asarida
4).milliy istiqlol g‘oyasining mohiyatini ochib bera turib, mamlakatimizning rivojlanishini millati, tili va dinidan qat’iy nazar butun O‘zbekiston fuqarolarini tashkil etgan jamiyatning ma’naviy gullab-yashnashi va komil insonni tarbiyalash bilan chambarchas bog‘lab, ajdodlarimizdan qolgan boy madaniy merosni qadrlash va asrab-avaylash zaruriyatini u‘qtirib o‘tgan?
A) SH.Mirziyoyev B)I.Karimov*
C) A.Oripov D) E.Vohidov
6-SINF QADIMGI DUNYO TARIXIDAN TARIXIY ATAMALAR LUG‘ATI
Avstralopitek – eng qadimgi odam turi.
Agora – Qadimgi Yunoniston shaharlarida xalq yig‘ilish joyi, markaziy maydon.
Akveduk – Rim davrida shaharga suv keltirish uchun qurilgan
va ustida ari g‘i bo‘lgan baland ko‘prik.
Altamir – Ispaniyadagi so‘nggi paleolitga oid qoyatosh rasmlari topilgan g‘or.
Amfi teatr – sahna atrofi da tomoshabinlar o‘tirishiga mo‘ljallangan
qurilmalar bilan qurshalgan tomsiz katta inshoat.
Animizm – insonni qurshab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga ishonch. Lotincha «anima» so‘zi «jon», «ruh» tushunchalarini anglatadi.
Antik – lotincha «qadimgi» ma’nosini bildiradi.
Antik tarix – Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim davri ta rixi.
Antropologiya – yunoncha «antropos» – odam, «logos» – fan
so‘zlaridan iborat bo‘lib, «odam haqidagi fan» ma’nosini anglatadi.
Argonavtlar – oltin mo‘ynani (sehrli qo‘chqor terisini) izlab,
«Argo» degan ko‘p eshkakli kemada dengiz sayohatiga chiqqan Ellada qahramonlari.
Arxeologiya – yunoncha «arxayos» – qadimgi, «logos» – fan, degan so‘zlardan tashkil topgan, ashyoviy manbalarni o‘rganuvchi va ular bo‘yicha tarixiy o‘tmishni qayta tiklovchi fan; qadimshunoslik ma’nolarini anglatadi.
Budda – Siddhartha Gautamaning ikkinchi ismi, laqabi; «ma’rifatlangan» tarzida tarjima qilinadi.
Buddaviylik – miloddan avvalgi VI asrda Hindistonda Sid dhartha Gautama tomonidan asos solingan diniy ta’limot.
Varvar – dastlab: yunon tilida so‘zlashmaydigan har qanday chet ellik kishi; keyinchalik bu so‘z madaniylashmagan odamlarga nisbatan ishlatiladigan bo‘ldi.
Gilgamish – Mesopotamiyaning afsonaviy qahramoni, tarixiy shaxs, Uruk shahri podshosi.
Goplit – Qadimgi Yunoniston va Yunoniston-Makedoniya armiyalarining og‘ir qurollangan piyoda jangchisi.
Demokratiya – yunoncha «xalq hokimiyati», har bir fuqaro o‘z mamlakatini boshqarish masalasi bo‘yicha o‘z fi krini bayon etadigan, shuningdek, davlat boshqaruvida ishtirok etadigan ijtimoiy tuzum.
Zikkurat – tepasida ibodatxonasi bo‘lgan zinapoyali yirik va baland inshoot.
Zinjantrop – ibtidoiy odam, bu odamning nomi uning suyak qoldiqlari topilgan joy – «Zinj» vodiysi va yunoncha «antropos» – odam so‘zlari bilan bog‘langan.
Ibodatxona – odamlar xudolarga sig‘ingan muqaddas bino yoki joy.
Ibtidoiy odam – ilk, eng qadimgi odam.
Imperator – lotincha «hukmdor», Rimda dastlab – faxriy harbiy unvon, keyinchalik mutlaq hukmdorga tegishli nom.
Kohinlar – ibodatxona ruhoniylari.
Koloniyalar – qadimgi davrlarda o‘z yurtini tark etgan odamlar tomonidan yangi yerlarda asos solingan manzilgoh va shaharlar.
Konsul – Respublika davrida Rimdagi oliy siyosiy lavozim. Har yili saylangan ikki nafar konsul Senat va armiyaga rahbarlik qilgan.
Neandertal odami – o‘rta paleolit davrida yashagan ibtidoiy odam. Uning suyak qoldiqlari dastlab Germaniyadagi Neandertal vodiysidan topilgan.
N’om – yunoncha «viloyat» tushunchasini anglatagi. Misrdagi ilk davlat.
Nomarx – Qadimgi Musrda ilk davlatning hukmdori.
Papirus – yozuv yozish uchun ishlatiladigan qamish poyasining mag‘zi.
Patritsiylar – Rimning qadimgi tub aholisi.
Piramida – mahobatli tosh inshoot, fi r’avnlar maqbarasi.
Pitekantrop – Antropologiya fanida zinjantrop va sinan trop singari «tik turib yuruvchi odam» deb atalgan. Ilk paleolit davrida yashagan ibtidoiy odam.
Plebeylar – Rimga ko‘chib kelgan odamlar va ularning avlodlari.
Polis – yunoncha «shahar».
Respublika – «umumiy ish» ma’nosini anglatadi; tuzum nomi.
Sinantrop – «xitoy odami» ma’nosini anglatadi. Ilk paleolit
davrida yashagan ibtidoiy odam.
Senat – «Oqsoqollar kengashi» ma’nosini anglatadi.
Sun’iy sug‘orish – kanallar va ariqlar yordamida ekinlarni sug‘orish.
Sfi nks – gavdasi sherniki va boshi insonniki bo‘lgan, piramidalarni qo‘riqlovchi ulkan haykal – afsonaviy mavjudot.
Termalar – Qadimgi Rim shahridagi jamoat hammomlari.
Falanga – og‘ir qurollangan askarlarning bir necha, odatda 9 yoki 16 qator saf tortishi.
Falsafa (fi losofi ya) – yunoncha «fi lo» – sevish, «sofi ya» – donishmandlik tushunchalarini anglatadi.
Fir’avn – Misr hukmdori; «ulug‘ xonadon» ma’nosini anglatadi.
Forum – Rimda yig‘ilish joyi va savdo-sotiq maydoni bo‘lib xizmat qilgan shahar markazi.
Xronologiya – asrlar, davrlar, vaqt o‘lchovi haqidagi fan; turlituman voqealar sanasi xronologiya yordamida aniqlanadi.
Sivilizatsiya – qadimdagi jamiyat taraqqiyotining ancha yuksak darajasi (shaharlar, yozuv va davlatlarning rivojlanishi).
Shahar-davlat – tevaragidagi hududlarni tasarrufi ga olgan o‘zini-o‘zi boshqaruvchi shahar.
Ellinlar – qadimgi yunonlar; dastlab Yunonistonning barcha aholisi shunday atalgan.
Etnografi ya – yunoncha atama bo‘lib, «xalqlar tavsifi » ma’nosini anglatadi.
Qul – o‘zga bir kishining mulki bo‘lgan va ishchi kuchi sifatida ishlatiladigan erksiz odam («so‘zlovchi mehnat quroli»); qul ni sotib olish va sotib yuborish mumkin bo‘lgan.
Tuzuvchi: Samarqand viloyati 136-IDUM
Tarix o’qituvchisi: Murtazoyeva Jamila Ma’diyevna
Do'stlaringiz bilan baham: |