QAROR QILADI: 1. Maktab O’IBDO’ N.Abduqayumovaning axboroti. ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2.Marhamat tumanidagi 47-IM Pedagogika kengashining 2022-2023 o’quv yili uchun yillik ish rejasi tasdiqlansin va ijro uchun qabul qilinsin. 3 Maktab Pedagogika kengashining 2022-2023 o’quv yili uchun ish rejasiga kiritilgan masalalar yuzasidan o’rganishlar o’tkazish hamda axborotlar tayyorlash yuzasidan biriktirilgan ma’sullar faoliyatini tashkil etish va nazorat qilib borish vazifasi O’IBDO’ N.Abduqayumova zimmasiga yuklatilsin. 4.Mazkur qaror va 47-IM Pedagogika kengashining 2022-2023 o’quv yili uchun yillik ish rejasi bajarilishini nazorat qilib borish vazifasi maktab Pedagogika kengashi raisi J.Sherboyeva zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan maktab O’IBDO’ N.Abduqayumova axborot berdi. Axborotchi o’z axborotida o’tgan 2022-2023 o’quv yilida yilida maktabda “ Uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish ishlari”ni tashkil etishda maktabda faoliyat olib borayotgan fan metodika birlashmalarinig o’rni qay darajada bo’lganligini sharhlab, bu borada yaxshi faoliyat olib brogan fan metodika birlashmalari rahbarlariga maktab ma’muriyatining minnatdorchiligini bildirib o’tdi. Axborotchi shuningdek, o’tgan o’quv yilida talab darajasida faoliyat olib bormagan “Amaliy fanlar” fan metodika birlashmasi faoliyati yizasidan o’zining tanqidiy fikrlarini bildirib o’tdi. Maktab O’IBDO’ N.Abduqayumova maktab Pedagogika kengashi a’zolari muhokamasiga 2022-2023 o’quv yili uchun maktabda faoliyat olib boradigan fan metodika birlashmalari ra hahbarlari tarkibiga oid o’z takliflarini hamda fan metodika birlashmalarining 2022-2023 o’quv yili uchun ish rejalarini taqdim etdi. Muxokamaga kiritilgan masala yuzasidan munozarada qatnashgan maktab direktori J.Sherboyeva, Matematika fani o’qituvchisi S.Adhamova, Ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Sh.Uzaqova o’z fikr-mulohazalarini bildirishib? Maktabda o’quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini oshirishda fan metodika birlashmalarining o’rni va ahamiyati qanchalik muhim ekanligini misollar orqali tushuntirib o’tishdi hamda maktab Pedagogika kengashi a’zolaridan O’IBDO’ N. Abduqayumova tomonidan taqdim etilgan tarkibdagi fan metodika birlashmalari rahbarlarini tasdiqlashlarini so’rashdi. Ovoz berish asosida kengash a’zolari maktab fan metodika birlashmalari rahbarlari tarkibini hamda maktab fan metodika birlashmalarining 2022-2023 o’quv yili ushun ish rejalarini tasdiqlashdi.
Marhamat tumanidagi 47-IM pedagogika kengashining navbatdagi yig’ilishi