Matematik boshqotirmalar
1-boshlovchi: Hayotimiz ko’p go’zal, turmushimiz farovon,
Har jabhada yuksalish, o’shish yo’llari ravon.
Bu borada muhimdir matematika hissasi,
Usiz hal bo’lolmaydi hayotning hech hissasi
Shu boisdan zarurdir- bilmoq matematikani.
2- boshlovchi: Endi navbat “Matematik boshqotirmalar” ga.
1. Sirli piramida
2. Raqamli jumboq
3. Sehrli kvadratlar
4.Sonli boshqotirmalar
SIRLI PIRAMIDA
Shunday to’g’ri yo’lni topingki, piramidaning cho’qqisidan uning ostiga katakchalar orqali borishingizda yo’nalishidagi barcha raqamlar har xil bo’lmog’i lozim.
RAQAMLI JUMBOQ
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14
1 dan 14 gacha bo’lgan sonlarni shakl aylanalariga shunday tartibda yozing-ki, bunda uchala rim raqami atrofidagi sonlar yig’indisi 45 ga teng bo’lsin.
SEXRLI KVADRAT
Kvadrat ichida 1 dan 9 gacha bo’lgan sonlarni bo’yiga, eniga, diagonaliga va har bir ajratib ko’rsatilgan kichik kvadrat ichiga faqat bir martadan uchraydigan qilib to’ldirib chiqing.
|
10
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
4
|
9
|
|
|
|
|
4
|
|
|
|
|
|
|
6
|
9
|
|
|
|
|
4
|
|
|
|
|
|
4
|
|
1
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
|
9
|
|
5
|
8
|
|
4
|
|
|
5
|
|
|
|
|
3
|
6
|
|
|
|
7
|
3
|
|
9
|
2
|
|
|
Shu kvadratdan 8 ta cho’pni shunday olingki, natijada 2 ta kvadrat hosil bo’lsin
Shu kvadratdan 4 ta cho’pni shunday olingki, natijada 5 ta kvadrat hosil bo’lsin.
SONLI BOSHQOTIRMA
Ushbu shakldagi bo’sh kataklarni shunday sonlar bilan to’ldiringki, har bir 4 katakda hosil bo’lgan to’g’ri to’rtburchakdagi sonlar yig’indagi 30 ga teng bo’lgan.
15
|
|
|
2
|
|
5
|
4
|
|
9
|
|
9
|
|
9
|
|
|
|
|
|
8
|
|
|
5
|
8
|
8
|
16
|
|
2
|
9
|
|
|
17
|
3
|
|
|
|
|
|
14
|
1
|
|
|
15
|
|
6
|
1
|
2
|
|
7
|
|
2
|
|
|
15
|
|
9
|
|
3
|
|
|
10
|
9
|
|
|
|
18
|
5
|
4
|
SONLI BOSHQOTIRMA
3 ta besh burchak 1-20 gacha bo’lgan sonlar yig’indisi 105 ga teng.
40 SONINING SIRI
40 og’ayni botirlar
Qaydan kelayotirlar.
Balki 40 kunlik yo’ldan
Yeldek yelayotirlar.
“40 kunlik to’y”, “40” kokil
40 qiz degan bo’lar ko’p
Ertaklarda tinmasdan
40 raqami uchrar xo’b.
Udum, ertak, maqolga
40-lar go’yo to’qilgan.
Bu sonning ne siri bor
Kimsa bormi shuni bilgan.
Saratonda harorat
Oshib ketar 40 dan ham
Ko’kdan faqat tunlari
Kelar sal-pal shudring-nam.
40 qoyada 40 bola
Ta’tillari o’tkazar.
Shulardan esa biri
40 li jumboq tuzar.
Jumboqlar
1. 40 ni ikki yarim orttirib, so’ng 60 ni ayirsa necha qoladi?
2. Qirq qulochli arqonning teng uch joyidan kesilsa, har bo’lagining uzunligi qancha bo’ladi?
3. 40 kun necha oy? Necha hafta ?
4. Qirqta qo’lda nechta barmoq bor?
5. 40 ni 4 ga bo’lib 5 ga ko’paytirgandan , 2 ga bo’lib, 3 ga ko’paytirilgani nechta ortiq?
6. 10, 20, 30 yig’indisiga qirq qo’shilsa, necha hosil bo’ladi.?
7. 8 ta 5 ning yig’indisidan 40 ni ayirsa, necha qoladi.
8. Qaysi to’rtta sonlarni ketma-ket ko’paytirib 40 ni hosil qilish mumkin.
MATEMATIKA HAQIDA HAZIL SHE’R VA QATRA HANDALAR
Buyuk allomalarning ibratli fikrlaridan:
“Matematika fani shunday jiddiy fanki,uning qiziqarli qilishning imkoni tug’ilib qoldimi, buni qo’ldan boy bermaslik kerak”
7x7 (7 karra 7)
Bilmasvoydan domlasi
Shunday savol so’radi:
“Ayt,yetti karra yetti
Nimaga teng bo’ladi?”
Bilmas dedi: “Ellik besh”,
Domla chayqadi boshin
Xatosini “tuzatib “-
“Oltmish besh! “- dedi, shoshib.
Sheriklaridan biri
“Qirq to’qqiz “-deb shipshidi .
Unga qarab Bilmasvoy
Jahl-la shunday dedi:
“Sen aytgan son domlaga
Ayt-chi, ma’qul bo’larmi,
Oltmish beshga ko’nmagan
Qirq to’qqizga ko’narmi?!”
8:2 (8 bo’luv 2)
Bilmasvoyni chaqirdi
O’qituvchisi doskaga
Va so’radi sakkizni
Bo’lib ber deb ikkiga.
Bilmasvoy “qassob” kabi
Sakkizni bo’la soldi .
Unga topgan yo’liga
Domla ham “qoyil “ qoldi.
Dedi:”Bo’lsak bo’yiga
Ikki dona uch bo’lar .
Agar bo’lsak eniga-
Ikki nol hosil bo’lar!”
Nega?
Maktabdan qaytib kelgan o’g’lidan otasi so’radi:
-Ho’sh o’g’lim bugun qanday baho olding?
-To’rt
-Nega besh emas?
-Chunki bugun faqat to’rtta dars bo’ldi.
Imtihonda
O’qituvchi:
-Bu savol sizga qiyinlik qilyaptimi?
O’quvchi:
-Hech ham. Savol juda tushunarli ,-uning javobi meni tashvishga solyapti.
O’rtoqlarim bilan
Bolakay onasidan so’radi:
-Oyi, o’ynab kelsam maylimi?
-Shu kir quloqlaring bilanmi?
-Yo’q, o’rtoqlarim bilan.
Hiyobonda
Buvisi bilan hiyobonda sayr qilib yurgan besh yoshli bolakay dedi:
-Buvijon, kechasi ko’rgan tushimda siz menga kichkina shokolad olib bergan emishsiz.
-Bolaginam agar sen o’zingni yaxshi tutsang bugun tushingda katta shokolad olib berganimni ko’rasan.
Ulgurmadi
-Dada, dada, men bugun kimyo darsida zo’r reaksiya qildim.
-Balli o’g’lim, o’qituvching “5 baho qo’ygandir”
-Yo’q, qo’yishga ulgurmadilar.
“ZAKOVAT” INTELEKTUAL O’YININING 1 - TUR SAVOLLARI
1. Xitoy ko’chalaridagi eng chiroyli joylarda shirindan shakar bolakaylarning rasmi ilib tashlangan. Negadir barcha shunday rasmlarda 1 raqami yozib qo’yilgan.
Savol: Bu raqam nima uchun yozib qo’yilgan?
Javob: Bu reklama shitlari bo’lib, undagi bir raqami ma’nosi Xitoy hukumati oilalarini faqat bitta farzand ko’rishga chorlaydi.
2. Hamma uni to`qqizinchi ekanini biladi, lekin hamma “yettinchi” deydi. Hamma uning o`ninchi ekanini biladi, negadir “sakkiz” deb aytadi. Hamma o’n birinchi ekanligini biladi, lekin “to’qqizinchi” deb ataydi. Hurmatli bilimdonlar gap nima haqida ketyapti?
Javob: 9 - oy sentabr (septem-7 ), 10-oy oktabr (lotinchasiga 8-okto), 11-oy noyabr lotinchasiga novem ya’ni 9 degan ma’noni bildiradi.
3. Zakovat sandiqchasi olib chiqilsin . Tilimizda shunday atamalar borki, ular nega shunday atalishi haqida o’ylab ko’rmaymiz. Aynan shunday bir narsa borki, uning 40 qulochi 1gramm chiqadi.
Savol: Yuqorida aytilgan narsa sandiqcha ichida yashiringan. U narsa nima va u oddiy tilimizda qanday ataladi?
Javob:40-ip
4. Ikki dona tuxum, biri pishgan, biri hom. Ularni qo’lga olmadan stolda aylantirib ko’rish orqali qaysi hom, qaysi biri pishganligini ayting. Javobingizni izohlab bering.
Javob: Pishgan tuxum stolda yaxshi aylanadi, xom tuxum yaxshi aylanmasligiga sabab , tuxum ichidagi suyuqlik uning harakatini og’irlashtiradi.
5. Har bir davlatning mahalliy o’lchov birliklari bor. Masalan, bizda chaqirim o’lchovi ( odam chaqirganda ovozi yetib boradigan joygacha bo’lgan masofa )Hindistonda ham bir o’lchov bor,uni hindlar “Mu” deb atashadi. Savol:Bu qanday o’lchov birligi va uning ma’nosi nima?
Javob: Sigir muraganda ovozi yetib boradigan joy bir o’lchov birligi hisoblanadi.
6. Bu kun dushanbadan keyin kelishi aniq, payshanbadan oldin kelmaydi.Ertasi yakshanba emas, kecha ham yakshanba bo’lmagan , ertadan keyin esa shanba emas, kechadan oldingi kun payshanba emas.Aytingki bu haftaning qaysi kuni.
Javob: Juma kuni
7. Hurmatli bilimdonlar, o’zingizni o’rmonshunos o’rniga qo’ying. Sizga bir gektar yerda qancha qarag’ay, qancha archa, qancha qayin va qancha terak borligini sanab chiqish kerak bo’lsin. Xo’sh , siz oldin faqat qarag’aylarni , archalarni, so’ngra qayinlarni, undan keyin teraklarni sanab chiqasizmi? Bu ishni bir marta oralab chiqishda bajarish mumkin bo’ladigan osonroq yo’li yo’qmikin. Ha, shunday usul bor. Bir daqiqadan so’ng bu usulni qanday ekanligini sizlardan kutib qolamiz.
Javob: Qarag’ay
Archa
Qayin
Terak
8. Biz nafas oladigan havoda juda ulkan sonlar yashirinib yotadi.Havo har bir kub santimetrida 27 kvintillion ta juda ham mayda zarrachalar bo’ladi, bu zarrachalar “molekulalar” deb ataladi.Savol:Bu sonni raqamlar yordamida yozib bering.
Javob:27 000 000 000 000 000 000
9. Temirchiga zanjirning 5 bo’lagi keltirildi, har qaysi bo’lakda 3 tadan halqa bor . Ana shu zanjir uzuqlarini bir-biriga ulab, bir butun zanjir qilib berish buyurildi. Temirchi to’rtta halqani ochish va qaytadan yopish to’g’ri kelar deb o’yladi. Savol: Bu ishni kamroq halqalarni ochish va yopish usulini toping.
Javob:Bir bo’lak zanjir halqalarini ajratib olib ular bilan qolgan to’rt bo’lak zanjir uchlari ulanadi.
“Zakovat” intelektual o’yinining 2-tur savollari
1. Marhamat oddiy tayoqcha olib chiqilsin.Bolalar Misr piramidalarini ko’rgansizlar…! Agar uning balandligini o’lchab berishni so’rashsa balki qiynalib qolishingiz mumkin.Ammo yunon matematigi Fales oldilaringdagi tayoqchani yerda qadab o’lchab bergan.Bu sodda usulni topib, izohlab bering.
Javob: Fales tayoqchani yerga qadagan.Keyin tayoqchani uzunligi qancha bo’lsa ,soyasini ham shuncha uzayishini kutgan va piramidaning soyasini o’lchagan.Piramida tagidan soyasigacha qancha masofa bo’lsa , uzunligi ham shuncha bo’ladi.
2. Hurmatli bilimdonlar, hammamiz bilamiz , kanaliatsiya qopqoqlari doimo aylana shaklida bo’ladi.Bu uchburchak yo to’rtburchak, kvadrat yo oltiburchak shaklida ham bo’lishi mumkin.Lekin iqtisodiy jihatdan ko’proq doira shaklidagi qopqoqlardn foydalaniladi.Qopqoqlarning yumaloq shaklda bo’lishi, 1-ularni quduqqa tushib ketishidan asraydi.Bu qopqoqlarning yumaoq bo’lishining yana 2ta foydasi bor.1 daqiqadan so’ng shularni topib bizga aytishingiz lozim.
Javob: Agar kanalizatsiya qopqog’i to’rtburchak bo’lsa, 1-dan joyni ko’p egallaydi.2-dan ko’p metall sarflanadi.
3. Marhamat “Zakovat “ sandig’i olib chiqilsin! Sandiqchada 1 surat yashiringan. Hammangizga o’xshash surat yashiringan.Balki, buyuk insonlardan biri dersiz.Bo’lishi mumkin.Yovuz odamning ham, yosh bolaning ham, qariyaning ham, ayol-u erkakning surati bo’lishi mumkin. Savol: Sandiqchada nima bor?
Javob: Ko’zgu.
4. Xitoylar taom yeyishda uncha-muncha ortda qoldirilishi isbotlangan. Ovqatlanishga katta e’tibor berishadi.Nonushtani “Chu fan”, tushki ovqatni “U fan”, kechqurungi ovqatni “Van fan” deb atashadi. Uchala holatda ham “fan” so’zi ishlatilmoqda. Xurmatli bilimdonlar “fan” xitoychasiga nima degani?
Javob: Chu fan –ertalabki guruch,u fan –tushki guruch,van fan -kechki guruch.Guruch ular ratsionini tashkil qiladi.
5. Hech o’ylab ko’rganmisiz, yer og’irmi yoki quyoshmi? Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra yerning massasi 6 sekstillion tonna, quyoshning massasi 2 oktalion tonnaga teng.Bu sonlarni raqamlar yordamida yozing.
Javob: 6 000 000 000 000 000 000 000 2 000 000 000 000 000 000 000 000 000
6. XV-XVI asrlarda yashagan rassom Berumuo chizgan rasmlarni dunyoning ko’pgina muzeylarida ko’rishish mumkin.Tasavvur qiling Berumuo suratlari qarshisidamiz.Yaxshilab qarasangiz , surat burchaklarida 3 raqamini, keyingisida 5 raqamini ko’rish mumkin.Rassom Berumuo bu raqamlarni ataylab o’zi yozib ketgan.Hurmatli bilimdonlar bu raqamlar nimani belgilashini aytasiz.
Javob: “3” raqami 3 metr naridan ko’rish kerakligini bildirgan, “5” raqami 5 metr naridan turib suratni tomosha qilish kerakligiga ishora.
7. Marhamat, zakovat sandiqchasi olib chiqilsin.Sandiqcha ichida har bir o’quvchi uchun kerakli bo’lgan narsa bor.O’zi 20 sm uzunlikda bo’lib, ko’k ham, qora ham, yashil ham bo’lishi mumkin.Lekin ichi doim qora bo’lgan narsa sandiqcha ichida turibdi.
Savol: Sandiqcha nima bor?
Javob: Qalam
8. Marhamat, zakovat sandiqchasi olib chiqilsin.Bu narsa 7-xazinaning birining mahsuloti.Yevropadagi supermarketlarda bu narsani xuddi kiyim-kechaklardek o’lchamlarida ajratib qo’yilgan.Mashhur izquvar Erkyul Puaro ular nega bir xil bo’lmasligi haqida ko’p bosh qotirgan.Hurmatli bilimdonlar, bir daqiqadan so’ng,sandiqchasidagi narsa nomini toping.
Javob:Tovuq tuhumi.
“Zakovat” intelektual o’yinining 3 –tur savollari
1. Oldin qizlarga sakkiz tepkili xonatlas kiyishgan, xonatlas atlaslar-xoni degani.
Savol: Sakkiz tepkili nomini ma’nosi nima?
Javob: Eng sifatli va pishiq atlas, 8 ta pedalli dastgohda oyoq bilan tepib to’qiladi. 8 tepki so’zi shundan paydo bo’lgan.
2. Dunyodagi eng mukammal mashina insondir.
Olloh insonni shunday o’lchamda yaratganki, qoyil qolmay iloj yo’q. Masalan : yuzning uzunligi bu chap o’lchamidan 3 barobar katta. Tana uzunligi boshga nisbatan 8 marta katta. Bunday solishtirishlarni juda ko’p keltirish mumkin.
Savol: 2 ko’z oralig’idagi masofa nimaga teng.
Javob: 2 ko’z orasida yana 1 ta ko’z kattaligida masofa bor.
3. Chumolilar paydo bo’lganida bir necha yuz ming yillar bo’lgan.Ular ongi shunchalik shakllanib ketganki, tug’iliboq instink orqali ishlab ketaveradi. Chumolilar iniga olib kelingan bu’g’doy yo arpa donini ikkiga bo’lib qo’yadi.Savol: Chumolilar nega donni ikkiga bo’lib qo’ydi?
Javob:Yer ostida bug’doy nish urib ko’karib ketmasligi uchun ikkiga bo’lib qo’yadi.
4. Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh bilan barobar degan maqol bor. Katta yoshda olingan bilim esa unga yozilgan bilan barobar deyiladi.
Savol: Katta yoshda olinadigan bilim nimaga yozilgan bo’lishi mumkin?
Javob: Tuzga yozilgan bo’ladi.
5. 1,2,6,12 sonlarini har biri oldiga bittadan bir xil harfni qo’yingki, bunda hosil bo’lgan yozuv biror narsani anglatsin.
Javob: B1, B2, B6, B12 va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |