Margarin ishlab chiqarish va reseptura tuzish. Reja


Emul’siya haqida tushuncha



Download 42,07 Kb.
bet5/9
Sana27.06.2022
Hajmi42,07 Kb.
#710297
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Margarin ishlab chiqarish va reseptura tuzish.

Emul’siya haqida tushuncha. Margarin qotgan holdagi suv-yog‘ emulsiyasidan iborat. Emulsiya, sistemaga tashqi tomondan qaralganda bir jinsli bo‘lib ko‘rinadi, aslida esa bir modda boshqasida mayda zarrachalar (tomchilar) holida yoyilgan bo‘ladi. Emulsiya ikki xil bo‘ladi: to‘g‘ri emulsiya-qutbsiz suyuqlik (moy) qutbli(suv)da, M-C; teskari emulsiya-qutbli suyuqlik(suv) qutbsiz(moy)da,C-M. Emulsiyaning aralashgan turi moyning suvdagi yuqori konsentratsiyasida, bo‘lishi mumkin. Masalan, sariyog‘. Shu tufayli sariyog‘ eritilganda sachramaydi. Margarin olishda aralash emulsiya hosil qilishga harakat qilinadi. Fazalararo yuzadagi ortiqcha erkin energiya sababli suyuqlikning alohida tomchilarini bir-biri bilan o‘zaro birlashishi emulsiya agregativ jihatdan beqaror ekanligini ko‘rsatadi. Amalda bu narsa emulsiyaning to‘liq buzilishga va uning ikki qatlamga ajratilishiga olib keladi. Agregativ barqarorlikli oshirish uchun maxsus stabilizator-emulgatorlar(SFM)dan foydalaniladi. Gidrofil emulgatorlar suvda yaxshi eriydi va M-C tipidagi emulsiya hosil qiladi, gidrofob (oleofil) emulgatorlar esa moyda yaxshi eriydi va C-M tipidagi emulsiyani turg‘unlashtiradi. Emulgator termodinamik nuqtai nazarda qaraganda fazalar chegarasida qobiq ko‘rinishda adsorbsiyalanadi va fazalar aro taranglikni pasaytirib, dispers faza zarralarini birlashishiga qarshilik qiladi, hamda ularni dispers muhitda ushlab turadi. Natijada emulsiyani agregativ barqarorligini ta’minlaydi. Adsorbsion qatlam qalinligi qanchalik kichik bo‘lsa, shunchalik emulgator kam talab etiladi. Emulgator molekulalari difil xarakterga ega bo‘lib, ular uglevodorod radikali (qutbsiz qismi) va qutbli guruhdan tashkil topgan. Ularning emulsiyalash qobiliyati qutbli va qutbsiz guruhlar muvozanatiga bog‘liq. Yaxshi muvozanatlangan difil xarakterli molekulaga fosfatidilxolin (letsitin) kiradi. U sanoat uchun ishlatiladigan emulgatorlarni sintez qilishda ishlatiladi. Margarin ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan emulgatorlar:
-oziqaviy fazilatga ega bo‘lishi va fiziologik zararsiz bo‘lishi;
-emulsiyaning yuqori dispersligi va barqarorligini mustahkamlashi;
-ishlab chiqarish jarayonida mexanik ishlov berganda margarinda namlikni tutib qolishi;
-sachrashga qarshi xossalarga ega bo‘lishi;
-margarinli saqlashda turg‘unligini ta’minlashi kerak.
Asosiy vazifa-emulsiyani mustahkamlashdan tashqari, emulgatorlar margarinni plastikligini oshiradi, non mahsulotlari uchun ishlatiladigan yog‘lar chiqarishda esa bir qancha maxsus xossalarni namoyon qiladi. (mahsulot hajmi va g‘ovakligini oshiradi). Sanoatda T-1, MGD, T-2, T-F emulgatorlari ishlatiladi. Sariyog‘ning bir grammi 9-25 mld. moyli zarrachalardan va 8-16 mld suvning tomchilaridan iborat. T-1 emulgatori glitserinni yog‘ kislotasi bilan eterifikatsiyalash orqali olinadi.
CH2OH CH2 OCOR
| 2000C |
CHOH + RCOOH -------> CHOH + H2O
| kat-r |
CH2OH CH2OH
T-1 (monoglitserid)
MGD emulgatori – mono va diglitserid aralashmasidir. Monoglitseridning miqdori. 45-50 %. T-F emulgatori – 3:1 nisbatda T-1 emulgatori va fosfatid konsentratining aralashmasidan iborat. MGD emulgator glitseroliz – triglitseridni glitserin bilan pereeterifikatsiyalash reaksiyasi orqali olinadi:
CH2OCOR1 CH2OH CH2OCOR1 CH2OH
| | | |
CHOCOR2 + 2 CHOH CHOH + CHOCOR2
| | | |
CH2OCOR3 CH2OH CH2OH CH2OCOR3

Download 42,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish